Timur Kocaoğlu

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Timur Kocaoğlu
Temur Xoʻja o‘g‘li
Tavalludi 31-may 1947-yil (1947-05-31) (76 yosh)
Istanbul
Fuqaroligi Turkiya
Sohasi Tarix
tilshunoslik
siyosatshunoslik
Ish joylari
Ilmiy darajasi Fan doktori
Akademik rahbarlari Edward Allworth
Mashhur ishlari
  • Türkistanʼda yenilik hareketleri ve ihtilaller, 1900-1924: Osman Hoca anısına incelemeler
  • Türki̇stanli Bi̇lgi̇n Abdurrauf FitratʼIn Türkoloji̇ Sahasindaki̇ Unutulmuş Eserleri̇
  • Türki̇stanʼda Osmanli Türk Subaylarinin Faali̇yetleri̇ (1914-1923)
  • Türk Dünyası Konuşma Kılavuzu
  • Making Russia and Turkey Great Again?
  • Проэкт Културной Автономии Туркестана Махмудходжи Бехбуди 1907 [Mahmuthoca Behbudi’nin Türkistan Kültürel Muhtariyeti Tasarısı]. Saarbrücken: Lambert Academic Publishing
Turmush oʻrtogʻi Nigorxonim
Timur Kocaoğlu va Shavkat Mirziyoyev. Berlindagi Oʻzbekiston Arxeologiya koʻrgazmasining ochilish marosimidan lavha. 2023-yil 3-may

Timur Kocaoğlu (oʻzbekcha: Temur Xoʻja o‘g‘li, 1947-yil 31-may, Istanbul) — kelib chiqishi asli oʻzbek boʻlgan amerikalik hamda turkiyalik tarixchi va siyosatshunos. Columbia Universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan birinchi oʻzbek olimi[1][2][3][4]. 1947-yili Istanbulda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi rahbarlaridan biri boʻlgan Usmonxo‘ja oilasida tug‘ilgan. 1971-yili Istanbul universiteti Adabiyot fakultetining turk tili va adabiyoti boʻlimini tugatgan. 1977-yili Columbia universiteti (Nyu-York) sanʼat, Yaqin Sharq tillari madaniyatlari boʻlimida (MELAC) tahsil olgan, soʻngra 1979-yili Columbiya universiteti Xalqaro tadqiqotlar boʻlimida siyosiy fanlar boʻyicha ikkita magistrlik dissertatsiyasini yoqlagan[5]. 1982-yili Columbia universitetida faoliyat olib borgan mashhur professor Edward Allworthning ilmiy rahbarligida „National Identity in Soviet Central Asian Prose Fiction of the Post-Stalin Period: 1953— 1982“ („Sovet O‘rta Osiyo adabiyotida Stalindan so‘nggi davr qozoq va o‘zbek badiiy nasrida milliy o‘ziga xoslik: 1953—1982 yillar“) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[6]. Timur Kocaoğlu ushbu dissertatsiyani himoya qilgach, uzoq yillar Ozodlik radiosida faoliyat olib borgan[7].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Timur Kocaoğlu 1947-yil 31-mayda Istanbulda tug‘ilgan. U paytlarda otasi Usmonxo‘ja siyosiy bosimlar ostida tez-tez Turkiyadan chiqib ketishga, ish yuzasidan ko‘chib yurishga majbur bo‘lgan. Timur to‘rt yoshligida oilasi bilan Pokistonning Peshovar shahriga ko‘chib borgan. U yerda joylashgan Convent High School ingliz tili maktabida uch yil o‘qigan. Usmonxo‘ja oilasi 1957-yilda Istanbulga qaytgan va Timur o‘qishni Ahmet Rasim boshlang‘ich maktabida davom ettirgan. Keyinchalik Kartal o‘rta maktabda, so‘ngra Pendik litseyida o‘qigan. Litseydagi o‘qish davrida tarix o‘qituvchisi Nazmiye To‘g‘on va adabiyot o‘qituvchisi Selahattin Savcıdan saboq olgan. Nazmiye To‘g‘on turkiy xalqlar milliy ozodlik harakatining yetakchilaridan biri va mashur olim Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘onning rafiqasi edi.

Timur Kocaoğlu o‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlarda do‘sti Yusuf Çotuksöken bilan „Duvar“ nomli (devoriy) gazeta chiqargan. Bundan tashqari, o‘sha vaqtlarda fotograflik ham qilgan. 1965-yil Istanbul universitetining Turk tili va adabiyoti bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan. Bu universitetda mashhur turkshunos olimlar Ali Nihad Tarlan, Abdulkadir Karahan, Ahmet Caferoğlu, Sadettin Buluç, Faruk Timurtaş, Muharrem Ergin, Fahir İz, Mehmet Kaplan, Ömer Faruk Akün, Ali Karamanlıoğlu kabi ustozlardan taʼlim olgan.

Universitetda o‘qib yurgan kezlar otasi Usmonxo‘ja olamdan o‘tgan. Usmonxo‘ja o‘g‘li Timurni soʻnggi bor o‘z huzuriga chorlab quyidagicha vasiyat qilgan:

Men senga bankda pul qoldirayotganim yo‘q, baland qasrlar, hosildor yerlar ham qoldirayotganim yo‘q, seni suyab yuradigan opa-uka ham qoldirmadim, faqat hamisha yodingda tutishing uchun Vatan hasratini qoldirdim[8].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmonxo‘ja vafotidan bexabar Columbia universiteti professori Edward Allworth uning nomiga maktub yuborgan. Maktubda Buxoro va undagi siyosiy jarayonlari bilan bog‘liq baʼzi savollar berilgan edi. Maktubni olgan Timur Kocaoğlu oʻz javob maktubida otasining o‘lim xabari bilan birga maktubdagi baʼzi savollarga javob berishga ham harakat qilgan. Shu tariqa Timur Kocaoğlu professor Edward Allworth bilan maktub orqali yaqindan tanishib olgan. Edward Allworth Timur Kocaoğluning O‘rta Osiyo xalqlarining adabiyotiga qiziqishi kuchli ekanini sezgach, grant orqali Amerikaga kelishiga yordam bergan[9][10].

Timur Kocaoğlu ilmiy faoliyat olib borish bilan birga 1977-yildan Ozodlik radiosida ham ishlay boshlagan. U vaqtda Ozodlik radiosi xabarlari 22 tilda efirga uzatilar edi. Ular qatorida 6 ta turkiy til (o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, turkman, tatar va boshqirdcha) ham bo‘lgan. Olim Ozodlik radiosida ishlagan 17 yil davomida o‘zbek va ingliz tillarida yuzlab ilmiy maqolalar yozgan. Germaniyada ishlab yurgan kezlar nemis tilini ham o‘rgangan. Ozodlik radiosidagi faoliyatidan biroz tanaffus olib, 19851988-yillarda Marmara universitetida ishlagan. Yana to‘rt yil Ozodlik radiosida faoliyat olib borgandan so‘ng Koç universitetining dekani Attila Aşkar taklifi bilan 1993-yilda Turkiyaga qaytgan va Koç universitetida dars bergan. 19952005-yillarda Türk Dil Kurumu Bilim Kuruluda ishlagan. 2011-yildan Michigan universitetida faoliyat boshlagan. 2021-yilda Michigan universitetidan pensiyaga chiqgan. Hozir O‘zbekiston milliy universitetida onlayn darslar bermoqda. Bundan tashqari, YouTubeda „Türkbilim Sanaltayları“ nomli ilmiy kontentga asos solgan va ilmiy konferensiyalar o‘tkazib kelmoqda[9][11].

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Timur Kocaoğlu (Hazır.). Türk Dünyası Konuşma Kılavuzu/Turkic World Phrase Guide. Istanbul: Türk Dünyası Araştırmaları Vakfı, 1992; 156
  • Timur Kocaoğlu (Haz.), Yaş Türkistan: Türkistan Milli İstiklal Fikrine Hizmet Eden Aylık Dergi (Paris). Cilt. 1 (1929-1930). İstanbul: Ayaz Tahir Türkistan İdil-Ural Vakfı Yayınları, 1997
  • Timur Kocaoğlu, „Yaş Türkistanʼın Türkistan Basın Tarihindeki Yeri“ Yaş Türkistan: Türkistan Milli İstiklal Fikrine Hizmet Eden Aylık Dergi (Paris). Vol. 1 (1929- 1930). İstanbul: Ayaz Tahir Türkistan İdil-Ural Vakfı Yayınları, 1997; s. 13
  • Timur Kocaoğlu, (Hazır.). Reform Movements and Revolutions in Turkistan: 1900—1924. Haarlem (Netherlands): SOTA, 2001 (İlk Baskı); 506 sayfa
  • Timur Kocaoğlu, (Hazır.). Reform Movements and Revolutions in Turkistan: 1900—1924. Haarlem (Netherlands): SOTA, 2001 (2. Baskı: 2018) ; 506 sayfa
  • Timur Kocaoğlu. Karay: The Trakai Dialect. Munich: Lincom Europa Academic Publications, 2006; 243 sayfa.
  • Timur Kocaoğlu. Sevgi Sözleri: Yırlar. Istanbul: Kutlu Yayınevi, 2018; 245 sayfa.
  • Тимур Хўжа оғли, Севги Сўзлари. Тошкент: Қамар Медя, 2021.
  • Timur Kocaoğluning Yoshlar ishlari agentligiga tashrifi jarayonidan
    Timur Kocaoğlu ile Akarturk Karahan, Sevgilim Güzel Hasineʼm: Yüzbaşı Şerafettinʼin Eşine Mektupları, 1911-1922 . Istanbul: Cümle Yayın., 2018; 144 sayfa
  • Timur Kocaoğlu. Maghjan Jumabayev: The Poet of Flame, Liberty, and Love. Astana (Kazakhstan): International Turkic Academy, 2018; 93.
  • Timur Kocaoğlu ile Muhammed Kayum Azizi. Binbir Bilmece: Afganistan Özbek Ağızlarından. Istanbul: Uluslararası Türk Akademisi Yayını, 2019; 536 sayfa.
  • Timur Kocaoğlu (Haz.) Türk Söz ile Kültür Varlıklarının İzinde. İstanbul: Türk Dil Derneği Yayını (Basım: Kutlu Yayınevi), Aralık 2020; 399
  • Timur Kocaoğlu, Tülay Gençtürk Demircioğlu, ile Akartürk Karahan. Kurtuluş Savaşı’nın Unutulmuş Şairi Doktor Şerafettin Bey (1889-1922) Toplu Şiirleri.. Ankara: Türk Dil Kurumu, 2021; 287.
  • Norman Graham, Folke Lindahl, Timur Kocaoğlu. Making Russia and Turkey Great Again. Lanham: Lexington Books, 2021, 244
  • Joʻliboy Eltezerov ile Timur Kocaoğlu (Haz.). Buhara Cumhuriyeti 101 Yaşında / Buxoro Jumhuriyati 101 Yoshda. İstanbul: KutluYayınevi, 2021; 282. (Özbekistan baskısı: Taşkent: Mumtoz, 2021).
  • Timur Kocaoğlu, „Çağdaş Özbek Edebiyatı“ Türk Dünyası El Kitabı, Dördüncü Cilt: Edebiyat (Türkiye D ışı Türk Edebiyatları). Ankara: Türk Kültürünü Araştırma Enstitüsü, 1998 (Üçüncü Baskı); s. 179-197.
  • Shamsiddin Kamoliddin — Timur Kocaoğlu. Проэкт Културной Автономии Туркестана Махмудходжи Бехбуди 1907 [Mahmuthoca Behbudi’nin Türkistan Kültürel Muhtariyeti Tasarısı] Saarbrücken: Lambert Academic Publishing[12][13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Timur Kocaoğlu (1947)“ (2013-yil 25-mart). 2020-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-dekabr.
  2. „Buhara'nın ilk Cumhurbaşkanı Osman Hoca'nın oğlu Prof. Dr. Kocaoğlu: Buhara ordusu Türk subayların desteğiyle kuruldu“. star.com.tr. Qaraldi: 2020-yil 3-sentyabr.
  3. „Osman Kocaoğlu'nu Anma“. turkdilidernegi.org.tr. Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  4. „TUHAF BİR TARİH ANLAYIŞI“. www.tarihistan.org. Qaraldi: 2020-yil 9-aprel.
  5. „Timur Kocaoglu“. academia.edu. Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
  6. Sulaymon Inoyatov. BUXOROI ShARIF XOʻJALARI: USMON XOʻJA, OTAULLA XOʻJAYeV, FAYZULLA XOʻJAYeV AJDODLARI VA AVLODLARI ShAJARASI, Buxoro, 2022
  7. Timur Kocaoğlu (1947) „Timur Kocaoğlu (1947)“. 2013-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-may.
  8. Сулаймон Иноятов. БУХОРOИ ШАРИФ ХЎЖАЛАРИ: УСМОН ХЎЖА, ОТАУЛЛA ХЎЖАЕВ, ФАЙЗУЛЛА ХЎЖАЕВ АЖДОДЛАРИ ВА АВЛОДЛАРИ ШАЖАРАСИ 96 бет
  9. 9,0 9,1 Aleyna Malkoç. Türkbilimde Arayışlar Timur Kocaoğlu Armağanı. İstanbul: KUTLU YAYINEVİ, 2022
  10. Prof. Dr. Timur Kocaoğlu „The Opening Lecture on “Turkology from Past to Present” by Prof. Dr. Timur Kocaoğlu“. Qaraldi: 2022-yil 12-oktyabr.
  11. „LEARNING TURKISH AND TURKIC LANGUAGES ON DIGITAL ENVIRONMENT IN THE USA ~ PRESENTED KNOWLEDGE AND OPPORTUNITIES“. lmglobal.org. Qaraldi: 2022-yil 2-mart.
  12. „The Opening Lecture on “Turkology from Past to Present” by Prof. Dr. Timur Kocaoğlu“. marmara.edu.tr. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  13. „Timur Kocaoğlu kitapları“. nadirkitap.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Aleyna Malkoç. Türkbilimde Arayışlar Timur Kocaoğlu Armağanı. İstanbul: KUTLU YAYINEVİ, 2022 — 900 bet. 
  • Сулаймон Иноятов. БУХОРOИ ШАРИФ ХЎЖАЛАРИ: УСМОН ХЎЖА, ОТАУЛЛA ХЎЖАЕВ, ФАЙЗУЛЛА ХЎЖАЕВ АЖДОДЛАРИ ВА АВЛОДЛАРИ ШАЖАРАСИ, Бухоро, 2022 — 183 bet. 
  • BUHARA CUMHURIYATI 101 YAŞINDA, Истанбул – Тошкент, 2021 — 282 bet. 
  • Inoyatov S. „Qatagʻon qurboni boʻlgan uch buyuk siymo“. „Taʼlim va innovatsion tadqiqotlar“ Xalqaro ilmiy-metodik jurnal. Buxoro −2022. № 1, -B.7-23
  • Ayniy S. „Taʼrixi inqilobi Buxoro“. Dushanbe, 1987
  • Tarixning nomaʼlum sahifalari“, Hujjat va materiallar. Birinchi kitob. T.: „Gʻ.Gʻulom nomidagi nashriyot — matbaa ijodiy uyi“, 2009.
  • "Osman Khoja and the Origins of Jadidism in Bukhara, " in Türkistanʼda Yenilik Hareketleri ve İhtilaller, 1900-1924: Osman Hoca Anısına İncelemeler / Reform Movements and Revolutions in Turkistan, 1900-1924: Studies in Honour of Osman Khoja, ed. Timur Kocaoğlu (Haarlem: SOTA, 2001)
  • Yaş Türkistan, Cilt 1 (1929— 1930), haz. Timur Kocaoğlu, Ayaz Tarih Türkistan İdil. Ural Vakfı Yayınları, İstanbul, 1997