Kontent qismiga oʻtish

Tafsir an-Nisaburiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Gʻaroib al-Qurʼon
Asl nomi Gʻaroib al-Qurʼon va Ragʻoib al-Furqon
Muallif(lar) Nizomiddin an-Nisoburiy
Muharrir(lar) Zakariyya Umayrat
Mamlakat Xuroson (fors tilida „Quyosh chiqadigan mamlakat“ maʼnosini anglatadi.)
Til arabcha
Janr(lar)i Tafsir, Tasavvuf, Kalom, Kosmologiya
Nashr etilgan sanasi 1996
Nashriyot Dar al-Kutub, al-Ilmiyya, Bayrut
Sahifalar soni 3776
ISBN 978-2-7451-0603-2
Keyingisi Lub al-tavil fit tafsir al-Qurʼon

G‘aroib al-Qur’on va Rag‘oib al-Furqon (arabcha: غرائب القرآن ورغائب الفرقان; soʻzma-soʻz'Wonders of the Qur'an and Desiderata of the Criterion')[1] yoki qisqacha G‘aroib al-Qur’on(soʻzma-soʻz'Wonders of the Qur'an')[2], Tafsir an-Nisoburiy (arabcha: تفسير النيسابوري) nomi bilan mashhur bo‘lib, Qurʼonning mumtoz sunniy-so‘fiy tafsiridir[1][3][4][5]. Muallifi Faxriddin Roziy tafsirlarini koʻp joylarda yaqindan kuzatib boradigan shofiʼiy-ashʼariy olim Nizomiddin an-Nisoburiydir (vaf. hijriy 730-y; milodiy 1330-yillar)[6][7].

Ushbu asar Hindistonda Qurʼonning arab tilida yozilgan birinchi tafsiri edi. Bu tafsirning qo‘lyozma nusxasi Ahmadoboddagi Hazrat Pirmuhammad Shoh Sohib maqbarasi kutubxonasida mavjud[8].

Muallif ushbu tafsirni besh yilda tamomlagan[1][9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nizomiddin an-Nisoburiy o‘z tafsirini yozishda bir qancha manbalarga tayangan. Ular quyidagilar[7][10][11]:

Tan olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muhammad Husayn az-Zahabiy yozishicha, ushbu tafsirni Muhammad Boqir al-Musaviy al-Xavansariy al-Isfahoniy [ar] (vaf. hijriy 1313; milodiy 1895) o‘zining Ravzatul-jannat kitobida maqtagan[12].

Muallif haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muallif fors matematigi, astronomi, faqih (huquqshunos), Qurʼon tafsirchisi, shoir boʻlib, asosan donishmand, yaʼni falsafa va mantiq bilimdoni hisoblangan[1]. U Nisopurda tugʻilgan va Nizom al-Aroj nomi bilan mashhur boʻlgan. Uning oilasi va qabilasi Qum shahridan kelib chiqqan. Oʻqishni tugatgandan soʻng Hindistonga kelib, ehtimol, Davlatobodda qoʻnim topgan[1]. Falsafa, geografiya va tasavvufga doir koʻplab kitoblar muallifi. U Lub at-tavil fit tafsir ul-Qurʼon nomli bir jilddan iborat Qurʼonning yana bir tafsirini yozgan. Vafot etgan aniq yili nomaʼlum boʻlsa-da, milodiy 1329-yildan keyin vafot etgani maʼlum. Mavjud maʼlumotlarda hijriy 710-yildan 728-yilgacha boʻlgan yillardan birida vafot etgani haqida turlicha maʼlumot berilgan[8].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Gilliot, C „Qur'anic exegesis“,. History of Civilizations of Central Asia. UNESCO Publishing; Motilal Banarsidass Publishing House, 1992 — 105 bet. ISBN 9788120815964. „He displays considerable veneration for the family of the Prophet, but makes no concessions to Imami Shi'ite teachings, and so shows himself to have been a Sunni."... "al-A'raj composed his commentary, entitled [...] (Wonders of the Qur'an and Things to be Desired in the Revelation), a task which took him some five years.“ 
  2. Encyclopaedia of the Qur'ān Jane Dammen McAuliffe: . Brill Publishers, 2002 — 112 bet. ISBN 9789004120358. 
  3. „Ghara'ib al-Qur'an by Nizam al-Din Nishapuri“ (ar). www.albayan.ae. Al-Bayan (2005-yil 14-oktyabr). — „وإذا كان هناك من يتوهم فيه التشيع أو الميل للاعتزال، فإنه ينفي عن نفسه ذلك بوضوح ويقرر انه ينطلق من معسكر أهل السنة، فيقول رحمه الله: «إنني لم أمِلّ في هذا الكتاب إلا إلى أهل السنة والجماعة، فبينت أصولهم ووجوه استدلالاتهم».ومن أجل ذلك كان إذا تعرض للاختلافات الفرعية، ذكر كل وجهة نظر بأدلتها دون تعصب أو خصومة؛ ويحبذ ان تتعدد الآراء وتتنوع الاجتهادات..!“. 2021-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  4. Muhammad Husayn al-Dhahabi. Al-Tafsir wa al-Mufassirun (ar). Cairo: Maktabat Wahbah, 1997 — 231–236 bet. 
  5. „Ghara'ib al-Qur'an by Nizam al-Din Nishapuri“. Youm7 (2017-yil 12-iyun). 2021-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Mohammed Rustom. The Triumph of Mercy: Philosophy and Scripture in Mulla Sadra. SUNY Press, 2012 — 44 bet. ISBN 9781438443416. 
  7. 7,0 7,1 Mahmoud M. Ayoub. The Qur'an and Its Interpreters. SUNY Press, 1984 — 44 bet. ISBN 9780873957274. 
  8. 8,0 8,1 Muhammad Zahid-ul-Hussaini. Commentators of the Holy Quran. Ferozsons, 1992 — 51 bet. ISBN 9789690100689. 
  9. „Ghara'ib al-Qur'an by Nizam al-Din Nishapuri“ (ar). www.albayan.ae. Al-Bayan (2005-yil 14-oktyabr). — „وشغل نفسه ـ رحمه الله ـ بتدريس هذا التفسير بعد إتمامه، خلال أربع سنوات وسبعة أشهر، بينما كان يؤمل ان تمتد مدة تأليفه إلى ثلاثين سنة، وهي مدة الخلافة الراشدة، غير انه بورك له في وقته، وتيسر له إنجازه في أقل من خمس سنين، ويقول: ولولا ما اتفق أثناء التفسير من وجود الأسفار الشاسعة، ومشقة الحصول على المراجع العلمية النافعة، ونزول هموم وغموم لكان يمكن إتمامه في مدة خلافة أبي بكر رضى الله عنه، أي خلال سنتين وثلاثة أشهر وثمانية أيام.“. 2021-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Ghara'ib al-Qur'an by Nizam al-Din Nishapuri“ (ar). www.albayan.ae. Al-Bayan (2005-yil 14-oktyabr). — „قال النيسابوري في كتابه: لقد تضمن كتابي هذا حاصل التفسير الكبير ـ ويقصد بالتفسير الكبير كتاب الفخر الرازي ـ وهو جامع لأكثر التفاسير، وفيه حلُّ لكتاب الكشاف، وقد احتوى على النكت المستحسنة الغريبة مما لم يوجد في سائر التفاسير..!“. 2021-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Kâtip Çelebi. „Kashf al-Zunun 'an Asami al-Kutub wa al-Funun“ (ar). Google Books 448–449 (2017-yil yanvar).
  12. Muhammad Husayn al-Dhahabi. Al-Tafsir wa al-Mufassirun (ar). Cairo: Maktabat Wahbah, 1997 — 236 bet. 

Qoʻshimcha oʻqish uchun[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]