Kontent qismiga oʻtish

The Lucifer Effect

Vikipediya, erkin ensiklopediya
The Lucifer Effect

Kitob jildi
Muallif(lar) Philip Zimbardo
Muharrir(lar) BF789.E94Z56 2007
Muqova artist(lar)i Mercedes Everett
Mamlakat Amerika Qo'shma Shtatlari
Til inglizcha
Janr(lar)i Psixologiya yaxshi va yovuz
Nashr etilgan sanasi 27-mart, 2008
Nashriyot Random House
Sahifalar soni 551
ISBN 978-1-4000-6411-3
Veb-sayt lucifereffect.com

The Lucifer Effect: Understanding How Good People Turn Evil kitobi 2007-yilda yozilgan. Professor Philip Zimbardoning 1971-yilda amalga oshirilgan Stenford qamoqxonasi tajribasi (SPE) haqida birinchilardan bo'lib batafsil yoritilgan asari. SPE — salbiy oqibatlar keltirib chiqargani va ishtirokchilarda ruhiy buzilishlarga sabab bo'lgani uchun atigi 6 oyda yopilgan, qamoqxona stimulatsiyasini o'rganishga qaratilgan loyiha sanaladi. Kitob axloqsiz xatti-harakatlarga olib keladigan psixologik va ijtimoiy omillar ustida olib borilgan 30 yildan ortiq tadqiqotlarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, unda 2003-yilda bo'lib o'tgan, Stenford tajribasiga juda ham o'xshash Abu G'rayibdagi mahbuslar duch kelgan qiynoq va zo'ravonliklar ko'rib chiqiladi. Sarlavha nomi Xudoning marhamatli farishtasi Lutsifer, uning inoyatdan mahrum bo'lishi va uning yovuzlik timsoli Shaytonga aylanishi haqidagi hikoyadan olingan.</ref name="McDermott2007">McDermott, Rose (2007-yil oktabr). „Reviewed Work: The Lucifer Effect: Understanding How Good People Turn Evil by Philip Zimbardo“. Book Reviews. Political Psychology. 28-jild, № 5. International Society of Political Psychology. 644–646-bet. JSTOR 20447077. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)</[1]. Kitob the New York TimesNon-fiction Best Seller ro'yxatiga kiritilgan va 2008-yilda American Psychological Associationning William James Book mukofotiga sazovor bo'lgan.[2]

Umumiy fikrlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitobning birinchi bobi sarlavhada keltirilgan Lutsifer mavzusi, shaxs va dispozitsiya, vaziyat va kuch tizimlari o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasi sifatida yuzaga kelgan axloqiy o'zgarishlarning tabiatiga bag'ishlangan. Asarning eng katta qismi,9ta bobdan 2tasi Stenford tajribasi davomida olingan dialoglar va foto suratlarni, tajriba davomida yuz bergan voqealarning kunlik hisobotini yoritadi. 10-bob Stenford qamoqxona tajribasi davomida to'plangan ma'lumotlarni o'z ichiga olsa, 11-bob tajriba borasida ko'tarilgan axloqiy-madaniy savollarga javob beradi. Kitobning qolgan qismida esa bir nechta qo'shimcha mavzular haqida yoziladi. Masalan, ijtimoiy psixologiya, Asch conformity experiments, Milgram experiment, Albert Banduralarning axloqiy uzilish borasidagi tadqiqoti, John Darleyning bystander effecti haqidagi tadqiqotlari kitobdan o'rin olgan.

Rose McDermott:"Bu kitob barcha psixologik jarayonlar va siyosiy voqeliklar o'rtasidagi bog'liqlikka qiziquvchilar uchun tavsiya etiladi". Olim shuningdek ta'kidlaydiki, asardagi bir nechta bo'limlar psixologiyani o'rganuvchilar uchun ajoyib manba bo'lib xizmat qiladi. Shu boblar sirasida Rose McDermott o'n ikkinchi "Investigating Social Dynamics" bo'limini ijtimoiy psixologiya tarixining eng yaxshi, eng tushunarli va qisqacha xulosasi deb ataydi. </ref name="McDermott2007">McDermott, Rose (2007-yil oktabr). „Reviewed Work: The Lucifer Effect: Understanding How Good People Turn Evil by Philip Zimbardo“. Book Reviews. Political Psychology. 28-jild, № 5. International Society of Political Psychology. 644–646-bet. JSTOR 20447077. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)</ref/>


Adaptatsiyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Philip Zimbardo "The Lucifer Effect" kitobini TED2008.[3] 2015-yilda suratga olingan The Stanford Prison Experiment da The Lucifer Effect kitobida keltirilgan tajribadan olingan original dialoglardan foydalanilgan.[4]

  1. Levine, Robert (September–October 2007). „The Evil That Men Do“. Scientists' Bookshelf. American Scientist. 95-jild, № 5. Sigma Xi, The Scientific Research Honor Society. 440–442-bet. ISSN 0003-0996. JSTOR 27859031.
  2. „William James Book Award“. APA Div. 1: Society for General Psychology. Qaraldi: 20-iyun 2018-yil.
  3. „Philip Zimbardo: The Psychology of Evil – TED Talk“. TED (2008-yil fevral). Qaraldi: 24-iyun 2018-yil.
  4. Cockrell, Cathy „Professor Emerita Christina Maslach recalls famous prison study, now a movie“. Berkeley – Department of Psychology (8-iyul 2015-yil). 2023-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2018-yil.