Taxtapul mahallasi
Qiyofa
Taxtapul mahallasi (Shayxontohur koʻchasi 117a-uy) — Shayxontohur tumanidagi mahalla. Labzak, Koxota, Turkqoʻrgʻon mahallalari bilan chegaradosh. Nomi Kaykovus kanaliga qurilgan yogʻoch koʻprik bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Aholisi 3550 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 10 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida 22 ta koʻcha, bolalar bogʻchasi, oʻrta maktab, 2 ta kollej, bolalar yuqumli kasalxonasi, „Istiklol“ restorani va kafelar, oziq-ovqat doʻkonlari joylashgan. Davlat arbobi Xusnitdin Asomov, dorbozchi Erkin Toshqanboev, Zaripovlar sulolasi, yozuvchi Adham Rahmat shu mahallada yashab oʻtgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.