Kontent qismiga oʻtish

Surad ibn Abdullohning yurishi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Surad ibn Abdullohning yurishi
Sanalar Milodiy 632-yil (hijriy 10-yil bahor oylari)
Urush yeri Jurash, Yaman
Natija Musulmonlarning qoʻli baland kelgan
Qoʻmondonlar
Surad ibn Abdulloh Nomaʼlum

Surad ibn Abdullohning Jurash ahliga yurishi hijriy 10-yilda[1][2] bahor oylari[3][4] (milodiy 632-yil) boʻlib oʻtgan.

Islom taqvimining 10-hijriy yilida Surad ibn Abdulloh boshchiligidagi Banu Azd qabilasidan 15–20 kishi Islomni qabul qilish uchun Muhammadning oldiga tashrif buyuradi. Muhammad Suradni oʻz urugʻining hukmdori etib tayinlaydi va unga oʻzlari yashab turgan hududlardagi musulmon boʻlmagan qabilalarni Islomga daʼvat qilishni topshiradi[2][3][4].

Dastlabki hujum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shundan soʻng Surad ibn Abdulloh Yamandagi Jurash ahli tomon harbiy yurishini boshlaydi. Muhammad unga ushbu vazifani bajarishi uchun musulmon jangchilaridan iborat qoʻshin beradi. Oʻsha paytda Jurash Yaman qabilalari istiqomat qiladigan yopiq shahar edi. Musulmon qoʻshinining hujum qilishini eshitgan Xas’am qabilasi Jurash ahlidan panoh soʻrab murojaat qiladi, biroq Jurash ahli shahar darvozalarini ochishdan bosh tortadilar[1][3][4].

Surad ibn Abdulloh Jurash shahrini 1 oy qamal qilgan, ammo hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmagan. Shundan keyin u oʻzini Jurashdan adirlar tomon chekinayotgandek koʻrsatadi, dushman ham ularning bu tuzogʻiga tushib qoladi, ana shunda Surad va uning qoʻshini dushmanga qarshi shiddatli hujum uyushtirib, ularni magʻlub etadi[5]. Islom tarixchisi Tabariy Jurash ahliga katta talofatlar yetkazilganligini eslatib oʻtgan[1][3][4].

Jurash fuqarolarining oʻldirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jurash ahli Muhammadning huzuriga 2 nafar elchi yuborib, murosa qilishni soʻragan, paygʻambar ham ularni „Allohning elchisi“ deya zikr qilib, elchilar bilan yaxshi munosabatda boʻlgan[3][4][6].

  1. 1,0 1,1 1,2 Tabari, Al (25 Sep 1990), The last years of the Prophet (translated by Isma'il Qurban Husayn), State University of New York Press, 88-bet, ISBN 978-0-88706-691-7Tabari, Al (25 Sep 1990), The last years of the Prophet (translated by Ismaʼil Qurban Husayn), State University of New York Press, p. 88, ISBN 978-0-88706-691-7See pg 88–89
  2. 2,0 2,1 Muir, William (August 1878), The life of Mahomet (Full free digitized version), Kessinger Publishing Co, 219-betMuir, William (August 1878), The life of Mahomet (Full free digitized version), Kessinger Publishing Co, p. 219
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Jandora, John Walter (1990), The march from Medina: a revisionist study of the Arab conquests, Kingston Press, Original from: University of Michigan, 42-bet, ISBN 978-0-940670-33-4Jandora, John Walter (1990), The march from Medina: a revisionist study of the Arab conquests, Kingston Press, Original from: University of Michigan, p. 42, ISBN 978-0-940670-33-4
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Watt, William Montgomery (1981), Muhammad at Medina, Oxford University Press, 120-bet, ISBN 978-0-940670-33-4
  5. Muir, William (August 1878), The life of Mahomet (Full free digitized version), Kessinger Publishing Co, 220-bet
  6. Muir, William (August 1878), The life of Mahomet (Full free digitized version), Kessinger Publishing Co, 206-bet