Talgat Nigmatulin
Talgat Qodirovich Nigmatulin | |
---|---|
Tavalludi |
5-mart 1949-yil |
Vafoti |
11-fevral 1985-yil (35 yoshda) Vilnyus |
Fuqaroligi | |
Kasbi | kinoaktyor |
Faoliyat yillari | 1967—1985 |
Talgat Qodirovich Nigmatulin (1949-yil 5-mart, Oʻsh viloyati, Qizil-Qiya shahrida — 1985-yil 11-fevral, Vilnyus) — sovet kinoaktyori, “XX asr qaroqchilari”, “Tom Soyerning sarguzashtlari va Geklberri Finn”,"Boʻri uyasi" filmlari bilan mashhur.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolalik davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nigmatulin Talgat Qodirovich 1949-yil 5-martda tatar-oʻzbek oilasida tugʻilgan[1]. Bir qancha manbalarda keltirilishicha, Talgat Nigmatulin Qirgʻiziston SSRning Oʻsh viloyati Qizil-Qiya shahrida tugʻilgan, lekin shunday taxminlar borki, u Oʻzbekiston SSR poytaxti Toshkent shahrida tugʻilgan. Talgat bir yoshga toʻlganida oilasi bilan Qizil-Qiya shahriga koʻchib oʻtdi. Ammo aktyor bir necha intervyularida Toshkentda tugʻilganligini ta’kidlab oʻtgan. Uning bolalik yillari sinovli kechdi. Talgatning otasi konchi edi. U ikki yoshga toʻlar-toʻlma otasi fojiali tarzda vafot etdi. Talgat balogʻat vaqtida turli joylarda ishlay boshlagan: shakar zavodida, poyabzal doʻkonida. Uning onasi maktab direktori edi, ammo shunga qaramay, oila nochor ahvolda yashagan. Onaga ikki oʻgʻilni tarbiyalab voyaga yetkazish qiyin edi, shuning uchun Talgat bolalar uyiga topshirildi.
U indamas, odamovi va uyatchan boʻlib oʻsdi. Bolaning sogʻligʻi unchalik yaxshi boʻlmagan, sababi u goʻdaklik chogʻida raxit kasalligiga chalangandi. Tengqurlari bilan oʻynaganda odatda koʻz yoshlar, koʻkarishlar va zarbalar, ba’zan esa undan ham jiddiy jarohatlar bilan yakunlanardi. Bir marta pionerlar oromgohida bir qizni raqsga tushishga undaganida, qiyshiq oyoqli bola bilan raqsga tushishni istamaydi. Bundan qalbi ozorlangan Talgat koʻz yoshlarini hech kim koʻrmasligi uchun dashtga chiqib ketadi. Va oʻz-oʻziga va’da berib nuqsonlarini toʻgʻirlashga kirishadi. Shu voqea sabab boʻlib, u bal raqslari, yengil atletika, keyinchalik karate bilan shugʻullanishni boshladi. Nigmatulin rus tilini ham mukammal oʻrganib, Nigmatulinlar oilasining katta uy kutubxonasidan bemalol foydalanadi. Ozgina vaqt oʻtgach, uni taniganlarning barchasi rus tilida qanchalik toʻgʻri va adabiy tilda soʻzlaganiga hayron boʻlishadi. Ma’lum boʻlishicha, u tilni yaxshiroq oʻzlashtirish uchun “Urush va tinchlik”ning ikki jildligini qoʻlda qaytadan yozib chiqqan boʻladi.
Ta'lim davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maktabni tugatgach, Talgat S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga oʻqishga kirish uchun Moskvaga ketdi. Lekin u bu dargohga osonlikcha qabul qilinmaydi, birinchi gal omadi chopmagach, Talgat Moskvani tark etishni istamadi sirk va estrada san’ati bilim yurtiga qabul qilinadi.
Talgat u yerga yengil atletikachi va sport bilan shugʻullanganligi tufayli bajonidil qabul qilishdi. U sirk bilim yurtida tahsil olayotganda kurashga jiddiy qiziqib qoladi va sportdagi darajaga ham erishadi.
Oʻshanda ham Talgatning xushbichim koʻrinishi va shubhasiz iste’dodi ham bor edi. Koʻp oʻtmay, u 1967-yilda "Qoʻmondon haqida ballada" filmida Oq gvardiya zobiti roliga taklif qilnib, tezda "Mosfilm" e’tiboriga tushadi.
Talgatning eng katta orzusi rejissor boʻlish edi. U S.A.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutiga oʻqishga kirib, Sergey Gerasimov va Tamara Makarovalar qoʻl ostida ta’lim oladi.
Butunrossiya davlat kinematografiya institutida Nigmatulin taniqli aktyor va aktrisalar bilan birga ta’lim oldi: Nikolay Yeremenko kichik, Vadim Spiridonov va toʻrtta Natalya - Beloxvostikova, Gvozdikova, Arinbasarova va Bondarchuklar edi.
Ijodiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1971-yilda Butunrossiya davlat kinematografiya institutini tugatgandan soʻng Talgat Nigmatulin Toshkentga kelib, “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi aktyori boʻldi. Soʻngra “Yettinchi oʻq” (1972), “Uchrashuvlar va ayriliqlar” (1973), “Tojikfilm” kinostudiyasida suratga olingan “Siyovush haqida ertak” (1976) filmlarida ilk rollarini ijro etdi.
Nigmatulin ijodining yana bir jihati keng ommaga unchalik yaxshi tanish emas – Talgat hikoya va she’rlar yozgan. Aktyor barcha boʻsh vaqtini uyda oʻtkazib faqat ijod bilan mashgʻul boʻldi. Nigmatulinning bir qancha hikoyalari Toshkentda nashr etilgan, hatto birinchi kitobi chiqqan. U mashhur "Rus qayinlari" qoʻshigʻi soʻzining muallifi.
Ssenariy muallifi Odelsha Agishev Talgat ijodidagi ba’zi narsalarni oʻqigach, SSSR Davlat kinematografiyasi qoshidagi ssenariy mualliflari va rejissorlar oliy kurslariga oʻqishga kirishni maslahat berdi. Oʻsha yili afsonaviy rejissor Vitautas Jalakyavichus kurslarni yigʻa boshlagandi. Intervyuda Nigmatulin shunday dedi: “Men bu ajoyib rejissordan hayotimda ham, ijodimdan ham koʻp qarzdorman”. 1978-yilda esa Talgat ushbu kurslarni muvaffaqiyatli tamomladi.
Agar Talgat Nigmatulinning ilk rollari kichik va ikkinchi darajali boʻlsa ham, uning Nikolay Yeremenko bilan doʻstlashishi tufayli unga bosh rollarda oʻynash taklifi berildi. Jumladan, birinchi sovet jangari filmi "XX asr qaroqchilari" filmidagi Solih roli. Rejissor Boris Durov ushbu filmni suratga olish uchun Talgat va Nikolay Yeremenko kichiklarni taklif qildi. Aktyorlar rolga shunchalik kirishib ketishdiki, ular hatto dublyor va kaskadyorlar yordamidan ham voz kechishdi. Ammo filmni suratga olish bilan bogʻliq barcha muammolar filmning muvaffaqiyatli chiqqani bilan yakunlandi. Film namoyishlarida navbatning keti uzilmagani uchun kassabop film boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Nigmatulin 1985-yil 11-fevralda hayotiga tahdid soluvchi jarohatlar tufayli vafot etadi.
Nigmatulinning jasadi 119 marotaba tan jarohati bilan yetkazilgan holda hammomdan topilgan. Jasadi koʻrib boʻlmas darajada boʻlgani uchun ham rafiqasi Venera uni kuydirishga qaror qildi. Kremasiya Kaunasda boʻlib oʻtgan. aktyor kuli Toshkentdagi Chilonzor ota qabristoniga dafn qilingan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Талгат Кадырович Нигматулин // Сайт «Актёры советского и российского кино»
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Г. Фролов. «Талгат Нигматулин: Загадочная судьба пирата XX века» // «Моя семья» № 38, 09.2007
- Словин Л. «Наваждение». (Повесть в документах)[sayt ishlamaydi]. В сборнике «Несколько дней из жизни следователя». Москва. «Юридическая литература». 1987.
- Словин Л. Детективный роман «Цапля ловит рыбу» (1988), где под вымышленными именами выведены организаторы секты и описываются обстоятельства, предшествующие гибели артиста.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- «Талгат Кадырович Нигматулин» // сайт «Расследование», с фотографиями с кладбищ Ташкента
- «Талгат Нигматулин: гибель суперзвезды» — документальный фильм из цикла «Следствие вели» с Леонидом Каневским
- «Телепередача „Человек и Закон“. 1986. Дело об убийстве Талгата Нигматулина.»
- Талгат Нигматулин. Притча о жизни и смерти
- «Одержимые джинами» // Журналистское расследование обстоятельств и причин смерти Талгата Нигматулина.
- «Секта, убившая моего отца, орудует до сих пор!» — интервью с Саидом Дашук-Нигматулиным.
- Талгат Нигматуллин: как поиск просветления погубил главного злодея «Пиратов XX века» // Русская семёрка, апр 2019