Kontent qismiga oʻtish

The Kite Runner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
The Kite Runner
Muallif(lar) Khaled Hosseini
Muqova artist(lar)i Honi Werner
Mamlakat Amerika Qo'shma Shtatlari
Til inglizcha
Janr(lar)i
Nashr etilgan sanasi 2023-yil 29-may
Nashriyot Riverhead Books
Sahifalar soni 371
ISBN 1-57322-245-3
OCLC 51615359

The Kite Runner“ – afgʻon-amerikalik yozuvchi Xolid Husayniyning birinchi romani[1]. 2003-yilda Riverhead Books tomonidan nashr etilgan bu asar Kobulning Vazir Akbar Xon tumanida yashovchi Amir ismli kichkina bola haqida hikoya qiladi. Hikoya Afgʻoniston monarxiyasining qulashi, Sovet istilosi, qochqinlarning Pokiston va Qoʻshma Shtatlarga koʻchib ketishi va Tolibon harakatining kuchayishigacha boʻlgan notinch voqealarni oʻzida aks ettiradi.

Husayniy The Kite Runnerni ota-oʻgʻil oʻrtasidagi munosabatlar hikoyasi deb hisoblab, hikoyaning oilaviy jihatlariga koʻproq urgʻu bergan. U keyingi asarlarida ham ushbu jihatlardan foydalanishda davom etgan[2]. Romanda aybdorlik hissi va najot mavzulari koʻzga tashlanadi, bunda Amirning doʻsti Hasanga nisbatan qilingan jinsiy tajovuz aks ettirilgan[3]. Ammo, Amir buning oldini ololmagan va bu ularning doʻstligiga yakun yasagan. Kitobning ikkinchi yarmida Amirning yigirma yil oʻtib Hasanning oʻgʻlini qutqarib, bu aybini oqlashga urinishlari haqida soʻz boradi.

Ushbu asar qogʻoz muqovada chop etilgandan soʻng, bestsellerga aylangan va kitob dokonlarida ommalashgan. U The New York Timesning eng koʻp sotilgan kitoblari roʻyxatida ikki yildan koʻproq vaqt davomida yoritib borilgan[4]. Qoʻshma Shtatlarda yetti million nusxadan ortiq sotilgan[5]. Asar haqida fikrlar ijobiy boʻlgan, ammo syujetning ayrim qismlari Afgʻonistonda jiddiy bahslarga sabab boʻlgan. Nashrdan keyin bir qator adaptatsiyalar ham yaratilgan, shu jumladan, 2007-yilda bir xil nomdagi film, bir nechta sahna koʻrinishlari va romanlar yaratilgan. Roman asosida, muallif tomonidan oʻqilgan koʻp diskli audiokitoblar ham ishlab chiqarilgan.

Kompozitsiya va nashr etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Xolid Husayni, 2007- yil

Xolid Husayniy "The Kite Runner" asarini nashr etishdan avval bir necha yil Kaliforniyaning Mauntain View shahridagi Kaiser kasalxonasida shifokor-internist sifatida faoliyat yuritgan[6][7]. 1999-yilda Husayniy xabarlar orqali Tolibon Afgʻonistonda varrak uchirish taqiqlaganidan xabar topgan va bu cheklovni shafqatsizlik deb hisoblagan[8][9]. Bu uni Kobulda varrak uchirayotgan ikki bola haqida 25 sahifadan iborat qissa yozishga undagan[8]. Husayniy nusxalarini Esquire va The New Yorker nashrlariga topshirgan, ikki jurnal ham buni rad etgan. 2001-yil mart oyida u garajida qoʻlyozmani topib olgan va doʻstining taklifiga binoan uni yangi formatda kengaytira boshlagan[8]. Uning muharriri Sindi Shpigel unga qoʻlyozmasining oxirgi uchdan bir qismini qayta ishlashga yordam bergan[9].

Husayniyning keyingi romanlarida boʻlgani kabi, The Kite Runner ham koʻp avlod davrini qamrab oladi, shuning uchun ota-onalar va ularning farzandlari oʻrtasidagi munosabatlarga koʻp eʼtibor qaratilgan[2].

Romanning bosh qahramoni boʻlgan Amir kabi Husayniy ham Afgʻonistonda tugʻilgan va yoshligida mamlakatni tark etgan hamda 2003-yilgacha qaytib kelmagan[10]. Shunday qilib, u kitobning oʻziga bogʻliq avtobiografik jihatlari qanchalik koʻpligi haqida tez-tez soʻroqqa tutilgan. Bunga javoban u shunday deydi: „Bir qismini men oʻzim haqimda desam, odamlar norozi koʻrinadi. Kitobxonlarni oʻylashga undash maqsadida men bir nechta narsalarni noaniq qoldirdim“.

Riverhead Books nashri "The Kite Runner" kitobini 50 000 nusxada chop etishga buyurtma bergan[11]. Asar 2003-yil 29-mayda chiqarilgan, qogʻozli nashri esa bir yildan soʻng chop etilgan[12]. Dastlab, ingliz tilida nashr etilgan "The Kite Runner" asari keyinchalik 38 dan ziyod mamlakatlarda nashr qilish uchun 42 tilga tarjima qilingan[13]. 2013-yilda Riverhead 10 yillik nashrini yangi oltin hoshiyali muqova va Husaynining soʻzboshisi bilan ommaga taqdim etgan[14]. Oʻsha yili, 21-may kuni Xolid Husayniy „ Togʻlar ham sado berdi“ deb nomlangan yana bir kitobini nashr etgan.

Bosh qahramon

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir (2007-yilda suratga olingan filmda Amir Qodiriy nomi bilan atalgan, familiyasi kitobda keltirilmagan) romanning bosh qahramoni va hikoyachisi.

Bosh qahramonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Hasan – Amirning bolalikdagi eng yaqin doʻsti.
  • Baba – Amirning otasi va badavlat tadbirkor.
  • Ali – Babaning xizmatkori, Hasanning otasi deb hisoblangan hazora.
  • Rahimxon – Babaning sodiq doʻsti va biznes sherigi.
  • Soraya – yosh afgʻon ayol, Amirning turmush oʻrtogʻi
  • Sohrab – Hasanning oʻgʻli.

Antagonistlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Assef romanning asosiy antagonistidir. Uning otasi pushtun, onasi esa nemis boʻlib, pushtunlarning hazoralardan ustun ekanligiga ishonardi.

Ikkinchi darajali qahramonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Sanubar – Alining xotini hamda Hasanning onasi.
  • Farid – taksi haydovchisi.
  • General Taheri – Afgʻoniston armiyasining sobiq harbiy generali, Sorayaning otasi.
  • Xala Jamila Taheri – Sorayaning onasi boʻlib, Amir Sorayaga uylanganidan keyin Amirga mehr qoʻyadi.
  • Farzona – Hasanning xotini. Hasan bilan birga Tolibon harakati tomonidan oʻldirilgan.
  • Sofiya Akrami – Amirning onasi.
  • Karim – kontrabandachi.
  • Vohid – Faridning ukasi.
  • Zaman – Kobuldagi bolalar uyining direktori.
  • Umar Faysal – advokat.

Tanqidiy qabul

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Birinchi xonim Laura Bush Xolid Husayniy bilan (birinchi va ikkinchi chapda); Bush The Kite Runner filmini „haqiqatan ham ajoyib“ deb maqtadi[15].

Nashr etilganidan soʻng dastlabki ikki yil ichida "The Kite Runner" ning 70 000 dan ortiq qattiq muqovali nusxalari va 1 250 000 dan ortiq qogʻozli nusxalari sotilgan[3]. Asar 2004-yil sentyabrda eng koʻp sotilgan kitoblar roʻyxatlarida paydo boʻla boshlagan. 2005-yil mart oyida The New York Timesning eng koʻp sotilgan asari hisoblangan va ikki yil davomida roʻyxatdagi oʻrnini saqlab qolgan[3][4]. 2013-yilda Xolid Husayniyning uchinchi romani nashr etilishi bilan Qoʻshma Shtatlarda yetti milliondan ortiq nusxada sotilgan[5]. Kitob 2004-yilda Janubiy Afrikaning Boeke mukofotiga sazovor boʻlgan[16][17].

Amerika Kutubxonalar Assotsiatsiyasining xabar berishicha, "The Kite Runner" 2008-yildagi eng qiyin kitoblaridan biri hisoblanib, „tahqirlovchi tili, shahvoniy mazmundagi tarkibi“ tufayli uni kutubxonalardan olib tashlashga bir necha bor urinib koʻrishgan[18]. Afgʻonistonlik va amerikalik kitobxonlar tomonidan, ayniqsa, asarda pashtunlarni zolim, hazoralarni esa mazlum sifatida koʻrsatilgani juda koʻp tanqid qilingan[19].

  1. Noor, R.; Hosseini, Khaled (September–December 2004). „The Kite Runner“. World Literature Today. 78-jild, № 3/4. 148-bet. doi:10.2307/40158636. JSTOR 40158636.
  2. 2,0 2,1 „An interview with Khaled Hosseini“. Book Browse. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  3. 3,0 3,1 3,2 Guthmann, Edward. „Before 'The Kite Runner,' Khaled Hosseini had never written a novel. But with word of mouth, book sales have taken off“. San Francisco Chronicle (2005-yil 14-mart). Qaraldi: 2013-yil 30-iyul.
  4. 4,0 4,1 Italie, Hillel. „'Kite Runner' author to debut new novel next year“. NBC News (2012-yil 29-oktyabr). 2013-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  5. 5,0 5,1 „Siblings' Separation Haunts In 'Kite Runner' Author's Latest“. NPR (2013-yil 19-may). Qaraldi: 2013-yil 3-avgust.
  6. Jain, Saudamini. „COVER STORY: the Afghan story teller Khaled Hosseini“. Hindustan Times (2013-yil 24-may). 2014-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  7. Miller, David. „Khaled Hosseni author of Kite Runner talks about his mistress: Writing“. Loveland Magazine (2013-yil 7-iyun). 2013-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
  8. 8,0 8,1 8,2 „'Kite Runner' Author On His Childhood, His Writing, And The Plight Of Afghan Refugees“. Radio Free Europe (2012-yil 21-iyun). Qaraldi: 2013-yil 30-iyul.
  9. 9,0 9,1 Wilson, Craig. „'Kite Runner' catches the wind“. USA Today (2005-yil 18-aprel). Qaraldi: 2013-yil 30-iyul.
  10. Grossman, Lev. „The Kite Runner Author Returns Home“. Time Magazine (2007-yil 17-may). Qaraldi: 2021-yil 9-aprel.
  11. Mehta, Monica (June 6, 2003). „The Kite Runner“. Entertainment Weekly. 2014-10-09da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: August 11, 2013.
  12. „The Kite Runner“. Publishers Weekly (2003-yil 12-may). Qaraldi: 2013-yil 1-avgust.
  13. Tonkin, Boyd. „Is the Arab world ready for a literary revolution?“. The Independent (2008-yil 28-fevral). 2022-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-avgust.
  14. Deutsch, Lindsay. „Book Buzz: 'Kite Runner' celebrates 10th anniversary“. USA Today (2013-yil 28-fevral). Qaraldi: 2013-yil 11-avgust.
  15. O'Rourke, Meghan. „Do I really have to read 'The Kite Runner'?“. Slate Magazine (2005-yil 25-iyul). Qaraldi: 2013-yil 30-iyul.
  16. Lea. „Word-of-mouth success gets reading group vote“. The Guardian. Guardian News and Media Limited (2006-yil 7-avgust). Qaraldi: 2013-yil 11-avgust.
  17. Pauli, Michelle. „Kite Runner is reading group favourite for second year running“. guardian.co.uk (2007-yil 15-avgust). Qaraldi: 2009-yil 23-aprel.
  18. „Top ten most frequently challenged books of 2008, by ALA Office of Intellectual Freedom“. ALA Issues and Advocacy. 2009-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 11-avgust.
  19. Young, Lucie. „Despair in Kabul“. Telegraph.co.uk (2007-yil 19-may). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.