Kontent qismiga oʻtish

Thomas Chippendale

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tomas Chippendale

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tomas Chippendale
Tavalludi 1718
Vafoti 1779
Boʻyi 178 sm
Turmush oʻrtogʻi Elizabeth Devis
Bolalari 3 ta
Qarindoshlari otasi Jon Chippendeyl , onasi Meri

Tomas Chippendale (1718-1779) [[London]]da istiqomat qilgan mebellar konstruktori boʻlib, u asosan gruzin, ingliz va [[neoklassik]] uslublardagi mebellarni loyihalashtirgan. 1754-yilda u oʻz chizmalarini „Jentlmen va kabinet ustasi direktori“ savdojurnalida nashr etdi — bu jurnal Angliyada nashr etilgan va mebel uchun ommaviy bozorni yarata olgan eng muhim jurnallardan biri edi — bu muvaffaqiyat tufayli Tomas tezda mashhur boʻlib ketdi. Viktoriya va Albert sanatshunoslik maktabi izohiga koʻra, "Uning dizaynlari nafaqat Buyuk Britaniyada, balki Yevropa va Amerikada ham shunchalik mashhur ediki, „Chippendale“ har qanday zoʻr mebelning turiga beriladigan umumiy nomga aylanib qoldi[1]. Uning ishlari oʻsha davrdagi mebel uchun zamonaviy Britaniya modasini yaqqol ifodalaydi va hozirda butun dunyoda qayta ishlab chiqariladi. Sent-Martin-in-the-Fields qaydlariga koʻra, u 1779-yil 16-noyabrda, Milliy galereya tomonidan qurilgan qabristonga dafn etilgan. Shu bilan birga Chippendale mebellari juda qimmat hamdir; 2008-yilda kim oshdi savdosiga qoʻyilgan padouk shkafi 2,729,250 funt sterlingga sotilgan[2].

Chippendeylning tug'ilgan joyida xotirlash uchun oʻrnatilgan koʻk yorliq

Chippendale 1718-yil iyun oyida Angliyaning Yorkshir grafligidagi Otley shahrida tugʻilgan. U 5-iyundachoʻqintirilgan[3]. Uning otasi Jon Chippendeyl (1690-1768), duradgor boʻlgan va onasi Meri (1693-1729) boʻlib Tomas oilada yagona farzand edi. U shahzoda Genri grammatikasi maktabida boshlangʻich taʼlim olgan[4]. Chippendale oilasi uzoq vaqtdan beri duradgorlik hunari bilan shugʻullangan va shuning uchun u asosiy taʼlimni otasidan olgan. Lekin u Londonga koʻchib ketishdan oldin Yorkda Richard Vud maktabida ham qisqa fursat taʼlim olgan. 1749-yilda Chippendeyl Kovent bogʻi yaqinidagi Conduit Courtda oddiy uyni ijaraga oldi. 1752-yilda esa u Strand yaqinidagi Somerset Courtga koʻchib oʻtdi. 1754-yilda Chippendale Londondagi 60-62-Sent-Martins Layn koʻchasiga koʻchib oʻtdi, u yerda keyingi 60 yil davomida oilaviy biznes faoliyat yuritdi, 1813-yilda Tomas Chippendale bankrot boʻldi. Ammo taslim boʻlmasdan 1754-yilda u boy shotlandiyalik savdogar Jeyms Renni bilan hamkorlikni boshladi. Uning rafiqasi Ketrin 1772-yilda vafot etgan. 1766-yilda Jeyms Renni vafot etganidan soʻng, Tomas Renni bevasidan 2000 funt sterling qarzolgan. Renni ijrochilaridan biri Genri Fergyuson uchinchi hamkor boʻlib biznesga aralashadi va shuning uchun Tomas Chippendale 1776-yilda otasiga nafaqaga chiqishga ruxsat berib, biznesni boshqarishni oʻz zimmasiga oldi. U oʻsha paytda Kensingtondagi Lob’s Fields (hozirgi Derri koʻchasi deb ataladi) deb nomlangan joyga koʻchib oʻtdi. Chippendale 1777-yil 5-avgustda Fulxem cherkovida Elizabeth Devisga uylandi. U yana uchta farzandning otasi boʻldi. 1779-yilda Chippendeyl Xokstonga koʻchib oʻtdi, u yerda sil kasalligidan vafot etdi va 1779-yil 16-noyabrda dafn qilindi. Chippendeylga bagʻishlangan haykal va yodgorlik lavhasi, Yorkshir, Lids yaqinidagi Otley shahrida, Manor maydonidagi Old Grammar School galereyasi tashqarisida joylashgan[1].London, Viktoriya va Albert muzeyining jabhasida Tomas Chippendalening toʻliq oʻlchamli haykali ham mavjud.

Otli shahridagi Tomas Chippendale haykali, G'arbiy Yorkshire, Angliya

1754-yilda Londonda mebel asosan shkaf ishlab chiqaruvchisi boʻlib ishlagandan soʻng, u oʻzining dizaynlaridan iborat „Jentlmen va kabinet“ nomli kitobini nashrdan chiqargan birinchi shkaf ishlab chiqaruvchisi boʻldi[5]. U „birinchi keng qamrovli savdo katalogi“ sifatida qaraladi[6].The New York Times gazetasiga koʻra, „mijozlar koʻrib chiqishlari, dizaynni tanlashlari va keyin mebelni buyurtma qilishlari mumkin boʻlgan katalogni yaratgan inson deb eʼtirof etildi“[7]. Uchta nashr chop etildi, birinchisi 1754-yilda, keyin 1755-yilda virtual qayta nashri va nihoyat 1762-yilda qayta koʻrib chiqilgan va kengaytirilgan nashri, shu vaqtga kelib Chippendalening tasvirlangan dizaynlarida neoklassiksizm belgilari namoyon boʻla boshladi. Chippendale oʻzining faoliyat yillarida oʻta yaratuvchan va serharakat edi.

, 1700yillar – Harewood House

Esda qolarli ishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chippendale shunchaki shkaf ishlab chiqaruvchisi emas, balki yumshoq mebellar va hatto xonani boʻyash kerak boʻlgan rang kabi dekorning boshqa jihatlari boʻyicha maslahat bergan interyer dizayneri ham edi. Kompaniyaning eng katta muvaffaqiyat davrida u boshqa mutaxassislar bilan ishlaydigan zamonaviy interyer dizayneri kabi harakat qilishi va asosiy qurilish tugagandan soʻng toʻliq bezatilgan va jihozlangan xonalar yoki butun uylarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma tuzishi mumkin edi. Chippendale koʻpincha aristokratik mijozlardan katta hajmdagi buyurtmalarni olar edi. Bu buyurtmalarning 26 tasi aniqlangan[8]. Hozirda ham Chippendale tomonidan ishlab chiqarilgan mebellarni koʻrish mumkin. Joylarga quyidagilar kiradi:

T/R Hudud Hizmat ko`rsatilgan yili
1 Nostell Priory 1766-1785
2 Blair Castle 1758
3 Wilton House 1759-1773
4 David Garrick 1772
5 Normanton Hall 1772
6 Harewood House 1767-1778
7 Newby Hall 1772-1776
8 Temple Newsam 1774
9 Paxton House 1774
10 Berwickshire 1767
11 Burton Constable Hall, 1774
12 Petworth House 1770
Tomas Chippendalening ish ustaxonasi

Chippendalening dizaynlari koʻplab boshqa shkaf ishlab chiqaruvchilari tomonidan ham ishlatilgan. Shunday qilib, taniqli „Chippendale“ mebellari Dublin, Filadelfiya, Lissabon, Kopengagen va Gamburgda ishlab chiqarilgan. Buyuk Ketrin va Lyudovik XVI ham uning mijozlari boʻlishgan. Mutaxassislar toʻrtta asosiy uslubni koʻrsatadi: 1. chuqur oʻymakorligi bilan ingliz tili, 2. mebel uslubidagi nafis fransuz rokokosi, 3. panjara va lak bilan bezatilgan xitoycha uslub va 4. oʻtkir kamar, toʻrtburchaklar va nayzali oyoqli gotika. 1804-yilda bankrotlik va Sent-Martinʼs Lane binolarida qolgan aktsiyalarning sotilishi kompaniyaning tugashiga sabab boʻlmadi, chunki yosh Chippendeyl 1820 yilgacha Stourheaddagi ser Richard Kolt Xoarga mebel yetkazib berib turgan.

Oxirgi xotirlash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1943-yilda The Walt Disney Company tomonidan yaratilgan Chip va Deyl nomlari (Chip va Deyl: Qutqaruvchilarning bosh qahramonlari) Chippendeyl soʻzidagi birikmalardir.[14] U 2022-yilgi Chip va Deyl: Qutqaruvchilar filmining ochilishida qisqacha tilga olinadi[9].

  1. 1,0 1,1 http://www.vam.ac.uk/content/articles/t/thomas-chippendale/
  2. https://www.christies.com/lot/lot-5092525/?intObjectID=5092525
  3. https://www.britannica.com/biography/Thomas-Chippendale
  4. https://en.wikipedia.org/wiki/Otley
  5. https://archive.org/details/gentlemancabine00Chip
  6. https://books.google.co.uz/books?id=rySr84jox_AC&redir_esc=y
  7. https://www.nytimes.com/2018/07/27/arts/design/chippendale-300-furniture.html
  8. Gilbert 1978, xvii
  9. Bowett, Adam; Lomax, James (2021). Thomas Chippendale. Bloomsbury. The name Chippendale was adopted for a variety of unlikely commercial products because it had guaranteed brand recognition. 'Chip' and 'Daleʼ were two chipmunk cartoon characters created by the Walt Disney Company