Kontent qismiga oʻtish

Tatyana Jirkova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tatyana Yuryevna Jirkova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi

SSSR bayrogʻi SSSR

Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 12-dekabr 1968-yil (1968-12-12) (55 yosh)
Tyungyulyu, Megino-Kangalas ulusi, Yoqut ASSR, RSFSR, SSSR
Faoliyat yillari 20022012
Sport
Mamlakat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Qaysi sport Yengil atletika

Tatyana Yuryevna Jirkova (1968-yil 12-dekabr[1], Tyungyulyu, Megino-Kangalas ulusi, Yoqut ASSR, RSFSR, SSSR) — rossiyalik yengil atletikachi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tatyana Jirkova 1968-yil 12-dekabrda Tyungulyu qishlogʻida tugʻilgan va maktab yoshiga qadar Tumul qishlogʻida (Megino-Kangalas ulusi) bobosi va buvisi qoʻlida tarbiyalangan. Pavlovsk oʻrta maktabida oʻqigan.

5-sinfda maktabning changʻi toʻgragiga yoziladi, bu yerda uning birinchi oʻqituvchisi va keyinchalik murabbiyi Anatoliy Nikitich Osipov boʻlan. Aynan Osipovni Tatyana unga sport olamini ochgan odam deb hisoblaydi.

Yengil atletika boʻyicha 2002-yilda Torhoutda (Belgiya) boʻlgan musobaqada 100 km masofaga 7:37,06 natija bilan jahon chempioni[2], 2004-yil Winschotenda (Niderlandiya) boʻlgan musobaqada 7:10,31 natija bilan (Yevropa rekordi)[3][4][5].[6], 2008-yil Etruskda (Italiya) boʻlgan musobaqada 7:23,33 natija bilan, 2003-yil Chernogolovkada (Rossiya) boʻlgan musobaqada 7:19,51 natija bilan (Yevropa rekordi), 2008-yil Etruskda (Italiya) boʻlgan musobaqada 7:23,33 natija bilan Yevropa chempioni boʻlgan[7].

2005-yilda Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan „The Comrades“ mashhur yugurish musobaqasida ushbu musobaqaning 95 yillik tarixidagi ikkinchi natijani (5:58,50 ga 89 km) qayd qilib, gʻolib boʻlgan. 2006-yilda Janubiy Afrikada boʻlgan „Ikki okean“ musobaqasining 56 km masofaga yugurish boʻyicha gʻolibi.

2009-yilgi „The Comrades“ musobaqasining bronza medali sovrindori.

Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi, Saxa Respublikasida (Yoqutiston) xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston) sogʻliqni saqlash aʼlochisi, Dollu naslegi va Megino-Kangalas ulusning faxriy fuqarosi.

Sportchining ismi „Rossiyaning eng yaxshi odamlari“ kitobiga kiritilgan.

Tatyana Jirkova „Rossiya bilan Yoqutistonga 370 yil“ yubileyi va „Saxa Respublikasi kuni“ nishonlari, Saxa (Yoqutiston) Respublikasi Prezidentining guvohnomasi bilan taqdirlangan. 2000, 2004, 2006, 2008-yillarda Saxa Respublikasi Yoqutiston)ning eng yaxshi sportchisi.

1986-yilda Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi xalqlari spartakiadasi, 1996, 2000, 2003, 2006-yillarda Yoqutiston xalqlari sport oʻyinlari, Manchaara spartakiadasi, oʻrta va masofalarga yugurish boʻyicha qishloq sport oʻyinlari chempioni.

Shuningdek, Xalqaro ultramarafon assotsiatsiyasining „Ultramarafon tarixidagi yagona uch karra jahon chempioni“ yozuvi tushirilgan maxsus sertifikat bilan ham taqdirlangan[8].

2012-yil sentyabr oyida sportdagi faoliyatini yakunlagan.

Shimoliy-Sharqiy federal universitetini tamomlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Tatyana ZHYRKOVA“. Qaraldi: 2024-yil 23-may.
  2. Andy Milroy and Dan Brannen „American UltraRunning Association“ (en). www.americanultra.org (2003-yil 4-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 16-noyabr.
  3. „100 km de Winschoten“ (en). runwinschoten.nl (2018). Qaraldi: 2018-yil 16-noyabr.
  4. „Jason Mbote, Tatjana Zhyrkova und Monika Drybulska in Frankfurt am Start“ (de). www.laufen-in-koeln.de (2005-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 16-noyabr.
  5. Heubi „Top 10 des championnats du monde des 100 km – 1987 à 2005“. www.sportnat2.com. Qaraldi: 2018-yil 16-noyabr.
  6. Schoch, Jürgen „DUV – Stats de Tatiana Zhyrkova“. statistik.d-u-v.org. Qaraldi: 2018-yil 16-noyabr.
  7. „Championnats d'Europe des 100 km 2003 – Chernogolovska (rus) | Fédération Française d'Athlétisme“. www.athle.fr. Qaraldi: 2018-yil 16-noyabr.
  8. „Tatiana Zhirkova“ (en). rrm.com. Qaraldi: 2018-yil 19-noyabr.