Syerra-Leonedagi davlat to‘ntarishi rejasi (2023)
2023-yilning 1-avgustida Syerra-Leone hukumati 7—10-avgust kunlari Syerra-Leoneda Julius Maada Bio hukumatiga qarshi davlat toʻntarishini rejalashtirganlikda gumonlab noma’lum sondagi askarlar va tinch aholini hibsga oldi. Politsiya aniq „toʻntarish“ atamasini ishlatmagan boʻlsa-da, erishilgan tinchlik va demokratik taraqqiyotni mustahkamlash boʻyicha olib borilayotgan sa’y-harakatlarga qaramay, muayyan shaxslar millat totuvligi va osoyishtaligini buzishga qaratilgan harakatlarda davom etayotganidan xavotir bildirdi[1][2][3]. 10-avgust kuni politsiya 19 kishini, jumladan Syerra-Leone Respublikasi Qurolli kuchlarining oʻn toʻrt nafar xizmatchisini, Syerra-Leone politsiyasining ikki zobitini, politsiyaning iste’fodagi bosh rahbari va yana ikki kishini hibsga olganini tasdiqladi. Ularning barchasi „davlat toʻntarishi“ jinoyatida ayblangan[4]. Bundan tashqari, besh nafar harbiy va uch nafar politsiyachiga tintuv va qoʻlga olish uchun order berildi[4].
Hibsga olingan isteʼfodagi bosh boshqaruvchi Muhammad Yetey Turay 5—6-avgust kunlari Liberiyada Syerra-Leone hukumati talabi bilan ushlangan[5].
Hukumat hibsga olinganlarning ismlarini ochiq aytmagani Bio hukumati tanqidchilarining hech qanday fitna yoʻqligi va bu oʻtgan saylovlarda saylov natijalarini rad etgan muxolifatni repressiya qilish uchun bahona, degan xulosaga kelishiga sabab boʻldi[6][7][5].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ étrangères, Ministère de l'Europe et des Affaires „Terrorism: France's International Action“ (en). France Diplomacy - Ministry for Europe and Foreign Affairs. Qaraldi: 2023-yil 12-avgust.
- ↑ Valentyna, Pustiva „В Сьерра-Леоне полиция арестовала подозреваемых в попытке переворота - СМИ“ [In Sierra Leone, police arrested suspects in the coup attempt] (ru). korrespondent.net (2023-yil 1-avgust). Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
- ↑ „Coup in West Africa: Police arrest military officers 'planning' to topple Sierra Leonean govt“. Vanguard (2023-yil 1-avgust). Qaraldi: 2023-yil 14-avgust.
- ↑ 4,0 4,1 „‘Coup Attempt’: Sierra Leone police confirms arrest of 19 people, including top security officials“ (en-US). The Point. Qaraldi: 2023-yil 23-avgust.
- ↑ 5,0 5,1 Thomas, Abdul Rashid „Sierra Leone requests extradition of former Police Chief from Liberia for alleged coup plot“ (en-US). The Sierra Leone Telegraph (2023-yil 8-avgust). Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
- ↑ „El principal opositor de Sierra Leona rechaza su derrota en las elecciones presidenciales“ (es). SWI swissinfo.ch (2023-yil 27-iyun). Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
- ↑ „La oposición de Sierra Leona rechaza en su totalidad las elecciones generales y exige su repetición en seis meses“. Europa Press (2023-yil 2-iyul). Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.