Surayyo Rahmonova
Surayyo Rahmonova | |
---|---|
Tavalludi |
1978-yil |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent davlat yuridik universiteti |
Kasbi | Huquqshunos |
Surayyo Mahmudovna Rahmonova (1978-yilda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik siyosatchi, huquqshunos. Dotsent (2015), yuridik fanlar doktori (2018)[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Surayyo Rahmonova 1978-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2000-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlab, bakalavr darajasini olgan[2]. 2002-yilda esa xuddi shu universitetning magistratura bosqichini tugatgan. 2015-yilda dotsent, 2018-yilda esa yuridik fanlar doktori darajalariga erishgan[3].
Rahmonova 2013—2014-yillar davomida Toshkent davlat yuridik universitetining Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 2014—2015-yillarda kafedra dotsenti boʻlgan. 2015—2017-yillarda Huquqiy tadqiqotlar markazi mudiri, 2017—2018-yillarda esa markazning katta ilmiy xodimi sifatida faoliyat yuritgan. 2019-yilning 4-iyulidan 2023-yilning 10-oktyabrigacha Davlat boshqaruvi organlari axborot xizmatlari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan[4]. 2023-yil 10-oktyabrda esa Aliya Yunusovaning oʻrniga Oʻzbekiston bolalar ombudsmani lavozimiga saylagan[5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „“Advokat faoliyatining daxlsizligi va himoyasi Konstitutsiya darajasida ta’minlanadi” – ekspert“. www.kun.uz. Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Surayyo Rahmonova bolalar ombudsmani etib saylandi“. www.gazeta.uz. Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Surayyo Rahmonova Bolalar ombudsmani lavozimiga saylandi“. www.kun.uz. Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Surayyo Rahmonova AOKAda bo‘lim boshlig‘i bo‘ldi“. Gazeta.uz. Qaraldi: 10-oktabr 2023-yil.
- ↑ „Surayyo Rahmonovani muhim lavozimga saylash bo‘yicha qaror qabul qilindi“. www.xabar.uz. Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Surayyo Rahmonova Bolalar ombudsmani lavozimiga saylandi“. www.aniq.uz. Qaraldi: 4-noyabr 2024-yil.