Sultonqalʼa
Sultonqalʼa — Bayramali sh.dan (hozirgi Mari sh., Turkmaniston) 8 km uzoqlikda joylashgan Marv shahar harobasini tashkil etgan qalʼalardan biri. S.da 8-asrdan boshlab aholi gavjum yashagan. Abu Muslim xukmronligi davri (8-asrning oʻrtalari)da Majan kanali boʻyiga ark, jome masjidi va asosiy bozorlar koʻchirilishi oqibatida S. Marvning maʼmuriy markazi sifatida shakllangan va 9—10-asrlarda shaharga aylangan. Malikshoh xukmronligi davri (Pa.)da qurilgan yarim aylana minorali va 4 darvozali qalʼa devorlari hozirgacha saqlanib qolgan. Qalʼa 2 qator devor bilan oʻrab olingan boʻlib, devor ichining maʼmuriy va jamoat binolari joylashgan joyida ark qurilgan. Shaharning markazida jome masjidi va saljuqiylar saroyi boʻlgan. Kosiblar rabodsa, S.ning gʻarbida kulollar yashagan. Sanjar xukmronligi davrining oxirida koʻchmanchi oʻgʻuzlar poytaxtni 2 marta talontaroj qilgan (1153)dan keyin S. 1marta inqirozga yuz tutgan. S. 1193 yilda Xorazmshohlar davlati tarkibida boʻlgan, 1221 yilda esa, moʻgʻullar tomonidan zabt etilgan. Moʻgʻullar Sultonband toʻgʻonini buzib tashlagan, natijada Marvning qayta tiklanishi ancha kechikkan. S. harobasida 13—14-asrlarda yana aholi yashay boshlagan va hayot Sdan jan.ga siljib, temuriylar hukmronligi davri (14—15-asr)ning yangi shahri — Abdullaxonqalʼaga koʻchirilgan.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bartold V.V., K istorii Merva, Sochineniya, t. 4, M., 1966.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |