Kontent qismiga oʻtish

Toʻqimachilar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(To'qimachilardan yoʻnaltirildi)

Toʻqimachilar (Ploceidae) -sayroqi chumchuqsimonlar turkumi oilasi. 4 kenja oilasi, 40 ga yaqin urugʻi, 200 ga yaqin turi maʼlum. Tanasining uz. 7—19 sm, vazni 15—100 g. Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyada tarqalgan. Koʻpchilik turlari Sharqiy yarim sharning tropik va subtropik hududlarida, daraxt kam boʻlgan ochiq maydonlarda yashaydi. Yerda sakrab harakat qiladi. Shim. va moʻʼtadil mintaqadagi T. odmiroq, tropik hamda subtropiklarda yashovchi turlari patlari rangli, baʼzilari boshida kokili, boʻynida patlardan iborat "yoqasi" boʻladi. Juftjuft yoki koloniya boʻlib, daraxt va butalarga uya quradi. Uyasi turli shaklda (sharsimon, butilkasimon va boshqalar), oʻsimlik tolalari, barglari va hokazodan toʻqiydi. Yilda 12 marta 36 Toʻqimachi va u bogʻlagan tugunlar ta tuxum qoʻyadi.

11— 12 kun tuxum bosadi. Uyada bolalarini 12— 20 kun boqadi. T., asosan, oʻsimlik urugʻlari va mevalari, shuningdek, hasharotlar va boshqa bilan oziqlanadi. Ayrim joylarda bogʻlar, gʻalla ekinlariga birmuncha ziyon keltiradi. Oʻzbekistonda T.ning 3 urugʻi (chumchuqlar, qor vyuroklari, tosh chumchuklar)ga mansub 8 turi tarqalgan.