Kontent qismiga oʻtish

Sunnatilla Bekenov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Sunatulla Bekenovdan yoʻnaltirildi)
Sunatillo Bekenov
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori
Mansab davri
2019-yil 13-sentyabr
Oʻtmishdoshi Ahadbek Haydarov[1]
Vorisi Akmalxon Ortiqov[2]
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari yordamchisi
Mansab davri
23-iyul, 2022
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1971-yil
Chimkent, Qozogʻiston
Maʼlumoti Oʻzbekiston milliy universiteti

Sunatulla Xusanovich Bekenov —- 1971-yil Qozog‘istonning Chimkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari yordamchisi[3]. O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida tahsil olgan. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning matematika fakultetini tamomlagan.

1993−1994-yillarda O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi matematika Ilmiy-tadqiqot institutida ish oʻrganuvchi-tadqiqotchisi;

1994−1994-yillarda O‘zbekiston Xalq bankining Toshkent viloyati Boshqarmasi moliya bo‘limi iqtisodchisi;

1994−2000-yillarda Xalq bankida turli lavozimlarda;

2000−2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligida qimmatli qog‘ozlar va moliya bozori Boshqarmasining bo‘lim boshlig‘i;

2004−2006-yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish bo‘yicha Davlat qoʻmitasi qoshidagi korporativ qimmatli qog‘ozlar Davlat Markaziy depozitariyasi direktori;

2006−2007-yillarda O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari;

2007−2008-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining iqtisodiyot hamda tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Yig‘ma axborot-tahlillar departamenti rahbari;

2008−2009-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijroiya apparati boshqaruvchisi[4];

2009-yilning iyulidan 2010-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri[5];

2010−2011-yillarda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning farmoniga muvofiq O‘zbekiston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari[5];

2011−2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijroiya apparati boshqaruvchisi;

2016−2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirning birinchi o‘rinbosari;

2015−2016-yillarda Tashkiliy-kadrlar masalasi bo‘yicha Prezident davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari;

2018-yil 19-fevraldan 2019-yilning 28-yanvariga qadar Investitsiyalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qo‘mitasi Raisining Birinchi o‘rinbosari[4][6];

2019-yil 28-yanvardan Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri birinchi o‘rinbosari[7];

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-sentyabrda imzolagan qarori bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori lavozimlarida ishladi[4][8];

2022-yil Prezident Administratsiyasi rahbari yordamchisi etib tayinlandi[3].

  1. „Sunatulla Bekenov Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari etib tayinlandi“ (2019-yil 13-sentyabr). 2022-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-sentyabr.
  2. „Rahbariyat“. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  3. 3,0 3,1 „Сунатулла Бекенов назначен помощником руководителя Администрации президента“ (Ruscha) (2022-yil 23-iyul). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 „Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yangi rahbar tayinlandi“ (2019-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  5. 5,0 5,1 „Назначен первый заместитель министра финансов Узбекистана“ (2010-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  6. „Инвестициялар бўйича давлат қўмитасида йирик ўзгаришлар, раиснинг биринчи ўринбосари ва ўринбосарлари ўзгарди“ (2018-yil 20-fevral). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  7. „Инвестициялар ва ташқи савдо вазири ўринбосарлари тайинланди“ (2019-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  8. „Sunatulla Bekenov Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga rahbarlik qilgan“ (2019-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.