Tatiana Dornbusch

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tatiana Dornbusch
Mamlakat

Ukraina bayrogʻi Ukraina Fransiya bayrogʻi Fransiya

Monaco
Tugʻilishi 21-noyabr 1982-yil
Chernigov, Ukraina
Saravha Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2349

 

Tatyana Dornbusch (qizlik familyasi: Kostiuk, 1982-yil 21-noyabrda tugʻilgan) — ukrainalik fransuz shaxmatchisi, 2006-yilda FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvonini qoʻlga kiritgan[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tatyana Dornbusch Ukrainaning Chernigov shahrida tugʻilgan. Tatyana Xarkovdagi Milliy munitsipal akademiyaning mehmonxona, kurort va turizm menejmenti yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan va 2006-yilda magistrlik darajasini olgan. 

Shaxmatdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kostiuk oʻn yoshidan boshlab turli yosh guruhlarida mahalliy va milliy miqyosdagi oʻrinlarni egallagan, shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida oʻrtacha muvaffaqiyatga erishgan. 1999-yilda 18 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida 4-oʻrinni egallaganidan soʻng, u FIDE xalqaro shaxmat ustasi unvoniga sazovor boʻldi. Keyingi yili Kostiuk 18 yoshgacha boʻlgan shaxmat boʻyicha Yevropa chempioni boʻldi va 2004-yilda shaxmat boʻyicha Ukraina ayol ustasi unvoniga sazovor boʻldi.

2006-yilda Kostiuk Fransiyada boʻlib oʻtgan Condom turnirida gʻoliblikka erishdi va FIDE ayol grossmeyster (WGM) unvoniga sazovor boʻldi.

Kostiuk Ukraina terma jamoasi uchun Ruminiya, Rossiya va Kipr ligalarida shaxmat boʻyicha turnirlarda qatnashgan. 2008-yilda u Rossiyaning Vladimir shahrida oʻtkazilgan Open turnirida gʻoliblik shoxsupasiga koʻtariladi. 2009-yilgi Paris Open A chempionatida u umumiy turnirda 2-7 va ayollar oʻrtasida 1-oʻrinni egalladi.

Kostiuk Kiyev shaxmat klubida A.I. Kosikov qoʻl ostida shugʻullangan va 2011-yildan hozirga qadar ukrainalik grossmeyster Sergey Fedorchukdan taʼlim olmoqda. U Fransiyada tashrif buyurdi va u yerda Filipp Dornbushga turmushga chiqdi.[2] Hozirda Kostiuk Fransiyaning Vincennes klubida oʻynaydi.

Tatyana Kostiuk, shuningdek, Chess & Strategy veb-saytida hamjamiyat menejeri sifatida faoliayt olib boradi. 2013-yil may oyida uning Elo Fide reytingi 2321 ball boʻlib, u Ukraina ayol shaxmatchilari orasida 9-oʻrinda joy oldi. 2017-yildan u shaxmat federatsiyasini Monakoga oʻzgartirdi. Tatyana 2018, 2019 va 2020-yillarda Monako ayol shaxmat chempioni boʻlgan va u Monakoning eng yaxshi ayol shaxmat oʻyinchisi hisoblanadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Fide reytingi“. Qaraldi: 2022-yil 26-avgust.
  2. „Echecs & Mariage: Tatiana Kostiuk & Philippe Dornbusch“ (fransuzcha). chess-and-strategy.com (6-dekabr 2011-yil). 2019-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-avgust.