Tinkoff bank
Tinkoff bank (ruscha: Тинькофф банк), sobiq Tinkoff Credit Systems (ruscha: Тинькофф Кредитные Системы) – Moskva shahrida joylashgan va 2006-yilda Oleg Tinkov tomonidan asos solingan Rossiya tijorat banki [1]. U raqamli bank hisoblanib, mijozlariga jismoniy xizmat koʻrsatishga moʻljallangan filiallari mavjud emas[2]. Bank Rossiyada kredit kartalar chiqarish boʻyicha ikkinchi eng yirik[3] hamda mijozlar soni boʻyicha dunyodagi eng yirik raqamli bank hisoblanadi[4]. 2022-yil mart oyi holatiga koʻra, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida kiritilgan sanksiyalarga muvofiq Tinkoff bankning kredit reytinglari bekor qilingan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tadbirkor Oleg Tinkov Boston Konsalting Grup konsultantlari bilan Rossiyada filiallarga ega boʻlmagan bank ochish gʻoyasini muhokama qilganidan keyin 2006-yilda Tinkoff Credit Systemsga asos soldi[5][6]. Tinkov bankka 70 mln dollar atrofida sarmoya yotqizdi va uning ish faoliyatini Amerikaning Capital One banki biznes modelida tashkil qildi. Tinkov Moskvadagi Ximmashbank korporativ bankini sotib oldi. 2007-yilda bankka Goldman Sachs tomonidan sarmoya kiritildi. 2013-yilda Tinkoff bank London fond birjasida listingga kiritilib, 1,1 mlrd dollarga baholandi va oʻsha yili bank Financial Times nashrining Banker jurnali tomonidan yilning eng yaxshi banki deb topildi.
2013-yilda Dmitriy Agarkov ismli rus bankdan 24 million rubl (724 ming dollar) undirishga uringan; Agarkov 2008-yilda bank bilan tuzilgan kredit karta shartnomasini tahrir qilgan va uning tahrirlari bank tomonidan qabul qilingan. Keyinchalik, nomaʼlum kelishuvga erishilgandan soʻng, tomonlar qonuniy daʼvosidan voz kechdi[7][8][9][10].
2015-yilda bank rebrendingni amalga oshirib, Tinkoff bankka aylandi[11]. Ayni yilda Global Finance jurnali tomonidan Rossiyaning eng yaxshi Internet-chakana banki deb topildi[3].
2019-yilning dekabrida Tinkoff bank Rossiyadagi klaviaturasiz va qogʻoz kvitansiyalarni chop etish imkoniyati boʻlmagan birinchi toʻliq raqamli bankomatni taqdim qildi[12]. 2019-moliya yilida Tinkoff daromadlari 33 foizga oshganini eʼlon qildi[12]. Tinkoff bank ilovasining navbatdagi yangilanishida kinoteatr chiptalari va mehmonxona xonalarini hamda oʻzining shoʻba korxonasi Tinkoff Travel orqali taʼtillarni band qilib qoʻyish funksiyalari qoʻshildi[4]. 2020-yilning mart oyida bank aksiyalarining 40 foiziga egalik qiluvchi Oleg Tinkov AQSh Adliya vazirligi tomonidan ayblanganidan soʻng, bank aksiyalari qiymati tushib ketdi[13][14]. 2020-yilda Tinkoff solarisBank hamda Visa tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Vivid Money nemis mobil banking startapini moliyalashtirishga yordam berdi[15].
2021-yilning boshida Oleg Tinkov ulushining bir qismini sotganidan va qolgan 35 foiz qismini oddiy aksiyalarga konvertatsiya qilganidan soʻng, TCS Groupning yirik aksiyadorlari safidan chiqdi[16].
2021-yilning fevralida The Banker nashri Tinkoff bankni Rossiyaning 50 ta banki orasida yetakchi bank deb topdi. Ushbu oʻrin Covid-19 davrida onlayn-banking rolining ortishi bilan bogʻliq[17].
2021-yilning 29-mart kuni Tinkoff bank Moskva arbitraj sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qildi. Bank MTS uyali aloqa operatorini SMS joʻnatish uchun tariflarni adolatsiz oʻrnatishda ayblab, 1 milliard rubldan ortiq miqdorda tovon puli toʻlashni talab qildi. MTS ayblovlarga qarshi chiqdi[18]. Biroz keyinroq, may oyida Tinkoff oʻxshash daʼvo bilan Rossiyaning „katta uchlik“ operatorlaridan yana biri VimpelComni sudga berdi. Bu galgi tovon puli miqdori 436,8 million rubl edi[19].
Forbes jurnalining 2021-yil aprel oyidagi „Dunyoning eng yaxshi banklari“ (The World’s Best Banks) reytingida Tinkoff Rossiya banklari orasida beshinchi oʻrinni egalladi[20].
2021-yil oktyabr oyida bank Tinkoff Businessning bir qismi sifatida elektron tijorat boʻlimini tashkil qildi. Unga tajribasiz va eBay Rossiyaning sobiq bosh direktori Ilya Kretovni rahbar etib tayinladi[21].
2021-yil oktyabr oyida Rossiya Markaziy banki Tinkoff bank tarkibiga kiruvchi „Tinkoff Capital“ aktivlarini boshqarish kompaniyasiga portfelni boshqarish imkonini beruvchi litsenziyani berdi. 2019-yil iyun oyida tashkil etilgan „Tinkoff Capital“ investitsiya, xususiy pensiya va xususiy kapital fondlarini boshqarishga ruxsat oldi. 2021-yil oktyabr holatiga koʻra, „Tinkoff Capital“ ning sof kapitali 30 milliard dollarga baholangan[22]. Xuddi shu oyda Tinkoff bankni boshqaruvchi TCS Group Singapurda „Tinkoff Global PTE“ ga asos soldi va guruhning xalqaro kengayish strategiyasiga muvofiq Janubi-sharqiy Osiyo bozorlariga eʼtibor qaratdi[23]. Xuddi shu oyda Rossiya Markaziy banki Tinkoff bankni haddan tashqari rivojlanishi va mijozlar bazasi tufayli tizimli ahamiyatga ega boʻlgan kredit tashkilotlari roʻyxatiga qoʻshdi[24].
2022-yil mart oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi natijasida kiritilgan sanksiyalarga muvofiq Tinkoff bankning barcha kredit reytinglari bekor qilindi [25].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Русская сказка: офис мечты Олега Тинькова“ (ru). Forbes (2014-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ „Case study: Tinkoff Credit Systems Bank – One of a kind“. IBS Intelligence (2013-yil 8-mart). 2016-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 „Tinkoff Bank successfully completes RUB 3 bn bond offering with a coupon of 11.7%“. The Daily Telegraph (2016-yil 23-iyun). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ 4,0 4,1 Fawthorp. „What is Tinkoff Bank? The Russian disruptor targeting 20 million customers“. NS Banking (2019-yil 18-avgust). Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
- ↑ „Карты, деньги, 2 ярда“ (ru). Kommersant (2013-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ „Операция "Copy/Paste": три примера на российском банковском рынке“. Slon (2012-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ Taylor, Adam. „Russian Man Who Got Bank To Sign Homemade Credit Card Contract Now Suing Them For Not Following Terms“. Business Insider (2013-yil 8-avgust). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ Trotman, Andrew. „Man who created own credit card sues bank for not sticking to terms“. The Daily Telegraph (2013-yil 8-avgust). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ Lewis, Dan. Now I Know More: The Revealing Stories Behind Even More of the World's Most Interesting Facts. F+W, October 2014 — 160–161-bet. ISBN 9781440582158. Qaraldi: 2023-yil 9-aprel. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „[UPDATED Russian Man Turns Tables on Bank, Changes Fine Print in Credit Card Agreement, Then Sues, Now Settles“] (en-us). NASDAQ.com (2013-yil 14-avgust). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ „TCS Bank to be renamed as Tinkoff Bank in 2015“. Tinkoff Credit Systems (2014-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ 12,0 12,1 Blakey, Douglas. „Tinkoff FY2019: record net income of RUB36.1bn with net loans +66%“. Retails Banker International (2020-yil 11-mart). 2020-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ „Russia's Tinkoff Bank Shares Fall as Founder Indicted in U.S.“. Agence France-Presse (2020-yil 6-mart). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ Seddon, Max. „Shares tumble in London-listed parent of Russia bank Tinkoff“. Financial Times (2020-yil 6-mart). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ „Vivid Money taps solarisBank and Visa for launch in Germany“. Fin Extra (2020-yil 8-iyun). Qaraldi: 2023-yil 9-aprel.
- ↑ „TCS Group Holding PLC: Total conversion of Class B shares and reclassification and redesignation of all issued shares as 'ordinary shares'“. London Stock Exchange (2012-yil 7-yanvar).
- ↑ „Top 50 Russian Banks ranking: resilience tested by the pandemic“. The Banker (2021-yil 1-fevral).
- ↑ „«Тинькофф банк» подал иск к МТС на более чем 1 млрд рублей“ (ru). Vedomosti (2021-yil 29-mart).
- ↑ „Тинькофф Банк подал иск к «ВымпелКому» на 400 млн рублей“ (ru). banki.ru (2021-yil 1-iyun).
- ↑ „World's best banks“. Forbes (2021-yil 13-aprel).
- ↑ „Tinkoff names Ilya Kretov director, e-commerce“. Finextra Research (2021-yil 19-oktyabr).
- ↑ „Тинькофф Капитал получил лицензию на доверительное управление“ (ru). ТАСС (2021-yil 21-oktyabr).
- ↑ „TCS Group создала дочернюю компанию в Сингапуре“ (ru). ТАСС (2022-yil 12-yanvar).
- ↑ „ЦБ включил Тинькофф в список системно значимых банков“ (ru). ТАСС (2021-yil 10-oktyabr).
- ↑ „Tinkoff Bank“. Fitch Ratings.