Kontent qismiga oʻtish

The Garden of Eden

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The Garden of Eden

Birinchi nashr uchun tayyorlangan muqovasi
Muallif(lar) Ernest Hemingway
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Nashr etilgan sanasi 1986-yil
Nashriyot Charles Scribner's Sons
Sahifalar soni 247
ISBN 0-684-18693-4

The Garden of Eden – Ernest Heminguwayning 1986-yilda, vafotidan keyin nashr etilgan ikkinchi romani. Hemingway romanni yozishni 1946-yilda boshlagan va keyingi 15 yil davomida uning qoʻlyozmalari ustida ishlagan. Shu vaqt ichida u Chol va dengiz, The Dangerous Summer, A Moveable Feast va Islands in the Stream asarlarini ham yozgan.

Asosiy mavzusi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

The Garden of Eden Hemingwayning erkak va ayol munosabatlarini oʻrganishi, androgin belgilarga hamda gender rollarining oʻzgarishiga qiziqishini koʻrsatadi[1].

Hemingwayning tarjimai holi haqida yozgan yozuvchi James Mellowning taʼkidlashicha, ushbu asar gʻoyalari Hemingwayning asarni yozguniga qadar oʻy-xayollarida aniq boʻlib ulgurmagan. Catherine Bourne esa Davidni sochlarini uning rangiga boʻyashga koʻndiradi, demak, ular egizaklar va androginlardir deb fikr bildirib oʻtgan[2].

Mavzusi va nashr etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mellowning taʼkidlashicha, asarning kelib chiqishi Hemingwayning ikkinchi rafiqasi Pauline Pfeiffer bilan asal oyi paytida va Hadley Richardson bilan ajrashganidan koʻp oʻtmay boshlangan. Erkak qahramonning yosh yozuvchi, ayolning esa jozibali, hayajonli, boy tasviri Le Grau-dyu-Roida Paulin bilan oʻtkazgan kunlarini aks ettiradi[3].

Roman 1986-yilda oʻlimidan soʻng ancha qisqartirilgan holda nashr etilgan[4]. Hemingway The Garden of Eden asarini 1946-yilda boshlagan va 800 sahifasini yozgan[5]. 15 yil davomida u tugallanmagan roman ustida ishlashni davom ettirgan[6]. The Garden of Eden asarining qoʻlyozmasi har xil uzunlikdagi bir-biriga mos kelmaydigan uchta qoralamalarda boʻlgan hamda ularning eng uzuni nashr etilgan matn uchun asos boʻlib tanlangan[6]. 1986-yilda nashr etilganda roman 30 bob va 70,000 soʻzdan iborat edi. Nashriyotning eslatmasida romanga qisqartirishlar qilingani tushuntiriladi va Hemingway 48 bob va 200,000 soʻzli asar yozgani eslatib oʻtiladi. Scribner saqlanib qolgan qoʻlyozmaning uchdan ikki qismini va bitta uzun subplotni olib tashlagan[7].

Hemingwayning toʻqqizinchi romani boʻlgan The Garden of Eden 1986-yilda, oʻlimidan chorak asr oʻtib nashr etilgan. Scribner romanni 1986-yil may oyida 100,000 nusxada nashr etdirdi[8].

Qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

The Garden of Eden asarining nashr etilishi qoʻlyozma tahriri tufayli koʻplab munozaralarga sabab boʻldi. Susan Seitzning taʼkidlashicha, bu romanda Hemingway tahrirda yoʻqolgan yangi yoʻnalishni yaratgan. Uning fikricha, tahrirlash standartlarga toʻgʻri kelmaydigan boʻlib, katta satrlar, sahnalar va butun boblar qisqartirilgan, Hemingway tashlab yuborgan qoʻlyozma materiallari qoʻshilgan, sahnalar va dialoglar oʻzgartirilgan. Uning taʼkidlashicha, Hemingwayning bu asardagi niyatlarini u xohlagandek aks ettirmagan[1]. The New Republic nashri muxbiri Barbara Probst Solomon buni oʻzboshimchalik bilan foydalanish deb qoralab, men Hemingwayning noshiri adabiy jinoyat sodir etgani haqida xabar bera olaman deb fikr bildirgan[6].

Shunga qaramay, roman Harold Bloomning Gʻarb kanonini oʻz ichiga olgan kitoblar roʻyxatiga Alvido, qurol! va Quyosh baribir chiqaveradi asarlari bilan birga kiritilgan[9].

Filmga moslashtirilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yilda RomaCinemaFest koʻrgazmasida The Garden of Eden asarining filmga moslashuvi premyera qilingan va Buyuk Britaniyada cheklangan miqdorda namoyishi boʻlgan. Screen International sayti filmni chegaralarni buzub yuboruvchi drama deb atadi. Film 2010-yil dekabr oyida tanlangan kinoteatrlarda premyara qilina boshlandi. Jamoa tarkibida Jack Huston, Mena Suvari, Caterina Murino, Richard E. Grant va Carmen Maura ishtirok etdi. Uni John Irvin boshqargan. Moslashtiruv The Paris Review jurnalining sobiq muharriri James Scott Linville tomonidan yaratilgan. 2011-yil mart oyida film iTunes va boshqa platformalar orqali keng omma uchun sotuvga chiqdi.

  • Baker, Carlos. Hemingway: The Writer as Artist, 4th, Princeton University Press, 1972. ISBN 0-691-01305-5. „isbn:0691013055.“ 
  • Bloom, Harold. The Western Canon: The Books and School of the Ages. New York: Harcourt Brace & Company, 1994. 
  • Burwell, Rose Marie. Hemingway: the postwar years and the posthumous novels. New York: Cambridge University Press, 26 January 1996 — 189-bet. ISBN 0-521-48199-6. Qaraldi: 2009-yil 11-dekabr. „haemochromatosis hemingway beegel.“ 
  • Doctorow, E.L.. „Braver Than We Thought“ (1986-yil 18-may). Qaraldi: 2010-yil 16-yanvar.
  • Hemingway, Ernest. The Garden of Eden. Charles Scribner's Sons, 1986. 
  • McDowell, Edwin. „New Hemingway Novel to Be Published in May“ (1985-yil 17-dekabr).
  • Meyers, Jeffrey. Hemingway: A Biography. London: Macmillan, 1985. ISBN 0-333-42126-4. 
  • Mellow, James R.. Hemingway: A Life Without Consequences. New York: Houghton Mifflin, 1992. ISBN 0-395-37777-3. 
  • Oliver, Charles M.. Ernest Hemingway A to Z: The Essential Reference to the Life and Work. New York: Checkmark, 1999. ISBN 0-8160-3467-2. 
  • Seitz, Susan M (January 1, 1993). The posthumous editing of Ernest Hemingway's fiction (Thesis). Electronic Doctoral Dissertations for UMass Amherst. Paper AAI9329667. Qaraldi: 2010-05-17.
  • Tuttleton, James (October 1987). „The androgynous Papa Hemingway“. The New Criterion.