Surxondaryo sanoati va shaharlari
viloyat | |
---|---|
Maʼmuriy markazi | Termiz |
Yirik shahari | Termiz, Denov, Shoʻrchi, Boysun |
Asos solingan sanasi | 1941-yil 6-mart |
Rahbari | Ulugʻbek Qosimov[1] |
Rasmiy tili | Oʻzbek |
Aholi (2023-yil 1-aprel holatiga) | 2 821 900 |
Millatlar tarkibi | Oʻzbek, tojik, turkman |
Dinlar tarkibi | Islom |
Maydoni | 20,1 ming km2 km² |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Kod ISO 3166-2 | UZ-SU |
Avtomobil raqami kodi | 75-79 |
Xaritada | |
Sanoati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Surxondaryo viloyatining asosiy sanoat tarmoqlari: yengil sanoat (paxta tozalash), oziq-ovqat sanoati, un-yorma[2]. Surxondaryo viloyatiga Oʻzbekistonda ishlab chiqariladigan sanoat mahsulotining 3-4 foizi togʻri keladi. Respublikamizning janubiy viloyatlari Qashqadaryo va Surxondaryoning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirish, yuk tashishning transport taʼminotini yaxshilash maqsadida „Toshguzar-Boysun-Qumqoʻrgʻon“[3] temiryoʻli ishga tushirildi. Bu temiryoʻl Boysun tumani orqali iqtisodiy-ijtimoiy jihatdan tumanning yaxshi rivojlanmayotgan qishloqlariga sanoatning kirib kelishiga, yerusti va yerosti boyliklaridan keng foydalanishga, dam olish maskanlari qurishga katta imkoniyat yaratmoqda. Viloyat sanoat tarmoqlari ichida yetakchi hisoblangan yengil sanoatni rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Qumqoʻrgʻon, Sariosiyo, Denov, Shoʻrchi tumanlarida toʻqimachilik komplekslari tashkil etilib, viloyatda yetishtirilayotgan paxta tolasining qayta ishlash hajmini 20—25 foizga ytkazish moʻljallanmoqda. Kon sanoatini ham rivojlantirish jadal ketmoqda. Hozirda Xovdogʻ, Uchqizil, Lalmikor va Kakaydi yaqinida neft va gaz konlari ishlamoqda. Oʻzbekistondagi uchta yirik konning ikkitasi Surxondaryoda (Shargʻun va Boysun koʻmir konlari).
Shaharlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Termiz
[tahrir | manbasini tahrirlash]Termiz — viloyatning maʼmuriy va madaniy markazi. U Oʻrta Osiyoning qadimiy shaharlaridan biri. Bu shaharda Amudaryo porti, temiryoʻl va avtomobil yoʻli qurilgach, shahar asosiy transport markaziga aylandi. 1995-yilda Termizda zamonaviy aeroport qurildi. Shaharda paxta tozalash zavodi, sut-yogʻ, non va goʻsht kombinatlari, binokorlik materiallari ishlab chiqariladigan korxonalar bor. Bundan tashqari Termiz davlat universiteti ham mavjud.
Denov
[tahrir | manbasini tahrirlash]Denov — qadimgi yirik savdo va hunarmandchilik qishlogʻi oʻrnida barpo boʻlgan shahar. 1929-yil Denovdan temiryoʻl oʻtgach ishlab chiqarish rivojlana boshlagan. Denov sanoati qishloq xoʻjalik xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Unda paxta tozalash, sharob, moy-sut, motor taʼmirlash, gʻisht zavodlari bor. Shaharda R. R. Shreder[4] nomidagi respublika bogʻdorchilik uzumchilik va sharobchilik ilmiy-tadqiqod institutining tajriba markazi joylashgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://www.gazeta.uz/oz/2023/03/13/surxondaryo/
- ↑ „Surxondaryo sanoati rivojlangan osuda va obod hududga aylanadi“ (2023-yil 14-mart). Qaraldi: 2023-yil 29-avgust.[sayt ishlamaydi]
- ↑ "PQ-717-сон 26.10.2007. Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on yangi temir yo‘l liniyasidan foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida" https://lex.uz/docs/-1262327
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil