Kontent qismiga oʻtish

Tigin Darxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tigin Darxon
Yoqutistonning 3-noʻyoni hamda yoqut urugʻlari va qabilalari birlshtiruvchisi
Mansab davri
XVI asr – 1632
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1580-yillar
Tuymaada
Vafoti 1632-yillar
Yoqutiston
Bolalari Bozeke, Otkuray
Otasi Munnan Darxon

Tigin (Digin) Darxon (saxa.: Тыгын Дархан; ? — 1631) — yoqutlarning Xangalas qabilasining noʻyon va darxoni, yoqut sarkardasi, koʻplab yoqut afsonalarining mashhur qahramoni, XVI asr oxiri — XVII asrning birinchi choragi yashagan tarixiy shaxs. Rus manbalarida koʻpincha Tinin deb atalgan.

Afsonalarga koʻra, Oʻrta Lenadagi yoqutlarning birinchi rahbari Tiginning bobosi Bajey boʻlgan. XIX—XX asrdagi yoqut afsonalarida Bajey Doydusa Darxon, S. I. Boloning maʼlumotiga koʻra, Tyusulge Darxon sifatida ham keltrilgan. Tyusulgening ikki oʻgʻli Munnan Darxon va Maldiyaxar boʻlgan. Munnan Darxonning ham ikki oʻgʻli Tigin va Usun Oyuun bor boʻlgan.

Afsonalarga asosan Tigin Lenaning chap qirgʻogʻidagi keng Tuymaada vodiysining deyarli barcha koʻzga koʻringan joylarida, xususan Xatın-Yuryax yoʻli yaqinida mulkka ega boʻlgan. Uning koʻplab ot va qoramollari, jangchilari, qullari boʻlgan.

Afsonalarning Vilyuy versiyalarida Tigin bahaybat botir sifatida tasvirlangan. Uning tarixiy shaxs sifatidagi roli haqida hozircha umumiy fikr mavjud emas. Baʼzi tarixchilar Tiginni yoqut qabilalarini birlashtirgan shaxs deb hisoblashadi, bu davrda erta sinfiy jamiyatga oʻtish sodir boʻlib, proto-davlatning paydo boʻlishi uchun zarur shart-sharoitlar yuzaga keladi. Boshqalar esa, uning siyosatidagi haddan tashqari qoʻpol usullarga eʼtibor qaratishadi, bu esa boshqa urugʻlarning boʻysunishiga olib kelmaydi, aksincha, markazsizlashtirishga olib keladi.

Tigin bir necha marta Yeniseydan kelgan rus kazaklari bilan toʻqnash kelgan, buning natijasida harbiy toʻqnashuvlar va diplomatik muzokaralar sodir boʻlgan. Yoqutlarning birinchi bosh noʻyonining qachon va qanday sharoitda hayoti tugaganligi nomaʼlum. XVIII asrda yashagan rus etnografi Yakob Lindenauning yozishicha, Tigin kazaklar tomonidan garovga olingan va Yoqut qamoqxonasida asir sifatida vafot etgan[1] . Boshqa maʼlumotlarga koʻra, Tigin qarilikda vafot etgan.

Rus tarixiy hujjatlarida Tigin nomi 1631-yilda Ivan Galkinning Yoqutistonga qilgan ekspeditsiyasi paytida tilga olinadi va oʻzining asarida Galkin Xangalas noʻyoni Tigin va Bordon noʻyoni Bodoya unga hujum qilgani haqida xabar beradi. Jang paytida koʻp odamlarini yoʻqotib, chekinadi va Yeniseyskka qaytib keladi. Shundan keyin Tyginning ismi hech qayerda tilga olinmaydi. 1632-yilda Pyotr Beketov kelganida Tigin nomi tilga olinmay, uning oʻrniga Xangalas noʻyonlar orasida uning oʻgʻillari nomi qayd qlinadi. Shunday qilib, bir qator tarixchilar Beketov kelishidan oldin Tigin 1631—1632-yillarda vafot etgan deb daʼvo qiladilar.

Akademik A. P. Okladnikovga koʻra, Tigin oʻzining shaxsiy tashabbusi, tashkiliy va harbiy qobiliyatlari tufayli koʻpchilik yoqut urugʻlari va qabilalarining hukmdoriga aylangan. Tigin davlatchilik asoslarini yaratish uchun ularni oʻz atrofida birlashtirishga intilgan, bu xuddi IX asrda Rossiyaning birlashishi Kiyev knyazlari hukmronligi ostida boʻlgani kabi oʻxshash boʻlgan.

Madaniyat va sanʼatdagi obrazi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Yoqut yozuvchisi V. S. Yakovlev-Dalan „Tigin Darxon“ (1993) romanini yozgan.
  • Rejissyor Nikita Arjakov „Tigin Darxon“ filmini (2020) suratga olgan[2].
  • Yakutsk markazidagi mehmonxonalardan biri „Tigin Darxon“ mehmonxonasi uning nomi bilan atalgan[3].
  • 1995-yildan har yili Isiax bayramida Tigin oʻyinlari (saxa.: Дыгын Оонньуулара) deb ataluvchi sport musobaqalri oʻtkaziladi. Oʻyinlar Yakutsk shahri yaqinidagi Ys Xatın tumanida boʻlib oʻtadi (oʻyinlar 2020-yilda COVID-19 tufayli oʻtkazilmagan).
  1. Lindenau Ya. I. Opisanie narodov Sibiri (pervaya polovina XVIII veka). — Magadan, 1983. — S. 21.
  2. „В Якутии завершились съемки фильма «Тыгын Дархан»“ (ru). https://www.sakha.gov.ru. Официальный информационный портал Республики Саха (Якутия), Пресс-служба Министерства культуры и духовного развития РС (Я) (2019-yil 29-iyul). — „За два года в массовке фильма приняли участие более 10 тысяч человек. Картина находится на стадии постпродакшена“. 2019-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-noyabr.
  3. „гостиница Тыгын Дархан“. https://tygyn.ru.+2020-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-aprel.