Timur Akuluv
Akulov Timur Yuryevich | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1953-yil 25-aprel Yangiyoʻl shahri |
Vafoti |
2018-yil 2-may Qozon shahri |
Taʼlim | LDU |
Akulov Timur Yuryevich (25-aprel 1953-yil, Yangiyoʻl – 2-may 2018-yil, Qozon) – davlat va siyosat arbobi. 2012-yil 19-iyuldan Tatariston Respublikasidan VI chaqiriq Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Davlat Dumasi deputati, Rossiya parlamentidagi Mudofaa qoʻmitasi aʼzosi. Ilgari Tatariston maʼmuriyatida turli lavozimlarda ishlagan[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Timur Akulov 1953-yil 25-aprelda Oʻzbekiston SSR, Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahrida tugʻilgan[2].
Mehnat faoliyatini 1970-yilda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Kalinin nomidagi kolxozda boshlagan[3].
Sovet Armiyasi safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan. Keyin Leningraddagi Orjonikidze nomidagi Boltiqboʻyi kemasozlik zavodida kema montajchisi boʻlib ishlagan.
1974-yilda Timur Aqulov Leningrad davlat universitetining Sharq fakultetiga oʻqishga kirgan. 1979-yilda esa bu universitetni imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Sharqshunos-tarixchi mutaxassisligini olgan.
Universitetni bitirganidan soʻng 1979—1982-yillarda Yaman Xalq Demokratik Respublikasida harbiy tarjimon boʻlib ishlagan.
1982-yilda ilmiy kutubxona xodimi boʻlgan.
1983-yilda Qozon davlat universitetida assistent lavozimini egallagan hamda u yerda 1991-yilgacha ishlagan. 1988—1991-yillarda Adan shahridagi (Yaman Respublikasi) Ijtimoiy fanlar institutida oʻqituvchi boʻlib ishlagan.
1991-yilda Tatariston Respublikasi Prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan. 1994-yilda esa lavozimi Tatariston Respublikasi Prezidentining xalqaro masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi darajasiga koʻtarilgan.
1995-yilda Timur Akulov Tatariston Respublikasi Prezidentining Tashqi aloqalar departamenti direktori boʻlgan. 2010-yil mart oyida u Tatariston Respublikasi Prezidentining tashqi aloqalar departamenti direktori lavozimini egallagan. 2011-yil mart oyida esa Tatariston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlangan.
2011-yilda Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasiga saylangan. Davlat Dumasi deputati sifatida u chet eldagi vatandoshlar bilan ishlash boʻyicha hukumat komissiyasining aʼzosi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining taʼsis etuvchi sub’ektlarining Xalqaro va tashqi iqtisodiy aloqalar boʻyicha maslahat kengashining aʼzosi boʻlgan.
Timur Akulov 2018-yil 2-may kuni Qozon shahrida vafot etdi[4].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Timur Akuluv turmush qurgan. Ikki nafar oʻgʻli va bitta nabirasi bor.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Акулов Тимур Юрьевич экс-депутат Государственной думы ФС РФ“ (ru). БИЗНЕС Online. 2021-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-iyun.
- ↑ „Справочник персоналий“. tatarstan.ru. 2021-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-dekabr.
- ↑ „Акулов Тимур Юрьевич, фото, биография“. persona.rin.ru. 2021-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-dekabr.
- ↑ „Скончался бывший помощник президента РТ Тимур Акулов — Реальное время“ (ru). realnoevremya.ru. 2021-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-dekabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Акулов, Тимур Юрьевич“. Davlat Dumasi. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- „Акулов, Тимур Юрьевич“ (deadlink). Davlat Dumasining Mudofaa bo'yicha qo'mitasi. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- „Акулов, Тимур Юрьевич“. VI chaqiriq Davlat Dumasidagi “Yagona Rossiya” fraksiyasi. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- „Акулов, Тимур Юрьевич“ (deadlink). Tatariston Respublikasining Yagona Rossiya partiyasining mintaqaviy bo'limi. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.
- „Акулов, Тимур Юрьевич“. Tatariston Rasmiy. Qaraldi: 2015-yil 12-iyun.