The Son of Man
The Son of Man | |
---|---|
: ' | |
Rassom | René Magritte |
Yil | 1964 |
Oqim | Syurrealizm |
Joylashuvi | Xususiy kolleksiya |
The Son of Man (oʻzbekcha: Insoniyat farzandi; fransuzcha: Le fils de l’homme) — belgiyalik syurrealist rassom René Magritte tomonidan 1964-yilda chizilgan kartina. Ushbu kartina rassomning eng mashhur sanʼat asarlaridan biri hisoblanadi[1].
Magritte bu kartinani avtoportret sifatida yaratgan[2]. Kartinada past devor oldida palto va shlyapa kiygan erkak tasvirlangan boʻlib, orqa tomonida dengiz va bulutli osmonni koʻrish mumkin. Erkakning yuzi yashil olma bilan toʻsilgan. Lekin uning koʻzlari olmaning burchaklaridan kuzatayotganini koʻrish mumkin. Yana bir nozik xususiyati shundaki, erkakning chap qoʻl tirsagi orqaga egilgandek koʻrinishidir.
Oʻxshash kartinalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]The Son of Man Magrittening boshqa ikki kartinasiga juda ham oʻxshash. The Great War (fransuzcha: La grande guerre, 1964) — The Son of Manning oʻzgargan varianti boʻlib, unda tananing faqat yuqori qismi tasvirlangan. The Taste of the Invisible (fransuzcha: Le Gout de l’invisible) — xuddi shu mavzudagi akvarel ishlatilgan kartina. Ushbu yil yaratilgan yana bir boshqa kartinasi The Great War on Facades (fransuzcha: La Grande Guerre Façades, 1964) deb nomlanib, unda ham dengizga qarab turgan devor oldidagi inson tasvirlangan (xuddi The Son of Man kartinasidagidek), faqat bu kartinada soyabon ushlab turgan va yuzini gullar toʻsib turgan ayol tasvirlangan. Man in the Bowler Hat kartinasi ham The Son of Man kartinasiga oʻxshaydi, lekin erkakning yuzini olma oʻrniga qush toʻsib turadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Pound, Cath. „Magritte and the subversive power of his pipe“. The BBC (2017-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 23-aprel.
- ↑ Chernick, Karen. „Why Magritte Was Fascinated with Bowler Hats“. Artsy (2024-yil 23-aprel).