Kontent qismiga oʻtish

The Castle of the Pyrenees

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The Castle of the Pyrenees
: '
Rassom René Magritte
Yil 1959
Oʻlchami 200 cm × 145 cm (79 in × 57 in)
Joylashuvi Isroil muzeyi, Quddus

The Castle of the Pyrenees( Le Château des Pyrénées) – 1959-yilda belgiyalik surrealist rassom Rene Magritte tomonidan tugallangan tuvaldagi moyli rasm. Rasmda dengiz ustida suzib yurgan va tepasida tosh qal’a joylashgan katta tosh tasvirlangan. Magrittening huquqshunos doʻsti Harry Torczyner rasmning mavzusini tanlab, buyurtma bergan. Rasm Quddusdagi Isroil muzeyida Magrittening Torczyner bilan yozishmalari bilan birga saqlanmoqda[1].

Ushbu kartina 1950-yillarda Magritte ijodida tez-tez uchraydidan toshlar tasviri mavjud bir nechta asarlaridan biridir. Asar yaratilishiga imkonsiz orzularni anglatuvchi fransuzcha „Châteaux en Espagne“ iborasi (Ispaniyadagi qal’alar) taʼsir koʻrsatdi. Bu Magrittening eng koʻp takrorlangan rasmlaridan biri boʻlib, Jon Baldessari, Edvard Ruscha va Martin Kippenberger kabi rassomlarni ham ilhomlantirgan[2]. Norvegiyalik yozuvchi Jostein Gaarder 2008-yildagi romanini ushbu kartina nomi bilan atadi.

  1. „The Castle of the Pyrenees“. The Israel Museum, Jerusalem. Qaraldi: 2022-yil 14-sentyabr.
  2. Takac, Balasz (April 12, 2022). "The Castle of the Pyrenees - Magritte's Magical Castle in the Air". Widewalls. https://www.widewalls.ch/magazine/the-castle-of-the-pyrenees. Qaraldi: September 14, 2022. The Castle of the Pyrenees]]