Kontent qismiga oʻtish

Toʻqtagʻul (qishloq)

Koordinatalari: 41°54′0″N 72°47′0″E / 41.90000°N 72.78333°E / 41.90000; 72.78333
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Toʻqtoʻgʻul (qishloq)dan yoʻnaltirildi)
Toʻqtoʻgʻul
qirgʻizcha: Токтогул
shaharcha
41°54′0″N 72°47′0″E / 41.90000°N 72.78333°E / 41.90000; 72.78333
Mamlakat Qirgʻiziston
viloyat Jalolobod viloyati
Tuman Toʻqtoʻgʻul
Maydon 676 km2 (261 kv mi)
Aholisi
 (2009)
16 429[1]
Vaqt mintaqasi UTC+6
Avtomobil kodi D
Toʻqtoʻgʻul qirgʻizcha: Токтогул xaritada
Toʻqtoʻgʻul qirgʻizcha: Токтогул
Toʻqtoʻgʻul
qirgʻizcha: Токтогул

Toʻqtagʻul (qirgʻizcha: Токтогул) — Qirgʻiziston Respublikasining Jalolobod viloyati Toʻqtoʻgʻul tumaniga qarashli shaharcha, tuman markazi. Bu nom qirg‘iz xalq shoiri Toʻqtagʻul Satilgʻanov sharafiga berilgan. Sobiq nomi - Muztoʻr boʻlgan. 2012-yilda Toʻqtagʻul shaharchasi shahar maqomini olgan.

2012-yil 23-mart oyidagi Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatining 198-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ma’muriy-hududiy islohot konsepsiyasi asosida shaharchaga 2012-yilning 28-sentabrida “Shahar” maqomi berilgan. .

1960-yillarda hozirgi Toʻqtagʻul shahri joylashgan joy qum tepalik va adirliklardan iborat boʻlgan. 1968-1969-yillardan buyon suv ombori qurilishi natijasida ketmontepaliklar katta ziyon ko‘radi, mahalliy aholi o‘z uy-joylarini, go‘zal maskanlarini tashlab, shu qir-adirga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ldilar. Ketmontepaning ziyoli, mehnatkash xalqi ko‘p qiyinchiliklarga qaramay, tuman markazi Toʻqtagʻulni shaharga aylantirib bormoqda. 1928-yildan Toʻqtagʻul posyolkasi sifatida tashkil etilgan. 1996—2012-yillarda Toʻqtagʻul posyolka hokimiyati maqomida boʻlgan[2].

Aholisi - 16 429 kishi.[1]

  1. 1,0 1,1 Перепись населения Киргизии 2009. Джалал-Абадская область (PDF), 2011-08-10da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2011-08-10
  2. Токтогул шаары жөнүндө


To'qto'g'ul (qishloq)