Toʻpchiboshi madrasasi
Madrasa | |
Toʻpchiboshi madrasasi
| |
Toʻpchiboshi madrasasining 1911-yildagi koʻrinishi. Sergey Prokudin-Gorskiy tomonidan olingan tasvir. | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Buxoro viloyati |
Shahar | Buxoro |
Maktab yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Muhammad Amin toʻpchiboshi |
Meʼmoriy uslub | Markaziy Osiyo meʼmorchiligi |
Binokorlik tashabbuschisi | Muhammad Amin toʻpchiboshi |
Holati | Saqlanib qolmagan |
Hujralar soni | 22 ta |
Qurilish materiali | Pishiq gʻisht |
Toʻpchiboshi madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Toʻpchiboshi madrasasi XIX asrda Bozorxoja guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Shohmurod davrida, Muhammad Amin toʻpchiboshi tomonidan bunyod etilgan. Ushbu madrasa Muhammad Amin toʻpchiboshi tomonidan qurilgan ikkinchi madrasadir. Toʻpchiboshi madrasasining yillik vaqf mablagʻi 20 ming tangani tashkil etgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa peshtoqli va ravoqli boʻlib, masjidi ham boʻlgan. Madrasa hujlari 22 ta boʻlib, 8 tasi yuqori, 14 tasi pastki boʻlgan. Madrasa gʻarbida koʻcha, shimolida shahar arigʻi, sharqida novvoyxona, janubida omma yoʻli mavjud boʻlgan. Voqif madrasa uchun Bozorixoja guzaridagi 2 ta baqqollik, 1 ta novvoyxona, Boloyi ruddagi 1 ta nonfurushlik doʻkonini vaqf qiladi. Madrasaga voqifning oʻzi mutavvali boʻladi. Toʻpchiboshi madrasasi faoliyatiga oid yana bitta vaqf hujjati aniqlangan. Hujjatda madrasada faoliyat olib borgan mudarrislar va ularning maoshi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud. Jumladan mulla Rahmatulloh maoshi 18 tillani tashkil etgan. Toʻpchiboshi madrasasida 1928-yilga qadar talabalar tahsil olishgan va u obod boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 21 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3]. Toʻpchiboshi madrasasi 22 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet.
- ↑ Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet.
- ↑ Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.