Jalolobod (viloyat)
| |||||
Maʻmuriy markazi | Jalolobod | ||||
Maydoni | 33 700 km² | ||||
Aholisi - Barchasi |
1 036 700 (2011) | ||||
Davlat tili | Qirgʻiz tili, Rus tili | ||||
Gubernator | Jusupjan Jeenbekov (2014) | ||||
ISO 3166-2 | KG-J | ||||
Soat mintaqai | UTC +6 | ||||
Avtomobil kodi | D |
Jalolobod viloyati - Qirgʻiziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Mamlakatning janubiy qismida joylashgan. 1930 yil 21-noyabrda tashkil etilgan (1958—89 yillarda Oʻsh viloyati tarkibida, 1990 yildan alohida viloyat). Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qirgʻizistonning Talas va Chuy viloyati, sharq va shim.-sharqdan Norin, janubi-sharqdan Oʻsh viloyati, jan va janubi-gʻarbdan Oʻzbekiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 33,7 ming km². Viloyat tarkibida 8 tuman, 5 shahar va 8 shaharcha bor. Maʼmuriy markazi — Jalolobod shahri[1]. Aholisi 1 036 700 kishi (respublika aholisining 20%). Aholi zichligi respublika oʻrtacha koʻrsatkichidan bir qadar yuqori boʻlib, 1 km² ga 26 kishi toʻgʻri keladi (2011).[2]
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyatning katta qismini Tyan-Shan togʻlarining janubi-gʻarbiy tarmoqlari egallagan. Shimoli-gʻarbida Piskom, Sandalash, Chatqol tizmalari, shimolida Talas Olatovi, Susamirtov, Moʻldatov va boshqa tog'lar mavjud, janubida keng togʻlararo tektonik botiqlar — Ketmontepa, Toʻgʻuztoro vodiysi joylashgan. Norin daryosidan gʻarbda — Otoynak tizmasi, sharqda Boboshota (bal. 4490 m gacha, viloyatning eng baland joyi), janubi-sharqda Olatov etaklarida.
Fargʻona tizmasi, janubi-gʻarbda bir muncha tekis va Qambar togʻ oldi tekisliklari bor. Dara vodiylaridagi tekisliklarda Jalolobod, Qoraungur, Nanay aholi punktlari joylashgan. Foydali qazilmalardan tosh-koʻmir, oltingugurt, neft, gaz, tosh tuzi va boshqalar uchraydi.
Eng yirik daryosi — Norin. Unga chapdan Qorasuv, oʻngdan Torkent, Uzunahmat, Qorasuv daryolari quyiladi. Sharqida Sirdaryo havzasiga mansub Qoradaryo (Koʻgart, Tentaksoy, Moylisuv irmoqlari bilan) oqadi. Daryolari gidroenergiya zaxirasiga boy (Norin daryosiga GES kaskadi qurilgan). Sugʻorishda keng foydalaniladi. Yirik koʻllari: Sarichelak, Koʻkola, Oykoʻl, Kutmankoʻl, Qorasuv va boshqalar, ular asosan muzlikning erishi, togʻ qulashi natijasida va tektonik yoʻl bilan hosil boʻlgan koʻllar. Togʻlarda 1200 m gacha sur tuproqli quruq dasht va efemerli chala choʻl landshafti; 1200 m dan 2000 m gacha boʻlgan togʻ yon bagʻirlari kashtan tuprogʻli togʻ dashtlaridan iborat. Chatqol, Fargʻona tizmalari yon bagʻirlari 1200–1300 m gacha balandlikda yongʻoqzor, mevazor oʻrmonlar va oʻsimlik turlariga boy togʻ dashtlari; 2000–3000 m da aralash va igna bargli oʻrmonlar, balandroq joylari subalp va alp oʻtloqlari, eng baland joylari qoyali choʻqqilar, qor va muzliklardan iborat. Hayvonot dunyosi turli tuman: togʻlarda togʻ echkilari, bugʻu, qobon, oq tirnoqli ayiq, qor qoploni, turli-tuman qush va sudraluvchilar uchraydi.
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi kontinental, iliq va quruq iqlim. Oʻrtacha harorat yanvarda —2°, iyulda 25—28°. Eng koʻp yogʻin Fargʻona tizmasining janubi-gʻarbiy yon bagʻirlariga tushadi. Quyi qismlarida 400–500 mm, 2500 m balandlikda — 1000 mm va undan koʻp, viloyatning oʻrta qismlarida 300–350 mm gacha yogʻadi.
Tarihi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyat 1924-26 yillari okrug, 1926-28 yilda kanton boʻlgan, 1928 yili Oʻsh okrugi tarkibiga kirgan. 1939 yilning 21-noyabrida viloyat qatorida tashkil topgan. 1959 yilning 27-yanvarida Oʻsh viloyati tarkibiga qoʻshilgan. 1990 yilning 14-dekabrida qayta mushtaqil viloyat boʻlib tuzilgan.[3]
Jalolobod zilzilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1959-yilning 28-mayda Farg’ona vodiysining sharqiy qismida Jalolobod shahri yonida sodir bo’lgan. Zilzila kuchi episentrda 7 ball, magnitudasi 5,3. Zilzila 18 km chuqurlikda joylashgan granit qatlamlar orasidagi yoriqlarning siljishi natijasida ro’y bergan. Zilzila oqibatida Jalolobod shahri va unga yaqin bo’lgan aholi yashaydigan yerlarda bir kancha imoratlar buzilgan. Zilzila kuchi O’zbekistonning Хonobod, Andijon, Uchqo’rg’on va Namangan shaharlarida 3—4 ball atrofida sezilgan.
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyat aholisi 1 036 700 nafar kishini (Qirgʻiziston aholisining 20,0%ni) tashkil qiladi. Uning 23,1%i (200,8 ming) nafari shaharlarda, qolgan 76,9%i (668,5 ming) nfari esa qishloqlarda istiqomat qilishadi. Aholining soni boʻyicha respublikada Oʻsh viloyatidan keyingi 2-chi oʻrinni egallaydi. Koʻp millatli viloyat hisoblanadi: asosan qirgʻizlar - (69,8%), bundan tashqari oʻzbeklar (24,4%), ruslar (2,1%), ukrainlar (0,3%), tojiklar (0,6%), tatarlar (0,8%), turklar (0,6%) va millatlar ham istiqomat qilishadilar. Aholi zichligi boshqa viloyatlarga qaraganda bir oz yuqoriroqda turadi: 1 km2 ga 26 kishiga toʻgʻri keladi.
Millatlar tarkibi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aholi soni 1989-yil |
% | Aholi soni в 1999-yil |
% | Aholi soni 2009-yil |
% | |
---|---|---|---|---|---|---|
barchasi | 743 279 | 100,00 % | 869 259 | 100,00 % | 1 009 889 | 100,00 % |
Qirgʻizlar | 452 868 | 60,93 % | 607 036 | 69,83 % | 725 321 | 71,82 % |
Oʻzbeklar | 175 705 | 23,64 % | 212 030 | 24,39 % | 250 748 | 24,83 % |
Ruslar | 54 024 | 7,27 % | 17 930 | 2,06 % | 9 120 | 0,90 % |
Turklar | 4 413 | 0,59 % | 4 842 | 0,56 % | 5 842 | 0,58 % |
Tojiklar | 4 525 | 0,61 % | 5 236 | 0,60 % | 5 642 | 0,56 % |
Tatarlar | 15 936 | 2,14 % | 6 933 | 0,80 % | 3 694 | 0,37 % |
Uygʻurlar | 3 360 | 0,45 % | 3 776 | 0,43 % | 3 271 | 0,32 % |
Kurdlar | 8 173 | 1,10 % | 2 158 | 0,25 % | 1 902 | 0,19 % |
Ozarbayjonlar | 586 | 0,08 % | 259 | 0,03 % | 996 | 0,10 % |
Ukrainlar | 9 503 | 1,28 % | 2 463 | 0,28 % | 789 | 0,08 % |
Qozoqlar | 1 564 | 0,21 % | 1 130 | 0,13 % | 692 | 0,07 % |
Xemshillar | …[6] | … | 382 | 0,04 % | 352 | 0,03 % |
Koreyslar | 672 | 0,09 % | 377 | 0,04 % | 237 | 0,02 % |
Olmonlar | 4 425 | 0,60 % | 672 | 0,08 % | 210 | 0,02 % |
Boshqirdlar | 1 055 | 0,14 % | 392 | 0,05 % | 164 | 0,02 % |
Chechenlar | 255 | 0,03 % | 114 | 0,01 % | 89 | 0,01 % |
Arablar | 65 | 0,01 % | 861 | 0,10 % | 75 | 0,01 % |
Gurjinlar | 200 | 0,03 % | 116 | 0,01 % | 51 | 0,01 % |
Turkmanlar | 137 | 0,02 % | 33 | 0,00 % | 46 | 0,00 % |
Forslar | 43 | 0,01 % | 58 | 0,01 % | 46 | 0,00 % |
Beloruslar | 624 | 0,08 % | 115 | 0,01 % | 45 | 0,00 % |
Bulgʻorlar | 126 | 0,02 % | 49 | 0,01 % | 44 | 0,00 % |
Armanlar | 730 | 0,10 % | 109 | 0,01 % | 38 | 0,00 % |
Dunganlar | 60 | 0,01 % | 24 | 0,00 % | 36 | 0,00 % |
Qrim tatarlar | 2 261 | 0,30 % | 18 | 0,00 % | 31 | 0,00 % |
boshqalar | 1 969 | 0,26 % | 2146 | 0,29 % | 408 | 0,05 % |
Jalolobod viloyatining hududiy bo’linishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jalolobod viloyati tarkibida 8 tuman, 7 shahar va 7 shahar tipidagi qishloq, 68 ovul okrugi va 420 aholi punktlari mavjud.[7]
Maʼmuriy markazi — Jalolobod shahri:
Aхsi tumani (markazi — Kerben)
Ola-Buqa tumani (markazi — Ola-Buqa)
Bozor-Qo’rg’on tumani (markazi — Bozorqoʻrgʻon)
Novken tumani(markazi — Mossi)
Suzoq tumani (Jalolobod viloyati) (markazi— Suzoq)
To’g’uz-To’ra tumani (markazi — Qazarman)
To’qto’g’ul tumani (markazi — To’qto’g’ul)
Chatqol tumani (markazi — Qanish-Qiya qishlogʻi)
Aholi punktlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Viloyatdagi asosiy aholi punktari:
- Qorakoʻl
- Kerben
- Ola-Buqa)
- Bozorqoʻrgʻon
- Qazarman
- Suzoq
- Toshko'mir
- Koʻkyongʻoq
- Moylisuv
- Markay
- Mossi
- Toʻqtoʻgʻul
- Suzoq
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xoʻjaligi. Mavjud sanoat korxonalari 1990-yillardagi iqtisodiy islohotlar natijasida xususiy ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalariga, qishloq xoʻjaligida jamoa xoʻjaliklari dehqon, fermer, shuningdek, xususiy dehqon xoʻjaliklariga aylantirildi. Sanoatining asosiy tarmoqlari: elektr energetika (sanoat ishlab chiqarishning 63,4%), rangli metallurgiya (10%), oziq-ovqat (5,2%) sanoati. Yoqilgʻi, rangli metallurgiya sanoati rivojlangan. Asosiy ishlab chiqarish mahsulotlari: elektr energiyasi (1999-yilda 11905,7 mln. kVt/soat), neft (76,9 ming t), elektr lampalari (156,7 mln. dona) va yarim oʻtkazuvchi materiallardan iborat. Jalolobod, Toshkoʻmirda 1996-yili neftni qayta ishlash zavodlari ishga tushirildi. Qurilish materiallari, kiyim-kechak, un, goʻsht, sut, ichimliklar, sabzavot konservalari, tamaki, poyabzal, mebel ishlab chiqariladi.
Umumiy yer maydoni 1922,1 ming ga, shundan qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlar 154,2 ming ga boʻlib, mevali daraxtzor, pichanzor va yaylovdan iborat. Boshoqli donli ekinlar, don uchun makkajoʻxori, paxta (23271 ga), poliz ekinlari, kartoshka (4874 ga), moyli ekinlar (21708 ga), tamaki (4002 ga) ekiladi. 1999-yilga kelib kolxoz va sovxozlar oʻrnida yangi xoʻjaliklar (xususiy xoʻjalik, fermer xoʻjaligi, dehqon xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi kooperativlari, jamoa xoʻjaligi, aksiyadorlik jamiyatlari) tashkil topdi. Chorvachilikda qoramol, qoʻy va echki, yilqi, parranda boqiladi.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bishkek—Oʻsh avtomobil yoʻli, Qorasuv — Jalolobod — Koʻkyongʻoq va Namangan — Uchqoʻrgʻon — Toshkoʻmir temir yoʻli oʻtgan. Havo transporti Jalolobod — Bishkek, Jalolobod — Qorakoʻl, Jalolobod — Choʻlponota yoʻnalishlarida qatnaydi.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jalolobod viloyatida 3 oliy oʻquv yurti (universitet, tijorat instituti, Bishkek fizkultura instituti fakulteti), 3 oʻrta maxsus (tibbiyot, madaniy maorif va qishloq xoʻjaligi) oʻquv muassasasi bor. Teatr, filarmoniya, 117 madaniyat saroyi va klublari, 180 kutubxona mavjud. Viloyatda 303 davolashprofilaktika muassasasi, kasalxonalar va boshqalar (qishloq ambulatoriyalari, feldsher-akusherlik punktlari) bor. Ularda 1664 vrach, 7066 tibbiy xodim ishlaydi. Jalolobod shahri yaqinida mineral buloqlar asosida tashkil etilgan balneologik kurort joylashgan.[8]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Администрациялык-аймактык бөлүнүш“. 2014-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-noyabr.
- ↑ Qirgʻiziston aholisi(rus.)
- ↑ Жалал-Абад энциклопедиясы: Бишкек-2003
- ↑ Перепись населения Киргизии 2009. Джалал-Абадская область (PDF), 2011-08-10da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2011-08-10
- ↑ Население Киргизии
- ↑ По переписи 1989 года хемшилы включались в состав армян
- ↑ Жалал-Абад облусунун административдик–аймактык бөлүнүшү
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Vikiomborda Jalolobod (viloyat) haqida turkum mavjud |
O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi – J harfi
Кыргыз Совет Энциклопедиясы