Kontent qismiga oʻtish

Mozandaron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Tabaristondan yoʻnaltirildi)

MozandaronErondagi tarixiy viloyat. Gilon bilan Xuroson oraligida. Hozirgi maʼmuriy boʻlinish boʻyicha oston (viloyat). 912-asr manbalarida Tabariston nomi bilan maʼlum. 13-asrdan esa Mozandaron deb atalgan. Sosoniylar davrida mustaqil hokimlik boʻlgan; keyinchalik arablar, somoniylar, saljuqiylar, moʻgʻullar qoʻl ostiga oʻtgan, ammo hokimiyatni mahalliy hokimlar boshqargan. Mozandaronni 14-asr oxirida Amir Temur qoʻshinlari egallagan. 16-asr boshida Mozandaron yana mahalliy hukmdorlar qoʻliga oʻtgan. Abbos I davrida Mozandaronda mahalliy sulola tugatilib, Mozandaron Safaviylar davlatiga qoʻshilgan. 19201921 -yillarda Mozandaron dademokratik harakatlar avj olgan. 19461951- yillari Mozandaronning ayrim shaharlari (Bobil, Sari)da Angliya-Eron neft kompaniyasiga qarshi ommaviy miting va namoyishlar boʻlib oʻtgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil