Technovation Girls dasturi
Technovation Girls dasturi | |
---|---|
Technovation Girls dasturi logosi | |
Umumiy maʼlumot | |
Faoliyat yillari | 2007-yildan hozirga qadar |
Technovation Girls – yosh ayol-qizlar uchun yetakchilik, ijodkorlik va global muammolarni hal qiluvchi koʻnikmalarni oʻrganish imkoniyatini beruvchi xalqaro texnologik taʼlim boʻyicha notijorat tashkilot. Unda 8-18 yosh oraligʻidagi barcha yosh ayol-qizlar dini, irqi va millatidan qatʼiy nazar qatnashish huquqiga egadirlar. Dastur tanlov tarzida tuzilgan boʻlib, unda qizlar jamoalari bilan ijtimoiy muammolarni hal qiluvchi mobil ilovalar ishlab chiqish uchun birgalikda ishlaydilar. Dastur davomida ishtirokchilar informatika asoslari, foydalanuvchi interfeysi dizayni, ilovalarni ishlab chiqish, bozor tadqiqotlari va tabdirkorlik asoslarini oʻrganadilar.
Technovation Girls qizlarga ilovalarni ishlab chiqishning turli bosqichlarida, jumladan, gʻoyalar yaratish, prototiplash, dasturlash va oʻz gʻoyalarini taklif qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq koʻrsatadigan oʻquv dasturi va resurslarni taklif etadi. Dastur, shuningdek, jamoaviy ish, hamkorlik va samarali muloqot qobiliyatlari muhimligini taʼkidlaydi.Technovation Girls qizlarni nafaqat texnologiya va tadbirkorlikka qiziqishlarini oʻrganish va rivojlantirishga undaydi, balki ularda oʻziga boʻlgan ishonch, yetakchilik qobiliyati va muammolarni hal qilish koʻnikmalarini rivojlantiradi. Dastur texnologiya sanoatidagi gender tafovutini bartaraf etish va koʻproq qizlarni STEM (fan, texnologiya, muhandislik va matematika) sohalarida martaba izlashga ilhomlantirishga qaratilgan.
Kelib chiqish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2006-yilda Iridescent sifatida tashkil etilgan Technovation kompaniyasi bosh direktori Tara Chklovski USCda muhandis sifatida ishlay boshlagan paytda ushbu dastur gʻoyasi ustida ishlay boshlagan. Tara oʻzining kursdoshlariga qarab, xonada ayollar va tashabbus qiluvchi insonlar qanchalik kamligini tushundi. Buni oʻzgartirishga qaror qildi – nafaqat oʻz guruhida, balki hamma joyda – yoshlarga murojaat qilish va ularni fan, texnologiya va innovatsiyalar haqida hayajonlantirish uchun tashkilotni boshladi.
Technovation-ning birinchi dasturi, Family Science, 2007 yilda Los-Anjelesdagi maktablardan birida boshlangan va keyin bu hududdagi koʻproq maktablarga va oxir-oqibat San-Fransisko koʻrfaziga tarqaldi. U yerdan tashkilot oʻsishni boshladi, maktabda dasturlar yaratishni oʻrgandi, Nyu-York, Chikago va Floridaga tarqaldi. Va keyin, 2010 yilda, Technovation Girls dasturi ishga tushirildi. 2012 yilda barcha yoshdagi talabalar uchun amaliy dizayn muammolariga bagʻishlangan sayt ishga tushirildi va 2013 yilda dasturlar global miqyosda tarqaldi.
2013-yildan beri dastur oʻz modelini takomillashtirish, kuchliroq oʻquv dasturini ishlab chiqish, koʻproq soha mutaxassislarini, murabbiy, hakam va maslahatchi sifatida jalb qilish hamda dasturlarning taʼsiri va uni qanday chuqurlashtirishni oʻrganishga eʼtibor qaratdi [1].
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ https://www.technovation.org/about/. Technovation Girls/About. Qaraldi: 15-sentabr, 2023-yil.