Kontent qismiga oʻtish

Toʻrabek Habibullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Toʻrabek Habibullayev
Statistikasi
Asl ismi Toʻrabek Habibullayev Shukrillo oʻgʻli
Vazn toifasi yarim ogʻir vazn
Vazni 80
Millati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Murabbiyi Poʻlat Shahbozov
Tavalludi 9-aprel 2004-yil (2004-04-09) (20 yosh)
Tashkent, O'zbekiston

Toʻrabek Shukrillo oʻgʻli Habibullayev (9-aprel, 2004-yil, Toʻshkent, Oʻzbekiston) — yarim ogʻir vazn toifasidagi oʻzbek bokschisi. 2022-yil Ispaniyada oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida gʻalaba qozongach, Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga jalb etilgan[1]. Qayd etish joiz, Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida bunday yosh bokschi soʻnggi bor 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan[1].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 22-noyabr kuni boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Ispaniyada chempionat finali boʻlib oʻtdi, unda Daulet Tulemissov Toʻrabek Habibullayevga raqib boʻldi. Ushbu finalda chempionimiz Toʻrabek Habibullayev, albatta, gʻalaba qozondi va shu tariqa boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosiga aylandi[1][2].

2024-yilning may holatiga koʻra, uning hisobida 27 ta gʻalaba janglari boʻlib, ulardan 4 tasi nokaut bilan qoʻlga kiritilgan. Shuningdek boks boʻyicha faol oʻzbek yarim ogʻir vazn toifalari orasida Toʻrabek Habibullayev birinchi oʻrinda turadi[3] va jahon reytingi orasida u sharafli 10 — oʻrinni egallaydi[4].

Yosh isteʼdodli bokschi Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarida −80 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritgan. Uning Osiyo Olimpiadasidagi birinchi jangi 2023-yil 24-sentabrda Deepak Shresthagaga qarshi boʻlib oʻtdi. Toʻrabek Habibullayev unga qarshi gʻalaba qozondi va keyingi bosqichga oʻtdi.

2023-yil 1-oktabr kuni chorak finalda Husayn Iashaish va Toʻrabek Habibullayev oʻrtasida jang boʻlib oʻtgan. Aynan shu bahsida Toʻrabek Habibullayev gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl oldi[5].

2023-yilning 4-oktabr kuni boʻlib oʻtgan yarim finalda, afsuski, Toʻrabek Habibullayev Tuohetaerbieke Tanglatixanga imkoniyatni boy berdi va shu tariqa munosib bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Habibullayev 2024-yilning 3-11-mart kunlari Italiyada oʻtgan jahon litsenzion turniridagi muvaffaqiyatli ishtiroki orqali −80 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga sazovor boʻldi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Boks bahslaridagi eng yosh atletimiz Toʻrabek Habibullayev“ (2024-yil 6-may).
  2. „Pabellon Camilo Cano, La Nucia“. Qaraldi: 2024-yil 22-may.
  3. „Light Heavyweight/active“. Qaraldi: 2024-yil 21-may.
  4. „Male Box-am Ratings“. Qaraldi: 2024-yil 21-may.
  5. „boxrec.com“. Qaraldi: 2024-yil 22-may.