Tanlangan asarlar (Vohidov asari)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tanlangan asarlar
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar, dostonlar va sheʼriy drama
Nashriyot „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2018
Sahifalar soni 688
ISBN ISBN 978-9943-26-593-6

„Tanlangan asarlar“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2018-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida 3 ming nusxada chop etilgan[1].

Toʻplam sheʼrlari „Yoʻq, halovat istamayman!“, „Yoshlik devoni“, „Bolaligim – Bozorim“, „Orzu chashmasi“, „Iltijo“, „Tirik sayyoralar“, „Sharqiy qirgʻoq“, „Ruhlar isyoni“, „Shavqu armonim gʻazal“, „Bedorlik“, „Hajv daftari“, „Subhi sodiq“, „Istanbul fojiasi“, „Orzuli dunyo“, „Tabassum“, „Daftarda qolgan satrlar“ turkumlariga boʻlingan. Toʻplamga shoirning turli yillarda yozgan sheʼrlari, shuningdek, „Nido“, „Orzu shachmasi“, „Palatkada yozilgan doston“, „Quyosh maskani“, „Ruhlar isyoni“ dostonlari hamda „Istanbul fojiasi“ sheʼriy dramasi kiritilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2019-yilgi yangi adabiyotlar roʻyxati“. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti. Qaraldi: 2020-yil 18-dekabr. [sayt ishlamaydi]