Kontent qismiga oʻtish

The Kiss of Death

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The Kiss of Death (1957).

The Kiss of Death (italyancha: Il Bacio della Morte; oʻzbekcha: Oʻlim boʻsasi), shuningdek, The Last Kiss (italyancha: L’Ultimo Bacio; oʻzbekcha: Soʻngi boʻsa) nomi bilan ham tanilgan, muallifi nomaʼlum boʻlgan oq-qora suratdir. U 1957-yilning 12-mayida olingan. Suratda shimoliy Italiyada 1957-yilda boʻlib oʻtgan Mille Miglia poygasining pit-stop jarayonida Linda Christianning Alfonso de Portagoni oʻpgan lahzasi tasvirlangan. Ushbu boʻsadan bir necha soniya oʻtgach, Portago 240 km/soat (150 milya/soat) tezlikda ketayotganida, avtomobilining shinasi yorilib ketishi natijasida Guidizzolo shahrida halok boʻlgan. Yillar davomida oʻpishuv jarayonini aks ettirgan ushbu surat dunyodagi eng mashhur fotosuratlardan biriga aylangan. Shuningdek, u yoshlarning jasorati va ehtirosining ham ramzi hisoblanandi[1].

Fotosuratda aktrisa Linda Christian (nuqtali koʻylak kiygan va roʻmol oʻragan) tasvirlangan. U Formula 1 poygachisi Alfonso de Portagoni (1950-yillarning poyga kiyimi – oq dubulgʻa, koʻzoynak va charm kurtka kiygan) oʻpish uchun egilib turibdi. Tomoshabinlar olomonining quvonch bilan qarayotgan koʻzlari suratda aks etgan boʻlib, jurnalistlar ushbu manzarani kameralarida abadiylashtirishadi. Ushbu surat Italiyada mashhur boʻlib ketadi va „Il Bacio della Morte“ („Oʻlim boʻsasi“) deb nomlandi[2][3]. Bunga sabab, Alfonso de Portago ushbu surat olingandan koʻp oʻtmay halok boʻlganidir. Surat poygadan keyingi kunlarda koʻplab gazetalarda ham chop etildi[4][5]. Life jurnali esa 27-may kuni chiqarilgan sonida uni „Oʻlim nihoyat uni qoʻlga kiritdi“ sarlavhasi ostida nashr etib, suratning yanada koʻproq mashhurlikka erishishiga hissa qoʻshdi[6].

Keyingi intervyularida Linda Christian bu lahzani xuddi oldindan sezgandek boʻlganini aytib oʻtgan:

O‘sha o‘pichdan g‘alati tuyg‘u his qildim. U sovuq edi va bu meni birinchi marta uning orqasida o‘tirgan Nelsonga qarashga majbur qildi. U xuddi mumiyodek ko‘rinardi – kulrang, rangpar, go‘yo sehrlangandek edi. Uning ko‘zlari katta shok boshdan kechirgan odamning ko‘zlariga o‘xshardi[7].

Bu rasm Bettmann arxivining bir qismi boʻlib, u gʻarbiy Pensilvaniyada joylashgan Temir togʻ milliy yer osti saqlash inshootida saqlanadi. Mazkur inshoot yer sathidan 67 metr (220 fut) chuqurlikda joylashgan boʻlib, ilgari ohaktosh karyeri boʻlgan.

The Kiss

  1. Eason, Kevin. „No seatbelts, 170mph: days of death and dynamism“ (2015-yil 30-aprel).
  2. Hays, Charlotte. The Fortune Hunters: Dazzling Women and the Men they Married. St Martin's Publishing Group, August 2007 — 21-bet. 
  3. Lerner, Preston. Speed Read Ferrari: The History, Technology and Design Behind Italy's Legendary Automaker. Motorbooks, May 2018 — 137-bet. 
  4. „Farewell kiss—then death“ (1957-yil 14-may).
  5. „Passing through Rome“ (1957-yil 14-may).
  6. „Death finally takes a man who courted it“. Life. 42-jild, № 21. May 27, 1957. 121–124-bet — Google Books.
  7. Levy, Shawn. Dolce Vita Confidential: Fellini, Loren, Pucci, Paparazzi and the Swinging High Life of 1950s Rome. Hachette UK, October 2016 — 155-bet.