Kontent qismiga oʻtish

Sulh Ota madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Sulh Ota madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Samarqand viloyati
Shahar Samarqand
Maktab yoʻnalishi sunniy
Meʼmoriy uslub Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Sulh Ota
Homiylar Sulh Ota
Holati Saqlanib qolmagan
Qurilish materiali Pishiq gʻisht

Sulh Ota madrasasi — Samarqand madrasasi. Sulh Ota madrasasi Katta Soʻgʻd (Soʻgʻudi kalon) tumani, Holvayi volosti, Oqqoʻrgʻon oqsoqolligidagi Oqqoʻrgʻon qishlogʻida joylashgan boʻlgan. Madrasa Rossiya imperiyasi va Buxoro amirligi oʻrtasidagi urushlar oqibatida buzilib ketgan[1]. Uning faoliyati bilan bogʻliq bir nechta tarixiy hujjatlar va qiziqarli maʼlumotlar saqlanib qolgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazar ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlari va manbalarni oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasaning 1882—1890-yillarga oid vaqf hujjatlari saqlanib qolgan. Madrasa uchun Xolvayi volosti Oqqoʻrgʻon oqsoqolligi Chuqur qishlogʻida 240 tanob yer 160 rubl, 1 juvoz — 6 rubl, hammasi 166 rublni tashkil etgan. Mazkur vaqf mulkiga Abduhafiz mutavvali boʻlgan. 1882-yili vazifadorlarga 149 rubl madrasa uchun qoldirilgan. Rus maʼmurlari esa 16 rubl soliq undirgan. 1883—1884-yillarda madrasa va vazifadorlarga 149 rubl ajratilgan. Rus maʼmurlari 16 rubl soliq undirgan. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba istiqomat qilgan. Uzurli sabasiz 2 oyi 10 kun darsga qatnashmagan talabalar oʻqishdan chetlashtirilgan. 1888—1889-yillarda ham madrasa uchun 149 rubl qoldirilgan va 16 rubl soliq uchun undirilgan. Ushbu yillarda vaqf mulkiga mulla Abdugʻafur mutavvali qilib tayinlangan. Abdusattor Jumanazarov tadqiqotlariga koʻra madrasa XVIII asrlarda buzilib ketgan. Amir Haydar davrida madrasa va vaqf mulklari qayta tiklangan. Sulh Ota toʻgʻrisida aniq tarixiy faktlar haligacha oʻrganilmagan[2].


Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sulh Ota madrasasi Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan.

  1. Tursunova M. Samarqand madrasalari (monografiya). Toshkent: Fan nashriyoti, 2019 — 208-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Samarqand taʼlim tizimi va madrasalari tarixi. Toshkent: Fan, 2021 — 520-bet.