Kontent qismiga oʻtish

Tasbehi Fotima

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Tasbehi Fotima (arabcha: تَسْبِيح فَاطِمَة) – „Tasbehi Hazrati Zahro“[1][2] yoki „Tasbehi az-Zahro“ (arabcha: تَسْبِيح ٱلزَّهْرَاء) nomi bilan mashhur boʻlib[3], Fotima binti Muhammadga nisbat berilgan zikr[4]. Bunda 33 marta subhanollah (سُبْحَانَ ٱللَّٰهِ – Allohga hamd boʻlsin), 33 marta alhamdulillah (ٱلْحَمْدُ لِلَّٰهِ – Allohga hamd boʻlsin) va 33 yoki 34 ta (hadisga qarab) Allohu akbar (ٱllaّٰhu ạlāk̊baru – Alloh buyukdir[5][6][7] deya tasbeh oʻgiriladi.

Ali ibn Abu Tolibdan tomonidan qilingan islomiy rivoyatga koʻra, islom paygʻambari Muhammad ushbu zikrni qizi Fotimaga oʻrgatgan. Yana boshqa rivoyatga koʻra, kundalik yumushlardan charchagan Fotima otasidan uy ishlarini bajarishda yordam berishi uchun bir xizmatkor soʻrashni niyat qilgan. Muhammad uning gapini eshitib, qizining uyiga borib, u bilan birga oʻtirib shunday degan: „Senga soʻragan narsangdan ham yaxshirogʻini bersam maylimi?“ – dedi. Fotima rozi boʻlgach, unga ushbu tasbehni oʻrgatib, bu zikr ularga xizmatkordan koʻra foydaliroq ekanini aytgan. Fotima ham bundan mamnun boʻlgan[8].

Qurʼon va Tasbeh

Namozdan keyin Fotima tasbehini aytib boʻlgach, „Tasbihat as-Sayyida az-Zahro“[9] yoki „Tasbihat Hazrati Fotima az-Zahro“ zikrini[10][11] tasbeh oʻgirish vojib va mustahab ekanligi aytiladi. Shuningdek, bu zikrni bomdod namozidan keyin aytish ham mustahabdir[12].

Qiroat qilish tartibi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Takrorlashlar arabcha Transliteratsiya
Xalqaro fonetik alifbo
Maʼnosi
34 ٱللَّٰهُ أَكْبَرُ Allohu akbar Alloh buyukdir
33 ٱلْحَمْدُ لِلَّٰهِ alhamdulilloh Allohga hamd boʻlsin
33 سُبْحَانَ ٱللَّٰهِ subhanalloh Allohga hamd boʻlsin

Muhammad al-Baqirdan rivoyat qilinadi: „Allohga Hazrati Zahro tasbehidan koʻra, hamd va zikr nuqtai nazaridan yaxshiroq ibodat qilinmagan. Agar bu tasbehdan koʻra yaxshiroq amal boʻlsa, Alloh buni Fotimaga berardi“[13].

Jaʼfar as-Sodiq: „Har kuni namozdan keyin Hazrati Zahroning tasbehini oʻqish, menga ming rakat (mustahab) namoz oʻqishdan ham koʻproq yoqadi“, – degan. Imom Muhammad al-Baqir: „Kim Hazrati Zahro tasbehini oʻqisa, undan soʻng istigʻfor aytsa, magʻfirat qilinadi“, deb taʼkidlagan[14].

  1. The right approach of Tasbih Hazrat Zahra iqna.ir
  2. Tasbih Hazrat Zahra erfan.ir Retrieved 26 Nov 2018
  3. Tasbih al-Zahra (Wayback Machine saytida 2018-11-26 sanasida arxivlangan) sibtayn.com Regarding Tasbih al-Zahra Retrieved 26 Nov 2018
  4. Tasbih Hadrat Fatimah (s.a.) hawzah.net Retrieved 26 Nov 2018
  5. The philosophism of Tasbih Hadrat Zahra (s.a.) yjc.ir Retrieved 26 Nov 2018
  6. Some points regarding Tasbih Hadrat Zahra (peace be upon her) tasnimnews.com Retrieved 26 Nov 2018
  7. Seyyed Muhammad Kazem Qazvini, Fatimah-al-Zahra from birth to martyrdom, translation of Dr. Fereiduni, Afagh publication, 3rd publication, 1365, P. 224
  8. Saduq, Man La Yahdurah al-Faqih, Vol. 1, P. 320
  9. What is Tasbihat al-Sayyidah al-Zahra? islamquest.net Retrieved 26 Nov 2018
  10. What is Tasbihat Hazrat Fitimah Zahra? thaqalain.ir Retrieved 26 Nov 2018
  11. Tasbihat Hazrat Fatimah al-Zahra islamquest.net Retrieved 26 Nov 2018
  12. Akbari, Some points about Hazrat Zahra (a.s.), P. 41
  13. Al-Hur al-Ameli, Wasaelul Shi’a, 1403 A. H., Abwab Taqib, Vol. 4, p. 1024
  14. Merits of 'Tasbih' of Syeda Fatema Zehra (a.s) duas.org Retrieved 12 Jan 2019