Svetlana Radzivil
Svetlana Mixaylovna Radzivil | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Ayol |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
17-yanvar 1987-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Sport | |
Qaysi sport | Yengil atletika |
Medallar | |
|
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osiyo chempionati | ||
Bronza | Guanchjou 2009 | |
Kumush | Kobe 2011 | |
Kumush | Puna 2013 | |
Oltin | Uxan 2015 | |
Osiyo chempionati (manejda) | ||
Kumush | Pattaya 2006 | |
Oltin | Xanchjou 2014 | |
Osiyo oʻyinlari | ||
Oltin | Guanchjou 2010 | |
Oltin | Inchxon 2014 | |
Oltin | Djakarta 2018 | |
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionati | ||
Oltin | Pekin 2006 | |
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati | ||
Kumush | Ipox 2004 | |
Oltin | Makao 2006 |
Svetlana Mixaylovna Radzivil (1987-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — Yengil atletikaning balandlikka sakrash yoʻnalishi boʻyicha Osiyo oʻyinlarining uch karra chempioni, koʻp karra qitʼa chempionati gʻolibi va sovrindori boʻlgan oʻzbekistonlik sportchi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2019).
Sport faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Svetlana Mixaylovna oʻzining tugʻilib voyaga yetgan ona shahri Toshkentda yengil atletika bilan shugʻullana boshladi. Avvaliga u yengil atletikaning barcha turlari bilan shugʻullanib boqadi. Ammo keyinchalik balandlikka sakrash yoʻnalishi boʻyicha faoliyatini davom ettirdi.
Svetlana uchun 2002-yilda Kingstonda oʻtkazilgan birinchi katta start oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib, oʻzbekistonlik sportchi 1,70 ball bilan atigi 19-oʻrinni egallagan edi. Biroq 2002-yilgi oʻsmirlar oʻrtasidagi qitʼa chempionatida Svetlana 1,76 ball bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
2004-yilda yengil atletikachi Xalqaro miqyosdagi birinchi medalni oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatidan qoʻlga kiritgan kumush medali boʻldi.
2006-yilda Svetlana uchta oltin medalni qishki Osiyo chempionati, oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati va oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida qoʻlga kiritdi. Bu yerda u allaqachon 1,90 balandlikni zabt etgan.
2008-yilda Sveta Pekin Olimpiadasida ishtirok etadi, ammo oʻz chiqishlarini 1,89 ball bilan yakunlab, atigi 18-oʻrinni egalladi.
2009-yilda Berlinda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida u xuddi shunday 1,89 ball natijasi bilan 21-oʻringa tushib qoldi.
2009-yilda u Osiyo chempionatining bronza medali sohibasiga aylandi. Kelasi yili esa 1,95 ball bilan Osiyo oʻyinlarida gʻolib chiqadi.
2011-yilda esa Osiyo chempionati kumush medalini qoʻlga kiritdi. Ammo jahon chempionatida u sakkizinchi oʻrinni tutdi.
2012-yilda Olimpiyadagi qishki jahon chempionatida yengil atletikachi sakkizinchi oʻrinni egalladi. Lekin shu bilan birga u Olimpiya yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Londondagi Olimpiadada Svetlana balandlikka sarash boʻyicha 1,97 ga chiqdi — ammo yettinchi oʻrinni oldi.
2013-yilda Osiyo chempionatida yana ikkinchi oʻrinni olishga muvaffaq boʻldi.
2014-yilda u 1,96 balandlikka sakrash boʻyicha qishki Osiyo chempionati (shaxsiy rekordni yopiq joyda) gʻolibiga aylandi. Qishki jahon chempionatida Svetlana 1,88 ball bilan atigi 14-oʻrinni egalladi. 2014-yil oktyabr oyida 1,94 ball bilan Osiyo oʻyinlarida yutuqqa erishdi.
2015-yilda u Osiyo chempioni boʻldi. Pekindagi jahon chempionatida ishtirok etgan Svetlana 1,88. ball bilan 9-natijani qoʻlga kiritdi.
2018-yilda esa uchinchi bor Osiyo oʻyinlari chempioni boʻldi. Shu bilan birga u musobaqada 1,96 ball bilan rekord oʻrnatdi[1].
2019-yil 22-dekabrda Svetlana Radzivil xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati etib saylandi[2].
Rekord natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yilda u 1,91 m balandlikka sakrab, Oʻzbekiston yoshlari rekordini oʻrnatgan. 2006-yil 12-sentyabr (manejda) va 2006-yil 8-sentyabr (stadionda).
2008-yilda Svetlana Osiyo rekordini 1,98 m balandlikka sakragan boʻlsa, 2009-yilda Marina Aitova bu koʻrsatkichni 1,99 m balandlikkacha koʻtarildi. Ayni kunda Svetlananing shaxsiy eng yaxshi natijasi 1984-yilda Lyudmila Butuzova tomonidan oʻrnatgan Oʻzbekiston rekordiga toʻgʻri keldi.
2018-yilda u 1,96 m balandlikda Osiyo oʻyinlari rekordini yangiladi[3].
Davlat mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Shuhrat" medali (2007)[4]
- "Doʻstlik" ordeni (2013)[5]
- Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2019)[6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „На Азиатских играх Узбекистан поднялся на седьмое место“ (ruscha). ИА REGNUM. 30-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-avgust 2018-yil.
- ↑ „Халқ депутатлари Тошкент шаҳар Кенгаши депутатларини рўйхатга олиш тўғрисида“ (oʻzbekcha). Тошкент шаҳар ҳокимлиги. 25-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-yanvar 2020-yil.
- ↑ Athletics — Womenʼs High Jump Final | Asian Games 2018 Jakarta Palembang (Wayback Machine saytida 29-avgust 2018-yil sanasida arxivlangan) Andoza:Wayback 2 (Inglizcha)
- ↑ Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 2007 года № УП-3916 «О награждении в связи с шестнадцатилетнем независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер
- ↑ „Светлана Радзивил: «У молодёжи Узбекистана большие возможности»“. Голос Узбекистана (30-avgust 2013-yil). 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-noyabr 2015-yil.
- ↑ „О награждении в связи с 28-летием государственной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры и искусства“. УзА (29-avgust 2019-yil). 29-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-avgust 2019-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Svetlana Radzivil (Wayback Machine saytida 2022-05-24 sanasida arxivlangan) Uzathletics.uz
- Svetlana Radzivil Worldathletics.org