Teddy Tetzlaff
Teddy Tetzlaff | |
---|---|
Tavalludi |
5-fevral 1883-yil Kaliforniya, AQSH |
Vafoti |
8-dekabr 1929-yil (46 yoshda) Artesia, Kaliforniya |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Avtopoygachi |
Theodore Herbert „Teddy“ Tetzlaff (1883-yil 5-fevral — 1929-yil 8-dekabr) amerikalik poygachi. U dastlabki toʻrtta Indianapolis 500’da ishtirok etdi va 1912-yilda ikkinchi oʻrinni egalladi[1]. U mashinalarga qoʻpol munosabatda boʻlgani uchun „Dahshatli Teddy“ laqabini oldi. Uning poyga uslubi turli xil poygada gʻalaba qozonishiga yordam beradi. U poygalar davomida dvigatelini portlatib yuboradi yoki uning halokatiga olib keladi[2]. Avtopoyga strategiyalari „iloji boricha tezroq boring va yoʻlda qola olasizmi yoki yoʻqmi, koʻring“ kabi maqsadlardan iborat boʻlgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teddy Tetzlaff 1883-yil 5-fevralda Kaliforniyaning Orange shahrida tug‘ilgan.
Tezlik rekordlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1911-yil 19-martda Lozier gazetasida taʼkidlaganidek Teddy Tetzlaff tomonidan boshqarilgan model 49 otkuchi(37 kw) bilan 100 milya (160 km)ni 1:14:29 da bosib oʻtgan[3].
1914-yilda Ernest Morossning Moross Amusement kompaniyasi Tetzlaffni 300 ot kuchiga ega mashinani boshqarishga chaqirdi. Benz, uni „ Blitzen Benz 2“ deb nomladi. U 142.8 mil masofani (229.8 km/soat)da bosib oʻtdi. Bu bilan quruqlikdagi tezlik rekordini yangiladi.
Harakatli Rasmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taxminan 1912-yilda Tetzlaff komediya yoʻnalishi boʻyicha rejissor Mack Sennet tomonidan ishlab chiqarilgan bir nechta filmlarda paydo boʻla boshladi. U hatto Sennettning "Tezlik qirollari" (1913) filmida boshqa poygachi Barney Oldfild bilan birga suratga tushgan. Keyinchalik u Reidning avtomobil poygalari haqidagi filmlarida aktyor Wallace Reidning yordamchisiga aylandi. Uning oʻgʻli Ted Tetzlaff taniqli Gollivud kinematografi edi.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Teddy Tetzlaff 1929-yil 8-dekabrda Kaliforniya shtatidagi Artesia shahrida 1911-yilgi Los-Anjelesdan Feniksgacha boʻlgan poyga chogʻida olgan umurtqa pogʻonasi jarohatining uzoq muddatli taʼsiri natijasida vafot etdi. Uning mashinasi urilib agʻdarilib ketgan edi. Tez tuzalib, u poyga karerasini davom ettirdi va keyinchalik avtoservis sanoati bilan shugʻullandi, ammo sogʻligʻi yomonlashgani sababli nafaqaga chiqishga majbur boʻldi[4].
Indianapolis 500 natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]aktyor:
Meros[tahrir | manbasini tahrirlash]Yutadagi Tetzlaff choʻqqisi uning sharafiga nomlangan[5]. Togʻ 1914-yilda mavsum tezlik rekordini oʻrnatgan Bonneville Tuzli tekisliklari yaqinida joylashgan. Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash] |