Kontent qismiga oʻtish

Surxondaryo tarixi kitobi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Surxondaryo tarixidan yoʻnaltirildi)
Surxondaryo tarixi
Asl nomi Surxondaryo tarixi
Muallif(lar) S.Tursunov, E.Qobilov, B.Murtazoyev, T.Pardayev
Muharrir(lar) I.Shoymardonov, D.Ismoilov
Mamlakat O'zbekiston
Til O'zbek
Janr(lar)i Imiy-ommabop
Nashr etilgan sanasi 2004
Nashriyot "Sharq"
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2004
ISBN BBK 65.9(5U-4)+63.3(5U-4)

Surxondaryo tarixi kitobi[1] bir qator surxondaryolik tarixchi olimlari tomonidan Surxondaryo vohasi tarixi haqida yozilgan kitob. Kitob mundarija, 8 bob, xulosa qismi va foydalanilgan ababiyotlar va manbalar roʻyxatidan iborat. Kitobda asosan Surxon vohasi sivilizatsiyaning qadim beshiklaridan biri ekanligini isbotlovchi dalillar, manbalar, tarixiy qazilmalar, tarixiy yodgorliklari, haqida maʼlumotlar keltiriladi. Birinchi bobda Surxondaryo viloyati tarixining eng qadimgi davri yaʼni tosh asridan Yunon-Baqtriya va Kushon podsholiklari davrigacha boʼlgan davr olingan. Unda Surxondaryo vohasida tasvriy sanʼatning paydo boʼlishi, Zarautsoy tasviri sirlari, jez davri yutuqlari, ilk temir davrida dastlabki davlatchilik birlashmalarining shakllanishi, Baqtriya yerlari Eron ahamoniylari, Iskandar Zulqarnayn saltanati, Yunon-Baqtriya va Kushon podsholiklari tarkibida boʼlgan davrlariga oid maʼlumotlar mavjud[2]. Ikkinchi bobda oʼrta asrlarda Surhon vohasining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayoti, ilm-fan rivoji, X-XI asrlarda Chagʼoniyon adabiyoti va Termiz sayyidlari[3] haqida maʼlumotlar bor. Uchinchi bob Surxon vohasini Shayboniylar va ashtarxoniylar hukmdorligi davrida va Buxoro amirligi tarkibida boʼlgan davr[4][5] ichida hudud joylashuvi, aholisi, hunarmandchiligi, adabiy hayotini XIX-asr oxiri XX-asr boshlariga qadar tasvirlaydi. Toʼrtinchi bob Surxon vohasining 1917-1941-yillar orasida boʼlgan davrni oʼz ichiga oladi. Surxon vohasidagi milliy-ozodlik harakatlari, qatagʼon yillari va mustabid tuzum davrida vohadagi ijtimoiy-siyosiy ahvol, Surxondaryo qishloq xoʼjaligi, maorif va madaniyat, sogʼliqni saqlash tizimi ushbu bobda tahlil qilinadi. Beshinchi bobda Ikkinchi jahon urushi yillarida surxondaryoliklarning frontdagi qahramonliklari va Surxon vohasi aholisining urush yillarida mudofaani tashkil qilishdagi moddiy yordamlariga oid maʼlumotlar bor. Oltinchi bobda urushdan keyin mustaqillikka boʼlgan davr sanoati, voha adabiy harakatchiligi, tibbiyot xizmatlari, qishloq xoʼjaligi, maorif va madaniyat koʼrsatilgan boʼlsa, yettinchi bob Surxondaryoning mustaqillik davri yillarini izohlaydi.

  1. https://qomus.info/encyclopedia/cat-s/surxondaryo-viloyati-uz/, SURXONDARYo VILOYaTI
  2. https://qomus.info/encyclopedia/cat-s/surxondaryo-viloyati-uz/, SURXONDARYo VILOYaTI
  3. https://sammuslim.uz/oz/articles/actual/paygambar-alayhissalom-avlodlari-termizga-qanday-kelib-qolganlar, Paygʻambar alayhissalom avlodlari Termizga qanday kelib qolganlar?
  4. https://bestpublication.org/index.php/pedg/article/view/2313, SURXON VOHASI 1917-1941 — YILLARDA BXSRNING TASHKIL TOPISHI VA SURXON VOHASIDAGI MILLIY — OZODLIK HARAKATLARI
  5. https://kitobxon.com/oz/kitob/shorchi-tarixidan-lavhalar, Shoʻrchi tarixidan lavhalar