Sulton Alp Arslon (kitob)
Oʻzbek tilidagi nashrning muqovasi | |
Asl nomi | Sultan Alp Arslan |
---|---|
Muallif(lar) | Yunus Oʻgʻuz |
Muharrir(lar) | Hamidulla Boltaboyev |
Tarjimon(lar) | Usmon Qoʻchqor |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Til |
Ozarbayjoncha Oʻzbekcha |
Janr(lar)i | Roman, tarixiy roman |
Nashr etilgan sanasi | 2015-yil |
Nashriyot | “OL” nashriyoti |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2016-yil |
ISBN | ISBN 978-9952-494-62-4 |
Oʻzbek tilidagi nashrning muqovasi |
Sulton Alp Arslon — Yunus O‘g‘uzning Saljuqiylar imperiyasi sultoni Alp Arslon hayoti haqida yozgan tarixiy romani[1].
Asar haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asar 2015-yilda Ozarbayjonning Boku shahrida “OL” nashriyotida ozarbayjon tilida nashr etilgan. Kitob soʻzboshi muallifi Otaturk markazi direktori, deputat Nizomiy Jafarovdir. Ushbu Roman turk va oʻzbek tillariga tarjima qilingan[1]. Oʻzbek tilida 2016-yilda Usmon Qoʻchqor tarjimasi bilan “Mumtoz soʻz” nashriyotida chop etilgan[2]. Ushbu asarga xalqaro “Oltin qalam” mukofoti sohib Qulu Kəngərli va filologiya fanlari nomzodi Mahkam Mahmudov taqriz yozgan.
Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asarda 1063–1072-yillarda hukmronlik qilgan Saljuqiylar imperiyasining ikkinchi sultoni Muhammad ibn Dovud — Alp Arslonning mamlakatni mustahkamlash va yanada kengaytirish yoʻlidagi harakatlari, Xuroson, Eronning bir qismi, Ozarbayjon, Gurjiston va Armanistonni zabt etgandan soʻng Vizantiya ustiga qilgan yurishlari haqida hikoya qilinadi. Muallif kitobdagi voqealarni tasvirlar ekan, ularning xronologiyasini ilmiy-publisistik aniqlik bilan beradi, shuningdek, tasavvufiy intervensiyalar o‘sha voqealarga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan degan xulosaga kelib, bu ta’sirlarning metafizik semiotikasini aniqlashga harakat qiladi.
Shuningdek qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 „Arxivlənmiş surət“. 2018-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 5-iyul.
- ↑ Yunus Oʻgʻuz. Sulton Alp Arslon. Toshkent: “Mumtoz soʻz” nashriyoti, 2016 — 166 bet. ISBN 978-9943-4552-9-0.