Kontent qismiga oʻtish

Takashi Nagatsuka

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Takashi Nagatsuka
Tavalludi 1870-yil 3-aprel
Vafoti 1915-yil 8-fevral
Fukuoka
Ijod qilgan tillari Yapon tili
Fuqaroligi Yaponiya bayrogʻi Yaponiya

Takashi Nagatsuka (yaponcha: 長塚節; 1879-yil 3-aprel, Ibaraki prefekturasi – 1915-yil 8-fevral, Fukuoka) – yapon shoiri, adabiy tanqidchi va yozuvchi, Masaoka Sikining shogirdi[1][2].

Takashi Nagatsuka

Yozuvchi 1879-yil 3-aprelda Xonsyu orolidagi Ibaraki prefekturasida dehqon oilasida dunyoga kelgan.

Takashi Mito oliy maktabiga oʻqishga kirdi, ammo oʻqishni tugatmasdan tashlab ketdi[3]. Masaoka Sikining yapon she’riyatini isloh qilish boʻyicha yangicha gʻoyalarini oʻzlashtirgan holda, Tokioga koʻchib bordi va shoirning shogirdiga aylandi[4]. U „Manʼyosyu“ni oʻrganishni boshladi va Masaoka Shiki tomonidan ishlab chiqilgan „hayotni aks ettirish“ usuli – shaseiga iloji boricha aniq rioya qilishga intildi[5].

O‘qituvchisi vafot etgandan soʻng, shoir 1903-yildan 1908-yilgacha chop etilgan „Asibi“ hamda 1908-yilda Ito Satio tomonidan asos solingan „Araragi“ jurnallarini tashkil etishda ishtirok etdi[6].

Takashi Nagatsuka 1915-yilda o‘pka silini davolash uchun Fukuokadagi Imperatorlik Kyushu universiteti kasalxonasiga yotqizildi. Kasallik zoʻrayib, hiqildoqqa ham taʼsir qildi va hatto Nagatsuka Takashini davolagan otorinolaringologiya sohasidagi mashhur mutaxassis Kubo Inokiti[7] ham shoirni qutqara olmadi. U 8-fevralda vafot etdi.

Takashining ijodidagi asosiy mavzu manzara lirikasi va qishloq turmushi edi. U qisqa umri davomida bir nechta she’riy to‘plamlar yozishga ulgurdi. Ularning orasida „Kasallik paytida yaratilgan qoʻshiqlar“ (1912-yil) alohida eʼtiborga loyiqdir[8].

Shoir 1906-yildan boshlab nasriy asarlar ham yoza boshlagan. Uning „Koʻmirchining qizi“ (1906), „Sado oroli“ (1907), „Batat kavlash“ (1908) kabi qissa va hikoyalari mashhur boʻlgan. 1910-yilda shuhrat qozongan „Yer“ romanini nashr etdi. Ushbu asarda dehqonlarning ogʻir turmushi, qishloq aholisining eng kambagʻal qatlamlari hayoti tasvirlangan boʻlib, ularning turmushi fojiali tarzda aks ettirilgan[9].

  1. Takashi Nagatsuka — maʼlumot Katta sovet ensiklopediyasidan olindi..
  2. 小山 亨. „長塚節の歌碑“ (ja). 九州大学医学部 (2009-yil 17-aprel). Qaraldi: 2016-yil 3-may.
  3. „Краткие сведения об авторах“, Японская поэзия Серебряного века, 10000 экз, СПб.: Азбука-классика, 2005 — 460-bet. ISBN 5-352-00609-3. 
  4. „Краткие сведения об авторах“, Японская поэзия Серебряного века, 10000 экз, СПб.: Азбука-классика, 2005 — 460-bet. ISBN 5-352-00609-3. 
  5. Александр Долин. „История новой японской поэзии в очерках и литературных портретах“. Гиперион (2007). 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-may.
  6. Александр Долин. „История новой японской поэзии в очерках и литературных портретах“. Гиперион (2007). 2016-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 3-may.
  7. 小山 亨. „長塚節の歌碑“ (ja). 九州大学医学部 (2009-yil 17-aprel). Qaraldi: 2016-yil 3-may.
  8. „Краткие сведения об авторах“, Японская поэзия Серебряного века, 10000 экз, СПб.: Азбука-классика, 2005 — 460-bet. ISBN 5-352-00609-3. 
  9. „Краткие сведения об авторах“, Японская поэзия Серебряного века, 10000 экз, СПб.: Азбука-классика, 2005 — 460-bet. ISBN 5-352-00609-3.