Tarmeva
Tarmeva soʻzining ikkala komponenti eroniy tillarga mansubdir. Biroq, eski tojik tilida ham hozirgi fors, afgʻon tillarida ham bu soʻz uchramaydi. Faqat hozirgi tojik tilida tarmeva tarzida qoʻllanadi. Alisher Navoiy asarlarida: Kurtiki harorat oʻrtab oni, Tarmeva aro kirib nihoni. (Layli va Majnun ,777)
Maʼnosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mazkur soʻz tarixan qoʻshma boʻlib, tar va meva soʻzlaridan tashkil topgan qoʻshma sifat, keyinchalik otlashgan. Fors-tojik tilida tar soʻzining 1)nam, hoʻl, suvli;2)toza, yangi, tarovatli, shirali, suvli;3)nozik, latif; 4)pokiza, sof, tiza kabi maʼnolari boʻlib, bu soʻzning yasalishida ikkinchi maʼnosi bilan ishtirok etgan.
Etimoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tar soʻzining etimoni maʼlum emas. Bu soʻz balki toza-taza soʻzi bilan aloqadordir. Meva soʻzi shirin, mazali, yoqimli, samar, hosil demakdir. Demak, tarmeva soʻzi tojik tilida yasalgan boʻlib, eski oʻzbek tiliga oʻtib oʻzlashgan. Hozirgi oʻzbek tilida ham aktiv qoʻllanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Vafoyev, Bahrom. Meva nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 29-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.