Kontent qismiga oʻtish

Tentak Ivan

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tentak Ivan. Lev Tolstoy ertagi uchun Maykl Sevier tomonidan chizilgan surat, 1916-yil.

Tentak Ivan (Tentak Ivanushka) — rus, shuningdek, belarus va ukrain[1][2] ertaklarining eng mashhur qahramonlaridan biri.

Rus ertaklaridagi „baxti chopgan odam“ ning klassik namunalaridan biri, podshohning uchinchi va hech kim eʼtibor bermaydigan kenja oʻgʻli. U magʻrur akalaridan farqli oʻlaroq, maslahatlarga quloq tutadi va oʻqib-oʻrganadi, natijada katta boylikka ega boʻladi va malikaga uylanadi[3]. Ertak aqliy salohiyat uchun odatiy tushunchalardan kelib chiqmagan, koʻpincha sogʻlom fikrga zid boʻlgan yechimlarni izlashga asoslangan, ammo oxir-oqibat muvaffaqiyatga olib keladigan maxsus ertak strategiyasini oʻzida mujassam etgan. IvanTriksterning baʼzi xususiyatlariga ega. A. M. Panchenko ertakdagi tentakning feʼl-atvori devonalarga yaqin ekanligiga ishora qilgan[4].

Ayrim versiyalarga koʻra, „tentak“ qoʻshimchasiga ega boʻlgan ism — yomon koʻzlardan asraydigan tumor vazifasini oʻtagan[5].

Odatda, uning ijtimoiy mavqei past boʻlgan — dehqon yoki kampir bilan cholning oʻgʻli sifatida tasvirlangan. Shuningdek, koʻp hollarda oilada uchinchi oʻgʻil sanalgan. Ertakning boshida uylanmagan ekani aytilgan.

Sehrli vositalar va „aqli“ tufayli tentak Ivan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, eng yuqori mavqega erishadi: dushmanni magʻlubiyatga uchratadi, shohning qiziga uylanadi, boylik va shon-sharafga ega boʻladi.

Tentak Ivan — uning ishtirokidagi ertakda aka-ukalar orasida gapiradigan yagona qahramon; topishmoqlar aytadi va ularning javobini topadi, yilning asosiy bayram munosabati bilan oʻtkaziladigan marosim paytida ruhoniylar urf-odatlarga koʻra nima qilsalar, tentak Ivan ham shuni qiladi. U koʻpincha shoir va musiqachi boʻladi; ertaklarda uning nay yoki gusli chalish, qoʻshiq aytish qobiliyati alohida taʼkidlanadi, u podani raqsga tushishga majbur etadi. Maxsus nutq tashuvchisi, unda topishmoqlar, qochirimlar va hazillardan tashqari, oddiy nutqning fonetik yoki semantik tamoyillari buzilgan, hatto beʼmanilikka oʻxshash qismlar qayd etilgan; „bemaʼnilik“, „tuturiqsizlik“ — lingvistik paradokslarini solishtiring, ular odatda omonimlar va sinonimlar, polisemiya, soʻzning bir nechta maʼnosi va boshqa oʻyinlarga asoslangan. P. (Shunday qilib, tentak Ivan ilonni nayza bilan oʻldirib, buni yovuzlik bilan urishgan yovuzlik uchrashuvi deb taʼriflaydi, „yovuzlik yovuzlikdan“ oʻlganini aytadi). Tentak Ivan syujetda allaqanday tanqidiy vaziyatlar bilan bogʻliq boʻlib, syujet asosiy ishtirokchisi u boʻlgan bayram (dushman ustidan gʻalaba va nikoh) bilan yakunlanadi.

Boshqa Yevropa xalqlarida ham xuddi shu kabi ertaklar bor. Masalan, nemis ertagi — „Tentak Gans“ (Hans Dumm)[6], italyan ertagi — „Pietro tentak“ (italyancha: Pietro pazzo)[7], ispan tilidagi filippincha „Xuan ahmoq“ ertagi (ispancha: Juan Estupido)[8]. Slavyan xalqlari orasida, xususan polyaklarda Tentak Ivanga oʻxshash boʻlgan telba Yasyo (polyakcha: Głupi Jasio) va chexlar orasida tentak Gonza (chex. Hloupý Honza) qahramonlari mavjud.

Tentak Ivan ishtirokidagi ertaklar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • „Tentak Ivan“
  • „Ot, dasturxon va shox“
  • "Sivka-burka "
  • „Bukri ot“
  • „Dehqonning oʻgʻli Ivan va moʻjizaviy Yudo“

Zamonaviy sanʼatda

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • "Tentak Ivanushka " — bastakor Sezar Kyuining bolalar operasi, 1913-yil
  • Qanday qilib tentak Ivanushka moʻjizaning ortidan yurgan
  • Tentak Ivan (film)
  • Bukri ot
  • Goʻzal Vasilisa
  • Tentak Ivan haqida (multfilm)
  1. Иванушка-Дурачок (Wayback Machine saytida 2013-10-14 sanasida arxivlangan). Гуманитарный словарь. — 2002
  2. „Сказка про Ивана-дурака Украинские народные сказки“. proridne.org. 2020-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-mart.
  3. Будур 2005.
  4. Panchenko A. M. Yurodivie na Rusi (Wayback Machine saytida 2018-12-28 sanasida arxivlangan) // Russkaya istoriya i kultura: Raboti raznix let. — SPb.: Yuna, 1999.
  5. Durak — imya sobstvennoe // „Trud“
  6. Brüder Grimm. Kinder- und Hausmärchen. Nr.54
  7. Sébillot, Paul. Contes populaires de la Haute-Bretagne. Paris, 1880. P.140-145.
  8. Xuan durak / Per. R. L. Ribkina // Skazki i mifi narodov Filippin. — M.: Nauka, GRVL, 1975. — S. 373-381.