Tangu do‘mbira
Tangu (xit. pinyin) — Xitoyning anʼanaviy zarbli cholgʻu asbobi (doʻmbira -baraban)[1][2].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tanguning bochkasimon shaklidagi tanasi ailanthus, chinor, qayin, terak yoki boshqa turdagi yogʻochlardan yasalgan va uzunligi 60 dan 80 santimetrgacha va diametri 20 dan 100 santimetrgacha[1] yoki undan koʻp boʻladi. Odatda u qizil rangga boʻyaladi. Baraban 4 ta temir halqa vositasida tanaga mahkamlanadi yoki yogʻoch ramkaga oʻrnatiladi[2].
Doʻmbira pardalari tanguning ikki tomonida joylashgan boʻlib, sigir, choʻchqa yoki echki terisidan tortiladi[1].
Tangada soz chalish uchun ikkita yogʻoch tayoqdan foydalaniladi[2].
Tangu buddaviylik marosimlari va teatr tomoshalarida[2] hamda Xitoy musiqasining koʻp turlarida ishlatiladi[1]; jumladan, turli oʻlchamdagi tangular Pekin opera orkestri tarkibiga kirishi mumkin[3].
Sozandalar anʼanaviy ravishda Xitoy Yangi yilining ilk kunlarida sher raqsini ijro etish chogʻida Datangu (xitoycha: 大堂鼓línínín ; katta tangu yoki sher tangu)ni ishlatishadi[1].
Syaotangu (xitoycha: 小堂鼓 ; kichik tangu) esa vertikal ravishda chalinadi[4][5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Rebecca Berkley. The illustrated complete musical instruments handbook. Flame tree, 2006 — 44-bet. ISBN 9781844515202.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 Matt Dean. The Drum: A History, G - Reference, Information and Interdisciplinary Subjects Series. Scarecrow Press, 2012 — 115-bet. ISBN 9780810881709.
- ↑ Elizabeth Wichmann. Listening to Theatre: The Aural Dimension of Beijing Opera. University of Hawaii Press, 1991 — 225-bet. ISBN 9780824812218.
- ↑ Marvelene C. Moore, Philip Ewell. Kaleidoscope of Cultures: A Celebration of Multicultural Research and Practice. R&L Education, 2009 — 56-bet. ISBN 9781607093039.
- ↑ Elizabeth Wichmann. Listening to Theatre: The Aural Dimension of Beijing Opera. University of Hawaii Press, 1991 — 225-bet. ISBN 9780824812218.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |