Kontent qismiga oʻtish

Yangiyoʻl

Koordinatalari: 41°6′45″N 69°2′48″E / 41.11250°N 69.04667°E / 41.11250; 69.04667
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yangiyo‘ldan yoʻnaltirildi)
Yangiyoʻl
shahar
41°6′45″N 69°2′48″E / 41.11250°N 69.04667°E / 41.11250; 69.04667
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Toshkent viloyati
Avvalgi nomlari Qovunchi
Rasmiy til(lar)i Oʻzbek tili
Aholisi
109 500
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998
Avtomobil kodi 10
Yangiyoʻl xaritada
Yangiyoʻl
Yangiyoʻl
Yangiyoʻl xaritada
Yangiyoʻl
Yangiyoʻl

Yangiyoʻl (1934-yil gacha Qovunchi qishlogʻi) – Toshkent viloyatidagi shahar. Chirchiq daryosining oʻng sohilida, Katta Oʻzbekiston trakti yonida, oʻrtacha 307 m balandlikda. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 60,3 ming kishi (2005). Shahar oʻrtasidan Kurkuldak arigʻi, shahar chekkasidan Joʻnariq kanali oʻtgan. 10 dan ortiq sanoat korxonasi, 500 dan ziyod kichik va oʻrta biznes korxonasi, 1500 dan ortiq tadbirkor faoliyat koʻrsatadi. „Russi—SA“ qoʻshma korxonasi ishlab turibdi. Mebel, poyabzal fabrikalari, un, yogʻmoy kti, biokimyo, temirbeton konstruksiyalari, paxta tozalash, gʻisht, eksperimental kolbasa, vinokonyak, konserva, kanop zavodlari, qandolatpazlikxamirturush birlashmasi, avtokorxonalar, qurilishtaʼmirlash tashkilotlari va boshqalar mavjud. 13 umumiy taʼlim, bolalar va oʻsmirlar musiqa, sport maktablari, akademik litsey, 3 kasb-hunar (texnologikiqtisodiyot, tibbiyot, maishiy xizmat) kolleji bor. 11 kutubxona, madaniyat uyi, 12 klub, madaniyat va istirohat bogʻi, Usmon Yusupov uymuzeyi, Alisher Navoiy xiyoboni, „Motamsaro ona“ yodgorligi mavjud. Markaziy kasalxona, tugʻruqxona, bir necha poliklinika, dorixonalar, ayollar konsultatsiyasi aholiga xizmat koʻrsatadi.[1]

1934-yilgacha Qovunchi posyolkasi nomi bilan atalgan. Chirchiq daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan.

Toshkent shahridan Yangiyoʻlgacha masofa 20km.

Aholisi: 80 000 (2001).

Ishlab chiqarish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yogʻ-moy kombinati, biokimyo, paxta qayta ishlash, kolbasa, un ishlab chiqarish, konserva mahsulotlari, temir-beton materiallari, qandolatchilik mahsulotlari, oyoq kiyim fabrikasi.

oziq-ovqat kolleji, Kasb-hunar kolleji, Tibbiyot kolleji.

Mashhur kishilar:

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. "Yangiyoʻl" OʻzME. Ya-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil