Kontent qismiga oʻtish

Tarixi Salimiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tarixi Salimiy
Muallif(lar) Mirzo Salimbek
Tarjimon(lar) Naim Norqulov
Til fors
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2009-yil

Tarixi Salimiy – tarixiy asar. Asar muallifi Mirzo Salimbek. Asar 1917–1920-yillar oraligʻida yozilgan[1]. Mazkur asar Chingizxon davridan to Buxoro amiri Amir Muzaffarxongacha boʻlgan voqealar yoritiladi. Asarda asosiy voqealar 1860–1920-yillarni oʻz ichiga oladi. Muallif aynan shu davrda yashagani va sodir boʻlgan voqealarni koʻrgani bilan birinchi qismidan ajralib turadi. Asarda hukmdorni ulugʻlash va maqtash yaqqol namoyon boʻlgan. Asarda Mirza Salimbek mangʻit hukmdorlari Amir Muzaffar, Amir Abdulahad va Amir Olimxon hukmronlik davrida Buxoro amirligi umumiy hayot tarzi, tuzilishi, oʻzaro qoʻshni mamlakatlar bilan aloqalari, Baljuvon, Hisor, Koʻlob, Darvoz, Qorategin boʻlib oʻtgan isyonlar, Amir Muzaffarxonning Qoʻqon xonligiga qarshi yurishlari, Xoʻjand, Oʻratepa muzofotlari egallanishi bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirilgan[2]. Shuningdek asarda Buxoro amirligida soliq tizimi, davlat amaldorlari, hokimlar va qoʻshbegilar haqida maʼlumotlar mavjud[3]. Asar ustida sharqshunos olim Naim Norqulov tadqiqot olib borib, nomzodlik disertatsiyasi himoya qiladi. „Tarixi Salimiy“ asari Naim Norqulov tomonidan rus tiliga ilmiy-izohli lugʻati bilan birgalikda 2009-yil Toshkentda nashr etilgan[1]. „Tarixi Salimiy“ asarida jadidchilik harakati va bolsheviklar bosqini toʻgʻrisida ham maʼlumotlar keltirilgan. Mirzo Salimbek asarida Mirzo Nasrullo qoʻshibegining salbiy jihatlarini aytib oʻtgan[1]. „Tarixi Salimiy“ asarida Buxoro amirligi moliyaviy-iqtisodiy ahvoli toʻgʻrisida ham maʼlumotlar mavjud. Mirzo Salimbek asarida 1919-yil Buxoro amiri Amir Olimxon Buxoro arkida qogʻoz pul bosadigan korxona ochganligi, va shu yerda pullar ishlab chiqarilganligi haqida yozadi[4].


  1. 1,0 1,1 1,2 Тўраев 2023, s. 139.
  2. Зияева 2022, s. 50.
  3. Зияева 2022, s. 51.
  4. Тўраев 2023, s. 142-143.
  • Зияева Доно. Ўзбекистон тарихига оид манба ва тадқиқотлар. Тошкент: Nurafshon business, 2022 — 456-bet. ISBN 978-9943-6044-2-1. 
  • Тўраев Ҳ. Бухоро тарихи ёзма манбалари. Бухоро: Durdona, 2023 — 204-bet.