Technoblade

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Technoblade
Shaxsiy maʼlumot
Tugʻilishi Alexander
1-iyun 1999-yil
Vafoti 30-iyun 2022-yil
Kasbi YouTuber
YouTube maʼlumoti
Kanal
Faoliyat yillari 2013–2022
Janr Gaming
Obunachilar 16.6 million
Jami koʻrishlar 1.68 billion
Bogʻlangan aktlar Dream, MrBeast
100 000 ta obunachi 2017[1]
1 000 000 ta obunachi 2019[2]
10 000 000 ta obunachi 2021[3]
Yangilangan 2023-yil 23-avgust

Alexander (1999-yil 1-iyun – 2022-yil 30-iyun) – omma orasida Technoblade nomi bilan mashhur boʻlgan amerikalik YouTuber. Bundan tashqari u oʻzi yasagan Minecraft oʻyini haqida videolari hamda jonli efirlari bilan tanilgan. U Dream SMP guruhining aʼzosi ham hisoblanadi. Technoblade oʻzining asosiy YouTube kanalini 2013-yilda ishga tushiradi. Uning koʻplab videolari Minecraft oʻyini haqida boʻlgan. U koʻproq Minecraftning Hypixel serveridagi mini-oʻyinlarni oʻynaganini ommaga taqdim etgan. 2019-yilda u juda ham mashhur boʻlib ketadi. Bunga asosiy sabablardan biri uning 1vs1dagi ajoyib oʻyinlari edi. Technoblade 2020-yilda Dream SMP guruhiga taklif qilinadi va ushbu taklifni qabul qiladi.

2021-yilning avgust oyida Alexander oʻzida saraton kasalligi borligi haqida maʼlumot beradi. Kasallikga qarshi bir nechta urinishlar samarasiz natija beradi va Technoblade 2022-yilning iyun oyida olamdan koʻz yumadi. Ushbu voqea YouTube hamda Minecraft foydalanuvchilari orasida qaygʻuli reaksiyalarga sababchi boʻladi. Technobladening oʻlimi paytida, uning asosiy YouTube kanalida 11 million obunachi boʻlgan[4].

Internetdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alexander 2013-yilning 28-oktyabrida YouTube kanalini yaratadi hamda unga videolarni yuklashni boshlaydi[5]. U yuklagan videolarning katta qismi Minecraft oʻyinning Hypixel serveridagi mini-oʻyinlar haqida boʻlgan[6][7][8]. 2017-yilda chiqarilgan bir videoda Technoblade poyga oʻyinlari uchun ishlatiladigan ruldan foydalanib, Minecraft oʻyinini hardcore rejimida tugatadi[9]. Boshqa bir videoda boʻlsa, Technoblade im_a_squid_kid nomli foydalanuvchi bilan bellashadi. Ushbu videoda, u Hypixel serverida juda ham koʻp kartoshka ishlab chiqarishga urinib koʻradi. Video esa „The Great Potato War“ nomi ostida YouTubega yuklanadi[10].

2019-yilda Technobladening mashhurligi juda ham ortib ketadi. Bunda uning Keemstarning „Minecraft Monday“ musobaqalarida gʻolib boʻlganligi katta rol oʻynaydi[11][12]. Bundan tashqari u, MC Championship nomli chempionatlarda boshqa YouTuberlar bilan birga faol ishtirok etadi. Hatto, ulardan ikkitasida gʻolib ham chiqadi. Cale Micheal Technobladeni Minecraft haqida videolar chiqaradigan eng yaxshi foydalanuvchi deb taʼkidlagan[7].

Technobladening YouTube kanali logotipi

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alexander 1999-yilning 1-iyunida tavallud topadi[13]. U asosan California shtatining San Francisco shahrida yashagan[14]. 2018-yilda chiqarilgan videoda, Technoblade universitetda oʻqimoqchi ekanligini aytadi[15]. Biroq, 2019-yilda u Minecraft haqida koʻproq video chiqarish uchun universitetni tashlaganini oshkor qiladi[10][16].

Technoblade faoliyati davomida intervyular berishni hoxlamagan. Bu uning hamda oilasining maxfiyligini saqlab turgan. Bunga qaramasdan, koʻplab videolarida oʻzining shaxsiy hayoti haqida gapirib oʻtadi. Uning oilasi vafotidan soʻng ham intervyu berishdan bosh tortishadi. 2016-yilda u oʻz ismini Dave ekanligini aytib obunachilarini aldaydi[10]. Oʻlimidan soʻngina uning asl ismi Alexander ekanligi aniqlanadi[17][18][19].

Saraton kasaligi va vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashqi videofayllar
where i've been
Technobladening saraton prognozi haqidagi video, 2021-yilning 27-avgustida chiqarilgan.
I Almost Became An Amputee
Technobladening saraton kasalligi haqida yangiliklar haqidagi video, 2021-yilning 23-dekabrida chiqarilgan.
so long nerds
Technobladening vafoti eʼlon qilingan video, 2022-yilning 30-iyunida chiqarilgan.

2021-yilning 27-avgustida yuklangan videoda, Technoblade oʻng qoʻlida ogʻriq hamda yelkasidagi shishish haqida maʼlum qiladi. Shifokorlar bularni aniqlagan holda unga saraton kasalligi tashxisini qoʻyishgani haqida aytadi[20][12]. Ushbu xabarni eshitgan doʻsti YouTuber Dream saraton kasalligiga oid tadqiqotlarni qoʻllab quvvatlash uchun $21,409 hayriya qiladi[21]. Saratonga qarshi kimyoterapiya va radikal terapiya muvaffaqiyatsiz yakunlanadi[22]. Uning onkologi unga qoʻlini amputatsiya qilish kerakligini aytadi. 2021-yilning dekabr oyida Technoblade qoʻlini muvaffaqiyatli operatsiya qildiradi[20]. COVID-19 pandemiyasi paytida u oʻz obunachilariga niqob taqib yurishni va virusga qarshi vaksina olishni masalahat beradi[23].

2022-yil 30-iyunda, „so long nerds“ nomli video uning YouTube kanaliga yuklanadi. Ushbu videoda Technobladening dadasi farzandi saraton kasalligi tufayli vafot etganini maʼlum qiladi[20][22]. Technobladening otasioʻgʻlining oʻlimidan 8 soat oldin yozilgan xatni oʻqib eshittiradi[10]. Shuningdek, u kelajakdagi savdo hamda videolardan tushadigan daromadlar Sarcoma Foundation of Americaga hayriya qilinishi[24][25] va boshqa farzandlarining taʼlim olishi uchun ishlatilishini aytib oʻtadi[12]. Video Technobladening onasi yozgan xabar bilan tugallanadi[26][27]. Technoblade videoni oʻzi taqdim etishni reja qilgan ammo uning sogʻligʻiga bogʻliq muammolar bunga xalaqit beradi[24]. Shuningdek, videoda The Killersning Exitlude qoʻshigʻi ham qoʻyilishi rejalashtirilgan. Ammo, mualliflik huquqiga oid tashvishlar tufayli bunday boʻlmaydi[28].

Technoblade hech qachon qanday turdagi saraton kasalligiga chalinganini aytmagan. Bunga qaramasdan, u YouTube faoliyati davomida Sarcoma Foudnation Americaga hayrida qilish uchun $500,000 yigʻadi[4]. Bir nechta nashrlar Technoblade metastatik sarkoma kasalligi tufayli vafot etganligini xabar berishadi, SFA boʻlsa Technobladega sarkoma bilan tashxis qoʻyilganini maʼlum qilishadi[29].

2022-yilning 20-sentyabrida, SFA Technobladening yelkasidagi ogʻriqli shish tekshirilganda unga 4-bosqichli oʻziga xos boʻlmagan sarkoma tashxisi qoʻyilganini oshkor qilishadi[30].

Reaksiyalar hamda hurmat[tahrir | manbasini tahrirlash]

TommyInnit & Friends nomli jonli shouda Technobladega koʻrsatilgan hurmat

Uning vafoti etganligi haqidagi xabar YouTubeda oʻsha kunining trendiga aylanadi[31]. Twitterda esa trend mavzusi boʻladi[32]. Video bir necha kun davomida trendda turadi va birinchi 24 soatda 30 million koʻrishlar soniga erishadi[31]. 2022-yilning avgust oyining oxirigacha ushbu video 80 milliondan ortiq koʻrishlar soni hamda 8 milliondan koʻproq likelarga ega chiqadi. Bu esa videoni Technobladening YouTube kanalida eng koʻp koʻrilgan videoga aylantiradi[33]. Xabar 87 million koʻrishlar soni bilan 2022-yilda YouTube platformasida eng koʻp koʻrilgan video maqomiga ega chiqadi[34][35]. 2022-yilning avgust oyida Technobladening YouTube kanali 15 million obunachilar soniga erishadi[36].

Dream va Dream SMPning aʼzolari kabi boshqa YouTuberlar unga nisbatan oilasiga hamdardlik bildiradi[20][37][20]. Rasmiy Minecraft twitter akkaunti, Hypixelning asoschisi Simon Collins-Laflamme[8][37], va Elon Musklar ham shunday hisyotlarni bildirishgan[12][38][39]. YouTube twitterda Technobladening oilasi, doʻstlari hamda muxlislariga chuqur hamdardlik bildiradi[40]. Sarcoma Foundation of America Technobladening hurmati uchun veb-saytida maqola yozadi[41]. Polygon Technobladeni „Minecraftdagi eng mashxur shaxslardan biri“ sifatida tariflaydi[37].

The New York Times bilan boʻlgan intervyuda Hypixelning bosh adminstratori Don Pereso Alexanderning oilasiga Technobladening oʻlimiga boʻgʻliq boʻlgan fikrlar boshqa yuborilmasligini aytib oʻtadi. Shuningdek, Hypixel jamoasi foydalanuvchilarga bir oy davomida oʻyin ichida bir betlik xabar yozish imkonini berishadi[42]. 2022-yilning noyabr oyida 377,000 dan ortiq xabarlar Technobladening oilasiga yuboriladi[10][43].

2022-yilning 2-iyulida Mojang Studios Technobladega hurmat koʻrtasatish uchun Minecraft: Java Edition dasturiga unga atab belgi qoʻshadi[44]. Studiya rasmdagi choʻchqaga toj kiydirishadi. Bu esa Technobladening YouTube kanali logosi va Minecraft oʻyinidagi skiniga oʻxshash edi[39]. Bir oydan soʻnggi yangilanishda rasmdagi tojni olib tashlashadi[45]. Technobladening koʻplab muxlislarining iltimosiga binoan Mojang oʻyinning sarlavha qismiga „Technoblade never dies!“ gapini qoʻshadi[45][46].

2022-yilning 28-sentyabrida Sarcoma Foundation of America Technobladening oilasiga SFA jasorat mukofotini taqdim etadi. Ushbu mukofot Technobladening sarkomaga qarshi koʻrsatgan kuch va qatʼiyati uchun beriladi[30].

Technoblade YouTube kanalining yaratilganidan toʻqqiz yil soʻngra 2022-yilning 28-oktyabrida YouTubening rasmiy kanalida „Technoblade never dies“ nomli video yuklanadi. Bu Technobladening 9 yilligini nishonlash uchun ommaga taqdim etiladi. YouTube uning vafotidan soʻng kuniga oʻrtacha 300 ta „Technoblade never dies“ nomli yangi videolar chiqarilganini maʼlum qiladi[47]. Aynan shu kuni MrBeast kanalida Technoblade ishtirok etgan soʻngi video deb ishoniladigan video yuklanadi[48][49].

2023-yilning 23-iyunida Dream „Until I End Up Dead“ nomli oʻzining 4-qoʻshigʻini Technoblade xotirasi uchun ommaga taqdim etadi[50]. Keyinchalik 2023-yilning 26-avgustida Dream Technoblade uchun yana boshqa „The Duel“ nomli klip ham chiqaradi[51].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Technoblade“. YouTube. 2017-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  2. „Technoblade's YouTube Stats“. SocialBlade. 2020-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  3. „Technoblade's YouTube Stats“. SocialBlade. 2022-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  4. 4,0 4,1 Owoseje, Toyin. „Technoblade, Minecraft YouTuber watched by millions, dead at 23“. CNN (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  5. „About“. Technoblade. 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  6. Powell, Tori „Technoblade, popular internet gamer, dies at 23 after battle with cancer“. CBS News (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  7. 7,0 7,1 Michael, Cale „Why is Technoblade not competing in MC Championships (MCC) 14, Season 2“. Dot Esports (2021-yil 29-may). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  8. 8,0 8,1 Fay, Kacee „'Force to be reckoned with': Internet comes together to mourn Technoblade“. Dot Esports (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  9. Taylor, Mollie „Sadist turns a Bop It into a Minecraft controller“. PC Gamer (2021-yil 1-iyun). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 10,4 Holpuch, Amanda. „Mourning Technoblade: Fans Grieve a Minecraft Star They Never Met“. The New York Times (2022-yil 19-iyul). 2022-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 24-iyul.
  11. Blistein, Jon (July 1, 2022). „Technoblade, Popular Minecraft Player and YouTube Creator, Dead at 23“. Rolling Stone. July 1, 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: July 1, 2022.
  12. 12,0 12,1 12,2 12,3 Blistein, Jon (July 1, 2022). „Minecraft Pays Tribute to Trailblazing Streamer Technoblade: 'He Meant So Much to Our Community'. Rolling Stone. July 2, 2022da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: August 15, 2022.
  13. Technoblade [@technothepig]. „my birthday's tomorrow. looks like this is the end boys“ (2020-yil 31-may). 2022-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  14. Pandey, Devasheesh „Who is Technoblade, Minecraft streamer who died from cancer at 23?“. India TV (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  15. Technoblade. im going to college AHHHHHHHHHHHHH.
  16. Technoblade. i dropped out of college to play minecraft lol.
  17. Saunders, Cindy „Technoblade Tribute“ (en-US). Sarcoma Foundation of America (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 11-fevral.
  18. Vincent, James. „Technoblade, a popular Minecraft YouTuber, dies from cancer age 23 — shares final video“. The Verge (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  19. Suliman, Adela. „'Technoblade,' a star Minecraft gamer on Youtube, dies of cancer at 23“ (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  20. 20,0 20,1 20,2 20,3 20,4 „Technoblade: Minecraft YouTuber dies from cancer aged 23“. BBC News (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  21. Michael, Cale „Technoblade and the Minecraft community raise $323K for cancer research in under four hours“. Dot Esports (2021-yil 26-sentyabr). 2021-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-oktyabr.
  22. 22,0 22,1 Gutelle, Sam „YouTube's 'Minecraft' community is mourning the death of Technoblade“. Tubefilter (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  23. Michael, Cale „Minecraft content creator Technoblade announces he has been diagnosed with cancer“. Dot Esports (2021-yil 27-avgust). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-iyul.
  24. 24,0 24,1 Michael, Cale „Minecraft content creator Technoblade has died following battle with cancer“. Dot Esports (2022-yil 30-iyun). 2022-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  25. Evans, Greg „Technoblade Dies: YouTube Creator & Minecraft Gamer With 11 Million Subscribers Was 23“. Deadline (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  26. „Minecraft YouTuber Technoblade dies from cancer as his dad posts message he'd prepared for followers“. Sky News (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  27. Dinsdale, Ryan „Minecraft YouTuber Technoblade Dies, Aged 23“. IGN (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  28. Ghoshal, Shivaditya „Late Minecraft YouTuber Technoblade's Father Shares An Emotional Song That Was Supposed To Be In His "so long nerds" Video“. EssentiallySports (2023-yil 27-yanvar). 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  29. (2022-yil 1-iyul). „Sarcoma Foundation of America Responds to the Death of Gamer Technoblade“. Press-reliz.
  30. 30,0 30,1 „Technoblade To Be Honored by SFA with Courage Award at New York Gala“. Press-reliz.
  31. 31,0 31,1 Stanton, Rich „Minecraft Youtuber Technoblade dies at the age of 23“. PC Gamer (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  32. „Fans remember Technoblade, a Minecraft YouTuber who died of cancer“ (en-CA). CBC.ca (2022-yil 4-iyul). 2023-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-sentyabr.
  33. Technoblade. so long nerds.
  34. Stanton, Rich. „Technoblade's farewell is the top trending YouTube video of 2022“. PC Gamer (2022-yil 2-dekabr). 2022-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-dekabr.
  35. Spangler, Todd „YouTube Releases 2022 Trending U.S. Videos, Creators: Technoblade, MrBeast Top Lists“ (en-US). Variety (2022-yil 1-dekabr). 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-iyun.
  36. Cyre, Clayton Sterling „YouTuber Technoblade Posthumously Passes Major Subscriber Milestone“. Game Rant (2022-yil 3-avgust). 2022-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  37. 37,0 37,1 37,2 Goslin, Austen „Popular Minecraft YouTuber Technoblade dies at 23“. Polygon (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  38. Massie, Graeme „Elon Musk breaks Twitter silence after nine days“. The Independent (2022-yil 2-iyul). 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  39. 39,0 39,1 Kastrenakes, Jacob „Minecraft adds tribute to Technoblade after streamer's death“. The Verge (2022-yil 4-iyul). 2022-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  40. YouTube [@YouTubeGaming]. „Through the hardest challenges, Technoblade was able to share his light and energy with so many around the world. We're deeply saddened by the news of his passing and our thoughts go out to his family, friends, and the @Technothepig community❤️“ (2022-yil 1-iyul). 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-avgust.
  41. Saunders, Cindy. „Technoblade Tribute“ (2022-yil iyul). 2022-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 4-iyul.
  42. Holpuch, Amanda. „Technoblade, YouTube Star Popular for Minecraft Videos, Has Died“. The New York Times (2022-yil 1-iyul). 2022-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
  43. NoxyD „Noxy @ Hypixel Studios on Twitter: "With permission from his family here are the Technoblade book(s) of condolences in full. Players on the Hypixel server were able to leave a message to be printed into the book.“. Twitter (2022-yil 11-noyabr). 2023-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-fevral.
  44. Chalk, Andy „Mojang pays tribute to Technoblade on the Minecraft loading screen“. PC Gamer (2022-yil 4-iyul). 2022-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  45. 45,0 45,1 Fay, Kacee „Fans outraged after Mojang removes Technoblade tribute from Minecraft launcher“. Dot Esports (2022-yil 6-avgust). 2022-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-avgust.
  46. Diaz, Ana „Minecraft launch page remembers Technoblade with his avatar“. Polygon (2022-yil 6-iyul). 2022-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  47. Michaels, Stephen „Technoblade Fans Touched By YouTube's Tribute Video“. SVG (2022-yil 29-oktyabr). 2023-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
  48. MrBeast. 100 Youtuber Minecraft Battle Royale!.
  49. Tomar, Mintu „Technoblade Fans Get Emotional as MrBeast Gives a Heart-Melting Tribute“. EssentiallySports (2022-yil 29-oktyabr). 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
  50. Garcia, Thania; Aswad, Jem „Music Industry Moves: Singer-Songwriter Ilsey Signs With Elektra, Dream Inks With Mercury/ Republic“ (en-US). AOL (2023-yil 23-iyun). 2023-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  51. „The Duel“, YouTube (ingliz (Amerika)), 2023-09-27da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2023-08-29