Taganrog qoʻltigʻi
Qiyofa
Taganrog qoʻltigʻi - Azov dengizining shim.sharqiy qismidagi qoʻltiq. Dolgaya va Belosarayskaya qum tillari qoʻltiqni dengizdan ajratib turadi. Uz.140 km, eni kiraverishida 31 km, oʻrtacha chuq 5 m. Dek.dan martgacha muzlab yotadi. Taganrog qoʻltigʻiga Don, Kalmius, Mius va Yeya daryolari quyiladi. Sohilida Mariupol (Ukraina), Taganrog (RF) portlari bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |