Ta'lim islohining ayni vaqti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bugungi kunda ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni 2020 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan bo‘lib,

Mazkur Qonunga asosan ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar, ta’lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo‘yildi, unda belgilangan masofaviy ta’lim haqidagi qoidalar o‘quv rejalari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. Shuningdek, Qonunga ko‘ra, davlat oliy ta’lim, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o‘rta maxsus, professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo‘ldi. Nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil etish ularning ta’sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziya Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladigan bo‘ldi. Qonunda dual ta’limga oid qoidalar belgilanib, u ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, qonunga inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etadi. Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonundan tubdan farq qiladi. Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ma’lum qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF– 5847-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda.

Xulosa o‘rnida, ta’lim sohasidagi islohotlar ham bugungi kunda o‘zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohotlardan aslo qolishmaydi. Chunki ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko‘lamda davom ettirish davr talabidir. Mamlakatimizda ta’lim tizimi ijtimoiy sohaning bir bo‘g‘ini ekanligini qayd etsak, ta’lim muassasalari xarajatlariga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘lari salmoqli ulushga ega. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalari moliyaviy faoliyatida byudjetdan tashqari mablag‘lar ulushini ko‘paytirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Darhaqiqat, yuqori tajriba talab etadigan tarmoqlar uchun malakali ishchi kuchini tayyorlab berish, albatta, ta’limning zimmasiga to‘g‘ri keladi. XXI asrning kuchli raqobat sharoitida salmoqli natijalarni qayd etish ko‘p jihatdan ta’limning natijalariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Mazkur masalaning dolzarb jihatlari borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev quyidagi fikrni qayd etib o‘tgan: “... Oliy ta’limni rivojlantirish uchun o‘tgan yili 19 ta yangi oliy o‘quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzlixorijiy universitetning filiali ochildi. Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko‘p talaba o‘qishga qabul qilindi”. Fikrimizcha, mehnat bozoridagi rivojlanayotgan raqobat muhitida odamlarda o‘z ko‘nikmalarini oshirish uchun ta’limga bo‘lgan talablari oshib borishini ko‘rsatadi. Bu esa, mehnat bozoriga sezilarli ta’sir etuvchi ta’lim muassasalarini yanada rivojlantirishni taqozo etadi. O‘zbekiston ham rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘lida ketayotgan ekan, demak, ta’limni moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishni va takomillashtirishni talab etadi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi K.Muxamedxonova o‘zining tadqiqotida iqtisodiyot infratuzilmasi va jamiyatning transformatsiyalashuvi jarayonida ta’lim tizimining tuzilmasini optimallashtirishning zaruriyati yuzasidan xulosalar beradi. Islohotlar natijasida malakali ishchi kuchiga bo‘lgan talabning ortishi ta’limga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirishni taqozo etishini hamda ta’limning qamrab olish miqyosini oshirishni dolzarbligini qayd etadi. Jumladan, oliy ta’lim muassasalarini bitirayotgan talabalarning 2012 yildagi 60,9 ming nafardan 2030 yilda 160 ming nafarga yetkazish orqali oliy ta’limni qamrab olishini 10 foizdan 25 foizga yetkazish islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etiladi. A.Sherov esa, o‘zining maqolasida ta’lim tizimni moliyalashtirishning xorij tajribalarini tadqiq etadi. Jumladan, ta’lim tizimni moliyalashtirishning uchta: Osiyo, Amerika va Yevropa modellarini asoslab beradi. O‘z navbatida, rivojlangan mamlakatlarda ta’lim tizimni moliyalashtirishga ta’sir etuvchi omillarni tizimlashtiradi. Ular quyidagilardir: iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi, ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalar, milliy an’analar va ta’lim tizimini tashkil etish va boshqarishning o‘ziga xosligi kabi jihatlarga e’tibor qaratadi . Ya.Lijing, M.Braynlar milliy va xalqaro iqtisodiyotning rivojlanishida yuqori tajriba va bilimlarni egallash uchun ishchilar tomonidan ta’lim olishga bo‘lgan talabning oshishini ko‘rsatib berishadi . Xususan, ta’limning turli bosqichlarida undan olinadigan naflilik darajasi turlichadir. Masalan, tayanch ta’limni davlat tomonidan moliyalashtirilishi aholining barcha qatlamini savodxonligini oshiradi. O‘z navbatida, G.Psacharopolos quyidagi fikrlarni bildirib o‘tadi. Tayanch ta’lim davlat byudjeti tomonidan ta’minlanishidan yuqori daromadlilarga nisbatan kam daromadlilar ko‘proq manfaatdor bo‘ladi. Mingat va Tanning olib borgan tadqiqotlariga ko‘ra, ta’lim tizimiga xarajatlar mamlakatlarning rivojlanganlik darajasiga muvofiq ekanligini aniqlashgan. Masalan, kam daromadli mamlakatlar tayanch ta’limga e’tibor qaratsalar, o‘rtacha daromadli mamlakatlar o‘rta maxsus ta’limga moliyaviy e’tiborni kuchaytiradi. O‘z navbatida, yuqori daromadli davlatlar oliy ta’limga jiddiy e’tibor qaratar ekan. Oliveria fikricha, yuqori salohiyatli inson kelajakda yuqori qiymatlar yaratishini qayd etadi . Bizningcha, ta’lim sohasini moliyalashtirish mamlakatlarning rivojlanganlik darajasiga ham bog‘liq bo‘lib qolar ekan, shu boisdan oliy ta’lim tizimini moliyalashtirishga beriladigan e’tiborning nisbiy yuqoriligi o‘zining natijasini berishi mumkin. Ta’kidlash lozim, ta’lim tizimini moliyalashtirishni yanada oshirish muhim ahamiyatga ega ekanligi qator olim va tadqiqotchilar tomonidan ham asoslab berilgan. Shuningdek, mamlakatda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda inson kapitali hal qiluvchi omilga aylanishi mazkur masalaning dolzarb ekanligini yana bir bor tasdiqlab beradi. Zotan, iqtisodiyotda resurslarning cheklanganligi sharoitida cheksiz ehtiyojlarni ta’minlash jahon iqtisodiy maktablarini doimiy diqqat markazida bo‘ldi. Agar biz inson salohiyatining tuganmas ekanligini inobatga olsak, resurslarning cheklanganligi to‘g‘risidagi g‘oyani qayta ko‘rib chiqish zaruriyati tug‘iladi, deb o‘ylaymiz.