Tim Krul
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Timothy Michael Krul[1] | ||
Tavallud sanasi | 3-aprel 1988-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Gaaga, Niderlandiya | ||
Boʻyi | 1.88 m[3] | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Norwich City | ||
Raqami | 1 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Hvv RAS | |||
1996—2005 | ADO Den Haag | ||
2005—2006 | Newcastle United | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2017 | Newcastle United | 160 | (0) |
2007—2008 | → Falkirk (ijara) | 22 | (0) |
2008—2009 | → Carlisle United (ijara) | 9 | (0) |
2016—2017 | → Ajax (ijara) | 0 | (0) |
2016—2017 | → Jong Ajax (ijara) | 6 | (0) |
2017 | → AZ (ijara) | 16 | (0) |
2017 | → Brighton & Hove Albion (ijara) | 0 | (0) |
2017—2018 | Brighton & Hove Albion | 0 | (0) |
2018—2023 | Norwich City | 163 | (0) |
2023— | Luton Town | ||
Milliy terma jamoa | |||
2002 | Niderlandiya 15 yoshgacha | 1 | (0) |
2004 | Niderlandiya 16 yoshgacha | 1 | (0) |
2004—2005 | Niderlandiya 17 yoshgacha | 19 | (0) |
2006—2007 | Niderlandiya 19 yoshgacha | 6 | (0) |
2008—2009 | Niderlandiya 20 yoshgacha | 4 | (0) |
2009—2011 | Niderlandiya 21 yoshgacha | 12 | (0) |
2011— | Niderlandiya | 15 | (0) |
Xalqaro medallar | |||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (8-oktabr 2022-yil uchun) |
Timothy Michael Krul (talaffuzi: Timoti Mixael Krul; 1988-yil 3-aprelda tugʻilgan) — gollandiyalik professional futbolchi. U EFL chempionatining Luton Town klubi va Niderlandiya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.
Krul 2002-yildan beri Niderlandiyani barcha darajalarda himoya qilib kelgan. U 2011-yilning iyul oyida milliy terma jamoa safidagi debyutini qilgan va 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan jamoa tarkibida boʻlgan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Newcastle United
[tahrir | manbasini tahrirlash]Krul faoliyatini tugʻilib oʻsgan shahri klubi RASda boshlagan, keyinroq mahalliy Eredivisie klubi ADO Den Haagda oʻynagan. U 2005-yilning yozida professional shartnoma imzolay olmaganidan soʻng 3 yillik shartnoma asosida Premyer-liganing Newcastle United klubiga qoʻshildi. ADO bu uchun tovon puli talab qildi va FIFAning Nizolarni hal qilish palatasiga (DRC) eʼtiroz bildirdi. DRC daʼvoni rad etdi va ADO ishni Sport arbitraj sudiga (CAS) topshirdi. CAS 2007-yilning fevralida ADO foydasiga qaror chiqardi va Newcastlega transfer uchun tovon sifatida 220,000 yevro toʻlashni buyurdi[4].
Newcastlening birinchi tanlov darvozaboni Shay Given jarohat olganidan soʻng, Krul ikkinchi tanlovdagi Steve Harper uchun oʻrinbosar sifatida zaxira oʻrindigʻida maydonga tusha boshladi. Krul Newcastledagi debyutini 2006-yilning 2-noyabrida UEFA kubogi doirasidagi Palermoga qarshi kechgan oʻyinda oʻtkazdi. Uning debyuti yaxshi kutib olindi, ushbu uchrashuvda Krul zarbani toʻxtatish qobiliyatini namoyish etdi va Giuseppe Biava hamda David Di Michelening zarbalaridan darvozani himoya qildi[5].
Krul Palermoga qarshi javob oʻyinidan oldingi mashgʻulot paytida jarohat olgan va keyin Watfordga qarshi oʻyin oldidagi mashgʻulot paytida bu jarohatni kuchaytirgan. Natijada, u ikki marta togʻay operatsiyasini oʻtkazdi, bu esa Krulni deyarli olti oy muddatga maydondan chetlatdi. Krul 2007-yilning aprelida safga qaytdi[6].
2007-yilning 13-iyunida u Newcastle bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi[7]. Oʻsha oyda Krul Niderlandiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilari tarkibida Yevropa chempionatida gʻolib chiqdi va 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi.
Falkirk (ijara)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yil 3-avgustda Krul Shotlandiyaning Falkirk jamoasiga ijara asosida qoʻshildi, dastlab uning shartnomasi 2008-yilning 1-yanvariga qadar davom etar edi, ammo keyinchalik bir qator ajoyib oʻyinlaridan soʻng bu muddat mavsum oxirigacha uzaytirildi. Ertasi kuni Krul Falkirk safidagi debyutini qildi va jamoasi Gretna ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozongan ushbu oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi[8]. Falkirk dastlab Krul safida doimiy oʻynash uchun shartnoma imzolamoqchi edi, ammo Newcastle buni rad etdi[9].
U debyutidan keyingi ikki o‘yinda — Celticga qarshi o‘yinda to‘rtta va Ibrox stadionida Rangersga qarshi kechgan o‘yinda yettita gol o‘tkazib yubordi. Krul professional faoliyatida ilk bor 2008-yilning 2-yanvarida raqib chaqirigʻiga yomon munosabat bildirgani uchun maydondan chetlatildi. Oradan koʻp oʻtmay, Shotlandiya kubogi doirasidagi Aberdeenga qarshi oʻyinda Krulning yelkasi chiqib ketdi va u mavsumning qolgan qismini oʻtkazib yubordi.
Carlisle United (ijara)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2008-yilning 21-noyabrida Krul Tottenham Hotspurga qaytgan Ben Alnwickning oʻrniga Newcastledan bir oylik ijara asosida Carlisle Unitedga qoʻshildi[10]. Dekabr oyida ijara shartnomasi yana bir oyga uzaytirilgan Krul yanvarda Newcastlega qaytdi.
Newcastle safiga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Krul birinchi tanlov darvozabon Steve Harper uchun zaxira oʻyinchisi sifatida Newcastlega qaytdi. U oliy ligadagi debyutini 2009-yilning 8-avgustida futbol ligasi chempionati mavsumining ochilish oʻyinida West Bromwich Albionga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va jarohat olgan Harperning oʻrniga oʻyinning yarimida maydonga tushdi. Ushbu oʻyindan soʻng The Guardian Krulni „ajoyib zaxira darvozaboni“ deb atadi[11]. Keyinchalik u 2009-yil 26-avgust kuni Huddersfield Townga qarshi Futbol ligasi kubogi oʻyinida toʻliq oʻynadi va unda Newcastle 4:3 hisobida gʻalaba qozondi. Krul shuningdek, liga kubogi doirasida 2:0 hisobida kechgan Peterboroughga qarshi oʻyinda ham asosiy tarkibda maydonga tushgan. 28-noyabr kuni Swansea Cityga qarshi oʻyinda Krul yana jarohat olgan Steve Harperning oʻrniga maydonga tushdi. 2-yanvar kuni u Angliya kubogi 3-raundida Plymouth Argylega qarshi oʻynadi, oʻyin 0:0 hisobida yakunlandi. Keyin Krul 13-yanvar kuni St. James' Park stadionida kechgan takroriy oʻyinda qatnashdi va Newcastle 3:0 hisobida gʻalaba qozondi. Krul Newcastle safidagi birinchi liga oʻyinini 2010-yil 2-may kuni, chempionat kampaniyasining soʻnggi kunida, Loftus Road stadionida kechgan Queens Park Rangersga qarshi oʻyinda uchrashuv boshidan maydonga tushgan holda oʻtkazdi va darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 2010-yilning iyulida Krul Newcastle bilan yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi[12].
Krul Premyer-ligadagi debyutini 2010-yil 18-sentyabrda Goodison Park stadionida Evertonga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va 35-daqiqada Newcastlening 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan oʻyinda jarohat olgan Steva Harperning oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[13]. U Premyer-ligadagi ilk startini 26-sentyabr kuni St. James' Park stadionidagi Stoke Cityga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[14]. Keyinchalik Krul ishtirok etgan Manchester City bilan kechgan oʻyinda Newcastle 2:1 hisobida magʻlub boʻldi, Wigan Athletic bilan 2:2 hisobida durang oʻynadi, West Ham Unitedga qarshi safar oʻyinida 2:1 hisobida gʻalaba qozondi va bir haftadan soʻng Arsenalga qarshi safar oʻyinida ham 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Menejer Alan Pardew bir nechta yaxshi oʻyinlaridan soʻng Krulga koʻproq imkoniyat bera boshladi. Oxir-oqibat u birinchi tanlov darvozaboniga aylandi va Harper Brighton & Hove Albionga ijaraga yuborildi. Krul 2011—2012-yilgi mavsumni yaxshi boshladi va Arsenal hamda Sunderlandga qarshi mavsumning dastlabki ikki oʻyinida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. 2011-yil 3-dekabrda Krul Chelseaga qarshi oyinda Newcastle safidagi 50-uchrashuvini oʻtkazdi. U Frank Lampardning penaltidan urgan toʻpini qaytardi va yana bir nechta ajoyib himoyalarni amalga oshirdi, shunga qaramay Newcastle oʻyinda 3:0 hisobida magʻlub boʻldi. 2012-yilning 3-martida Krul Newcastle United bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi[15]. Keyinroq Krul Arsenalga qarshi safar oʻyinida maydonga tushdi va Newcastle 2:1 hisobida magʻlub boʻldi[16]. Uchrashuv davomida gollandiyalik hamkasbi Robin van Persie Krulni butun oʻyin davomida vaqtni behuda oʻtkazganlikda aybladi va oʻyin tugagandan soʻng uni mazax qildi[17]. Janjal davom etib, natijada ikki o‘yinchini bir-biridan ajratib qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Garchi Krul Arsenal oʻyinchisi Jack Wilshere tomonidan ham tanqid qilingan boʻlsa-da[18], jamoadoshi James Perch uni himoya qildi va van Persiening xatti-harakatlarini „o‘rinsiz“ deb hisobladi[19]. Mavsum oxirida Krul Toon Talkning Newcastle Uniteddagi „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ sovrinini qoʻlga kiritdi[20].
2012—2013-yilgi Premyer-liga oldidan yozda Krulga 1-raqamli, Steve Harperga esa 37-raqamli forma berildi[21]. Krul mavsumning dastlabki uchta oʻyinida ishtirok etganidan keyin terma jamoa safida tirsagidan jarohat olgan[22]. Yetti haftalik tanaffusdan soʻng Krul mashgʻulotlarga qaytdi[23]. Uning qaytganidan keyingi ilk oʻyinida, 2012-yilning 21-oktyabr kuni Tyne-Wear derbisida Newcastle 1:1 hisobidagi durang qayd etdi[24]. Krul Ukrainaning Metalist Xarkiv jamoasiga qarshi Yevropa ligasi 32-tur oʻyinida toʻpigʻidan jarohat olib, besh haftaga safdan chiqdi[25]. 2013-yilning 14-aprelida boʻlib oʻtgan Tyne-Wear derbisida Krul Adam Johnsonning jarima zarbasini qaytargan payti yerga noqulay tushib, 57-daqiqada yelkasi chiqib ketdi[26]. Chiqqan yelkasining operatsiyasidan soʻng Krul 2012—2013-yilgi mavsumning qolgan qismida ham tarkibga qayta olmadi[27].
2013—2014-yilgi mavsum oldidan Krul Rangersga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida toʻpigʻidan olgan jarohatidan keyin ilk bor maydonga tushdi[28]. Noyabr oyida u ajoyib oʻyin koʻrsatdi, atigi ikkita gol oʻtkazib yubordi va Tottenhamga qarshi oʻyinda[29] hamda Chelseaga qarshi oʻyinda jami 14 marta seyv amalga oshirdi. Krulning taʼsirchan oʻyinlari unga noyabr oyidagi Premyer-ligada oyning eng yaxshi oʻyinchisi boʻlish imkonini berdi[30]. Krulning oʻyini Newcastle Unitedning afsonaviy darvozaboni Pavel Srníček[31] va menejer Alan Pardewning maqtoviga sazovor boʻldi[32].
Krul Newcastlening West Ham Unitedga qarshi oʻyinidan oldingi mashgʻulotlarida toʻpigʻidan jarohat oldi va jarohat tufayli olti haftagacha safdan chiqdi[33]. U jamoasining Chelsea bilan 2:0 hisobida kechgan oʻyinida maydonga qaytdi[34].
Niderlandiyaga qaytish
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yilning 25-avgustida Krul Newcastle United bilan bir yillik shartnoma imzoladi va mavsumiy ijara shartnomasi asosida Ajaxga qoʻshildi[35]. Bu kelishuv muddati qisqartirildi, Krul klubning zaxira jamoasi safida bor-yoʻgʻi oltita oʻyin oʻtkazdi va 2017-yilning yanvarida mavsumning qolgan qismida oʻynash uchun Eredivisie vakili AZ Alkmaarga ijara asosida qoʻshildi[36].
Brighton & Hove Albion
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil 31-avgustda Krul mavsumiy ijara asosida Premyer-liga klubi Brighton & Hove Albion bilan shartnoma imzoladi va u yerda Newcastlening sobiq menejeri Chris Hughton qoʻl ostida oʻynadi[37]. 19-sentyabr kuni u klub safidagi debyutini EFL kubogi 3-raundida Bournemouthga qarshi oʻyinda oʻtkazdi[38]. Ertasi kuni Krul Brighton bilan doimiy asosdagi shartnoma imzoladi va Newcastle bilan oʻn ikki yillik hamkorligini tugatdi[39]. Mavsum oxirida Krul klubni tark etdi[40].
Norwich City
[tahrir | manbasini tahrirlash]Krul 2018-yilning 24-iyulida Chempionat klubi Norwich City bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[41]. U 2019-yilning iyun oyida klub bilan yangi uch yillik shartnoma imzoladi[42]. Krul Norwich Cityning 2019—2020-yilgi mavsumida mavsumning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi va Barry Butler xotira kubogini qoʻlga kiritgan beshinchi darvozabonga aylandi.
Luton Town
[tahrir | manbasini tahrirlash]2023-yil 17-avgustda Krul Premyer-ligaga yangi ko‘tarilgan Luton Town klubi bilan shartnoma imzoladi. Shartnomaning muddati oshkor qilinmagan[43][44].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Krul 2005-yilda Peruda boʻlib oʻtgan FIFA 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Niderlandiya terma jamoasini 17 yoshgacha boʻlganlar darajasida himoya qilgan. U 2008-yil Toulon turnirida 21 yoshgacha boʻlganlar terma jamoasini himoya qilgan va 2011-yilgi 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash oʻyinlarida muntazam ishtirok etgan.
2011-yilning 4-iyunida Krul Niderlandiya terma jamoasi safida Braziliya termasiga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushdi va kattalar terma jamoasi safidagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi[45]. Krul 0:0 hisobidagi durang oʻyinda bir qator munosib himoyalarni amalga oshirib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. U xalqaro jamoadagi ikkinchi oʻyinini toʻrt kundan soʻng Urugvayga qarshi oʻtkazdi va oʻyin 90 daqiqadan soʻng 1:1 hisobida yakunlangach, Niderlandiya penaltilar seriyasida 3:4 hisobida magʻlub boʻldi[46]. Krul Niderlandiyaning UEFA Euro 2012 terma jamoasiga chaqirilgan, ammo hech qaysi oʻyinda ishtirok etmagan. Yangi bosh murabbiy Louis van Gaalning Amsterdamda Turkiyaga qarshi oʻtkazgan birinchi raqobatbardosh oʻyinida Krul asosiy darvozabon sifatida tanlandi va terma jamoasi bu oʻyinda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi.
2014-yil iyun oyida Krul Braziliyada boʻlib oʻtadigan 2014-yilgi FIFA Jahon chempionatida qatnashadigan Niderlandiya terma jamoasining tarkibiga kiritildi. Chorak finalda Kosta Rikaga qarshi kechgan oʻyinda uni Louis van Gaal 120-daqiqada, penaltilar seriyasida zaxiradan maydonga tushirdi. Niderlandiya 4:3 hisobida gʻalaba qozongan bu oʻyinda Krul darvozani duch kelgan beshta penaltisining ikkitasidan saqlab qoldi[47]. Bu Jahon chempionati tarixida birinchi marta darvozabonning faqat penaltilar seriyasi uchun zaxiradan maydonga tushirilishi boʻldi[48].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Krulning ikki farzandi bor[49]. ADO Den Haagdagi faoliyati davomida Krul „Bakkers Handen“ (Bakers Hands) laqabini oldi, uning aytishicha, bu laqab uning qoʻllari non boʻlaklari kattaligida boʻlganligi sababli berilgan edi[50].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 8-oktyabr holatiga koʻra:
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Newcastle United | 2006—2007[51] | Premyer-liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 |
2007—2008[52] | Premyer-liga | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | |||
2008—2009[53] | Premyer-liga | 0 | 0 | — | — | — | 0 | 0 | ||||
2009—2010[54] | Chempionat | 3 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | — | 8 | 0 | ||
2010—2011[55] | Premyer-liga | 21 | 0 | 1 | 0 | 3 | 0 | — | 25 | 0 | ||
2011—2012[56] | Premyer-liga | 38 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | — | 42 | 0 | ||
2012—2013[57] | Premyer-liga | 24 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 30 | 0 | |
2013—2014[58] | Premyer-liga | 36 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | 38 | 0 | ||
2014—2015[59] | Premyer-liga | 30 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 31 | 0 | ||
2015—2016[60] | Premyer-liga | 8 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 9 | 0 | ||
2016—2017[61] | Chempionat | — | — | — | — | — | ||||||
Jami | 160 | 0 | 6 | 0 | 11 | 0 | 7 | 0 | 184 | 0 | ||
Falkirk (ijara) | 2007—2008[52] | Shotlandiya Premyer-ligasi | 22 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | — | 26 | 0 | |
Carlisle United (ijara) | 2008—2009[53] | Birinchi liga | 9 | 0 | 0 | 0 | — | — | 9 | 0 | ||
Jong Ajax (ijara) | 2016—2017[62] | Eerste Divisie | 6 | 0 | — | — | — | 6 | 0 | |||
AZ (ijara) | 2016—2017[62] | Eredivisie | 16 | 0 | 2 | 0 | — | 6 | 0 | 24 | 0 | |
Brighton & Hove Albion | 2017—2018[63] | Premyer-liga | 0 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | — | 5 | 0 | |
Brighton & Hove Albion U21 | 2017—2018[63] | — | — | — | 1 | 0 | 1 | 0 | ||||
Norwich City | 2018—2019[64] | Chempionat | 46 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 46 | 0 | |
2019—2020[65] | Premyer-liga | 36 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 38 | 0 | ||
2020—2021[66] | Chempionat | 36 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | — | 37 | 0 | ||
2021—2022[67] | Premyer-liga | 29 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | 31 | 0 | ||
2022—2023[68] | Chempionat | 13 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 13 | 0 | ||
Jami | 160 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 165 | 0 | ||
Faoliyati jami | 373 | 0 | 19 | 0 | 14 | 0 | 14 | 0 | 420 | 0 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2021-yil 2-iyun holatiga koʻra[69]:
Niderlandiya | |||
Yil | Ishtirok | Gollar | |
---|---|---|---|
2011-yil | 2 | 0 | |
2012-yil | 2 | 0 | |
2013-yil | 1 | 0 | |
2014-yil | 2 | 0 | |
2015-yil | 1 | 0 | |
2020-yil | 3 | 0 | |
2021-yil | 4 | 0 | |
Jami | 15 | 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Norwich City
- EFL chempionati: 2018—2019[70], 2020—2021
Niderlandiya U17
- 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati 2-oʻrin: 2005[71]
- FIFA 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Jahon chempionati 3-oʻrin: 2005[72]
Niderlandiya U21
- 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2007[73]
Niderlandiya
- FIFA Jahon chempionati 3-oʻrin: 2014[74]
Individual
- Premyer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi: 2013-yil noyabr[75]
- Norwich Cityda mavsumining eng yaxshi futbolchisi: 2019—2020[76]
- Yilning PFA jamoasi: 2020—2021 chempionati[77]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Updated squads for 2017/18 Premier League confirmed“. Premier League (2-fevral 2018-yil). Qaraldi: 10-fevral 2018-yil.
- ↑ „2014 FIFA World Cup Brazil: List of Players: Netherlands“. FIFA (14-iyul 2014-yil). 3-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Tim Krul“. Norwich City F.C.. 29-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-dekabr 2018-yil.
- ↑ „CAS verdict“. 2012-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Palermo 0–1 Newcastle“. BBC Sport (2-noyabr 2006-yil). Qaraldi: 3-avgust 2007-yil.
- ↑ „Dutch Stopper Raring to Go“. Newcastle United F.C. (25-aprel 2007-yil).
- ↑ „New contracts for Solano and Krul“. BBC Sport (3-avgust 2007-yil). Qaraldi: 3-avgust 2007-yil.
- ↑ „Gretna 0–4 Falkirk“. BBC Sport (4-avgust 2007-yil). Qaraldi: 4-avgust 2007-yil.
- ↑ „Krul joins Falkirk in loan deal“. Newcastle United F.C. (3-avgust 2007-yil). 6-fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-avgust 2007-yil.
- ↑ „Cumbrians capture Krul“. Sky Sports (21-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 21-noyabr 2008-yil.
- ↑ Paul Wilson. „Newcastle United given a rare glow by Damien Duff and Tim Krul“. The Guardian (8-avgust 2009-yil). Qaraldi: 8-avgust 2009-yil.
- ↑ „Newcastle keeper signs new deal“. Ontheminute.com (29-iyul 2010-yil). 2011-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-iyul 2010-yil.
- ↑ „Everton v Newcastle“. BBC Sport (18-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2010-yil.
- ↑ „Newcastle v Stoke“. BBC Sport (26-sentabr 2010-yil). Qaraldi: 26-sentabr 2010-yil.
- ↑ „Fabricio Coloccini and Tim Krul sign new Newcastle contracts“. BBC Sport (3-mart 2012-yil). Qaraldi: 3-mart 2012-yil.
- ↑ „Thomas Vermaelen hit a 95th-minute winner as Arsenal closed to within a point of third-placed Tottenham.“. BBC Sport (12-mart 2012-yil). Qaraldi: 12-mart 2012-yil.
- ↑ „Robin van Persie's expert antagonization of Newcastle's Tim Krul“. Yahoo! Sports (13-mart 2012-yil). Qaraldi: 13-mart 2012-yil.
- ↑ „Theo Walcott warns Tottenham that Arsenal are poised to overtake“. The Guardian (12-mart 2012-yil). Qaraldi: 25-avgust 2020-yil.
- ↑ „Perch: RVP was out of order with Tim Krul taunts“. Chronicle Live (14-mart 2012-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Tim Krul wins Toon Talk's NUFC player of the year“. Chronicle Live (9-may 2012-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Number one shirt is the proof of Tim Krul's ascent“. The Journal (28-iyul 2012-yil). 2018-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Steve Harper ready to step in for injured Tim Krul at Newcastle United“. Sky Sports (11-sentabr 2012-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Newcastle United defensive duo set for derby return“. Chronicle Live (19-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Sunderland 1–1 Newcastle“. BBC Sport (19-oktabr 2012-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Newcastle United goalkeeper Tim Krul ruled out for five weeks“. BBC Sport (28-fevral 2013-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Newcastle 0–3 Sunderland“. BBC Sport (14-aprel 2013-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Newcastle keeper Tim Krul out for season after dislocating his shoulder“. Sky Sports (14-aprel 2013-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Tim Krul confident ahead of new season after successful return from injury“. Sky Sports (8-avgust 2013-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Tim Krul“. Sky Sports (4-dekabr 2013-yil). 15-dekabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Newcastle's Alan Pardew and Tim Krul the Premier League manager and player of month for November“. Sky Sports (6-dekabr 2013-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Toon goalkeeping legend Pavel Srnicek backs Tim Krul to keep improving“. Chronicle Live (18-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Tim Krul is 'one of the the bestʼ keepers in league — Alan Pardew“. BBC Sport (10-noyabr 2013-yil). Qaraldi: 14-dekabr 2013-yil.
- ↑ „Tim Krul injury“. BBC Sport (1-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 1-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Tim Krul return“. BBC Sport (10-yanvar 2014-yil). Qaraldi: 10-dekabr 2014-yil.
- ↑ „Krul Joins Ajax on Loan“. Newcastle United F.C. (25-avgust 2016-yil). Qaraldi: 25-avgust 2016-yil.
- ↑ „Tim Krul: Newcastle United goalkeeper joins AZ Alkmaar on loan“. BBC Sport (31-yanvar 2017-yil).
- ↑ „Albion Sign Dutch Keeper on Loan“. Brighton & Hove Albion F.C. (31-avgust 2017-yil). 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-avgust 2017-yil.
- ↑ „Bournemouth 1–0 Brighton (aet)“. BBC Sport (19-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 20-sentabr 2017-yil.
- ↑ „Tim Krul: Brighton sign Newcastle goalkeeper on one-year deal“. BBC Sport (20-sentabr 2017-yil). Qaraldi: 20-sentabr 2017-yil.
- ↑ „First Fulham, now Stoke are after Albion goalkeeper Tim Krul“. The Argus (2-iyul 2018-yil). Qaraldi: 18-iyul 2018-yil.
- ↑ „Norwich City sign Dutch goalkeeper Tim Krul“. Norwich City F.C. (24-iyul 2018-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2018-yil.
- ↑ „Tim Krul: Norwich City goalkeeper signs new deal“. BBC Sport (3-iyun 2019-yil).
- ↑ „Tim Krul: Luton Town sign Dutch goalkeeper from Norwich City“. BBC Sport (2023-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 17-avgust.
- ↑ „Luton sign Dutch keeper Krul from Norwich“. The Print (2023-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 17-avgust.
- ↑ „Ten-man Brazil draw blank against Dutch“. FIFA (4-iyun 2011-yil). 7-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2011-yil.
- ↑ „Uruguay get one back over Dutch“. FIFA (8-iyun 2011-yil). 12-iyun 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-iyun 2011-yil.
- ↑ „Netherlands 0–0 Costa Rica“. BBC Sport (5-iyun 2014-yil). Qaraldi: 6-iyun 2014-yil.
- ↑ Dimond, Alex. „Tim Krul's Saves Vindicate Louis Van Gaal's Latest Bold, Arrogant Gamble“. Bleacher Report (5-iyul 2014-yil). Qaraldi: 6-iyul 2014-yil.
- ↑ „Goalkeeper Tim Krul became the father of a son“. Teller Report (10-iyul 2021-yil). Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ Ryder, Lee. „Tim Krul reveals how he became the master of mind games“. Chronicle (2014).
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2006/2007“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-oktabr 2017-yil.
- ↑ 52,0 52,1 „Games played by Tim Krul in 2007/2008“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-iyun 2018-yil.
- ↑ 53,0 53,1 „Games played by Tim Krul in 2008/2009“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-iyun 2018-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-iyun 2018-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-oktabr 2017-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 4-oktabr 2017-yil.
- ↑ 62,0 62,1 „Tim Krul: Club matches“. WorldFootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 8-iyun 2018-yil.
- ↑ 63,0 63,1 „Games played by Tim Krul in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 8-iyun 2018-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 16-may 2019-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 16-may 2019-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2020/2021“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 27-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2021/2022“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 15-avgust 2021-yil.
- ↑ „Games played by Tim Krul in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2-iyul 2022-yil.
- ↑ Tim Krul National-Football-Teams.com saytida
- ↑ Football Yearbook 2019–2020 Anderson: . London: Headline Publishing Group, 2019 — 258–259-bet. ISBN 978-1-4722-6111-3.
- ↑ „UEFA European U-17 C'ship: Netherlands 0–2 Turkey“. UEFA (14-may 2005-yil). 2014-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2014-yil.
- ↑ „FIFA U-17 World Championship Peru 2005 – Netherlands 2:1 (1:0) Turkey“. FIFA (2005-yil 2-oktyabr). Qaraldi: 21-avgust 2014-yil.
- ↑ „Jong Oranje clinch European crown“. UEFA (2007-yil 24-iyun). Qaraldi: 23-sentabr 2014-yil.
- ↑ „2014 FIFA World Cup Brazil: Brazil-Netherlands“. FIFA (12-iyul 2014-yil). 2014-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2014-yil.
- ↑ „Tim Krul: Overview“. Premier League. Qaraldi: 29-sentabr 2018-yil.
- ↑ „Tim Krul crowned Falcon Cranes Player of the Season for 2019-20“. Norwich City F.C. (22-iyul 2020-yil). 24-fevral 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2020-yil.
- ↑ „Norwich City dominate with six players in PFA Championship team of the year“. BBC Sport (3-iyun 2021-yil). Qaraldi: 3-iyun 2021-yil.