Tatariya (Turkiston)
Tartariya (lotincha: Tartaria, fransuzcha: Tartarie, nemischa: Tartarei , ruscha: Тартария) yoki Tataria (ruscha: Татария) Gʻarbiy Yevropa adabiyoti va kartografiyasida Kaspiy dengizi, Ural togʻlari, Tinch okeani hamda Xitoy, Hindiston va Forsning shimoliy chegaralari bilan chegaralangan Osiyoning katta qismi uchun qoʻllanilgan umumiy atama boʻlib, bu mintaqa oʻsha paytda Yevropa geograflariga maʼlum boʻlmagan. Atamaning faol ishlatilishini 13—19-asrlarda kuzatish mumkin. 19-asrga qadar bu hudud haqidagi Yevropa olimlari va sayyohlarining bilimi juda oz boʻlgan. Zamonaviy ingliz tilida soʻzlashuvchilar anʼanalariga koʻra, ilgari Tartar deb nomlanuvchi mintaqa odatda Ichki yoki Markaziy Yevroosiyo deb ataladi. Bu hududning katta qismi qurgʻoqchil tekisliklardan iborat boʻlib, ularning asosiy aholisi oʻtmishda chorvachilik bilan shugʻullangan[1].
Bunday nazariyalar Tatariya (yoki „Tartariya“) ilgʻor texnologiya va madaniyatga ega boʻlgan va keyinchalik yoʻqolib ketgan sivilizatsiya ekanligini anglatadi[2]. Hozirgi vaqtda Tatar mintaqasi Afgʻonistonning markaziy qismidan shimoliy Qozogʻistongacha boʻlgan hududni, shuningdek, hozirgi Moʻgʻuliston, Xitoy va Rossiyaning Uzoq Sharqidagi „Xitoy tatariyasi“ hududlarini qamrab olgan.
Geografiyasi va tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]18-asrgacha Yevropada Manjuriya, Sibir va Markaziy Osiyo haqidagi bilimlar cheklangan edi. Butun hudud oddiygina „tartaria“ va uning aholisi „tartarlar“ deb atalgan[3]. Ilk zamonaviy davrda, geografiyani tushunish ortib borishi bilan, Yevropaliklar tatarlarni hukmron kuch nomini yoki geografik joylashuvini bildiruvchi prefikslar bilan birnecha guruhlarga boʻlishni boshlaydilar. Shunday qilib, Sibir buyuk tatarlar, Qrim xonligi kichik tatarlar, Manjuriya xitoy tatarlari, gʻarbiy Oʻrta Osiyo (Rossiya Oʻrta Osiyoni egallagunga qadar) mustaqil tatarlar sifatida tanilgan[4]. Bular esa asli turkiylar boʻlgan va yevropa manbalarida barcha turklar „Tartarlar“ deb atalgan. XVII asrga kelib esa, asosan, katolik missionerlik yozuvlari taʼsirida „tatar“ soʻzi manjurlar va ular hukmronlik qilgan yerlarga nisbatan „tartar“ soʻzi qoʻllanila boshlangan[5].
Rad etish
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Tatariya" atamasidan foydalanish Yevropa geograflarigagina maʼlum boʻlganligi sababli keyinchalik kamaygan, ammo, bu atama 19-asrgacha koʻp manbalarda ishlatilgan[4]. Xitoydagi yezuit missionerlari tomonidan toʻplangan etnografik maʼlumotlar, XVIII asr boshlarida Yevropa geografiyasida „Xitoy tatarlari“ning Manjuriya bilan adashtirilishiga sabab boʻlgan[3]. Egor Meyendorf va Aleksandr fon Gumboldtning bu hududga qilgan sayohatlari 19-asr boshlarida Oʻrta Osiyo atamasi bilan bir qatorda Ichki Osiyo[4] kabi qoʻshimcha atamalarni, rus ekspansionizmi esa „Sibir“ atamasining kelib chiqishiga sabab boʻlgan
20-asrga kelib, Sibir va Markaziy Osiyo uchun atama sifatida tatar soʻzini qoʻllash eskirgan. Biroq, bu sarlavha Piter Flemingning 1936-yilda chop etilgan „Tatariya yangiliklari“ kitobida ham berilgan boʻlib, unda uning Markaziy Osiyo boʻylab sayohatlari haqida batafsil maʼlumot berib oʻtilgan.
Tartariyaning fitna nazariyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buyuk Tatariya nazariyasi yoʻqolgan yer yoki sivilizatsiya sifatida Rossiyada paydo boʻlgan, bu jihatlar birinchi navbatda Anatoliy Fomenkoning Yangi xronologiyasida koʻzga tashlangan, soʻngra Nikolay Levashovning irqiy okkultizm tarixi bilan keng ommalashtirilgan. Oʻzining millatchiligi bilan mashhur boʻlgan rus psevdofanida Tartariya Rossiyaning „haqiqiy“ nomi sifatida taqdim etilgan boʻlib, u Gʻarbda yomon niyatlilar tomonidan „eʼtiborsiz qoldirilgan“[6][7]. Rossiya Geografiya Jamiyati fitna nazariyasini ekstremistik fantaziya sifatida rad etishadi[8].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Connell 2016.
- ↑ Dunning. „Skeptoid #765: Tartaria and the Mud Flood“. Skeptoid (2021-yil fevral). Qaraldi: 16-sentabr 2021-yil.
- ↑ 3,0 3,1 Elliott 2000.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 Sela 2016.
- ↑ Dong 2020.
- ↑ Gorshenina 2014.
- ↑ Gorshenina 2019.
- ↑ „Vsya pravda o Tartarii“ (ruscha). Русское географическое общество (5-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 14-may 2022-yil.