Kontent qismiga oʻtish

Tobias Mikkelsen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tobias Mikkelsen
Mikkelsen 2013-yilda Rosenborg safida oʻynamoqda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tobias Pilegaard Mikkelsen
Tavallud sanasi 18-sentyabr 1986-yil (1986-09-18) (38 yosh)
Tavallud joyi Helsingør, Daniya
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Vinger
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Helsingør IF
Humlebæk BK
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004—2007 Lyngby BK 16 (3)
2007—2009 Brøndby 35 (2)
2009—2012 Nordsjælland 76 (13)
2012—2013 SpVgg Greuther Fürth 6 (0)
2013—2015 Rosenborg 80 (14)
2016—2018 Nordsjælland 39 (5)
2018—2019 Brisbane Roar 18 (3)
2019 Helsingborgs IF 8 (2)
Milliy terma jamoa
2006 Daniya 20 yoshgacha 1 (1)
2007—2008 Daniya 21 yoshgacha 10 (0)
2011—2012 Daniya 8 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2019-yil 9-avgust uchun)

Tobias Pilegaard Mikkelsen (talaffuzi: Tobias Pilegard Mikelsn; 1986-yil 18-sentyabrda tugʻilgan) — vinger sifatida oʻynagan daniyalik sobiq professional futbolchi. U oxirgi marta Allsvenskan vakili Helsingborgs IF jamoasida oʻynagan. Mikkelsen Daniyaning kattalar terma jamoasi safida 8 ta oʻyin oʻtkazgan, shuningdek, 20 yoshgacha boʻlganlar va 21 yoshgacha boʻlganlar darajasidagi terma jamoada jami 11 ta oʻyinda qatnashgan.

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lyngby BKga Daniya Superligasiga chiqishga yordam berganidan soʻng, Mikkelsen 2007-yilning yozida uning ligadagi raqibi Brøndby IFga oʻtdi. 2007-yil 21-iyulda Mikkelsen Brøndby safidagi debyutini qildi, u Nordsjællandga qarshi kechgan ushbu oʻyinda gol urdi va jamoa bilan 2:2 hisobidagi durang natijani qayd etdi. Mikkelsen 4-3-3 tizimida oʻng qanot vingeri oʻrnini toʻldirish uchun shartnoma imzolagan edi, ammo murabbiy Tom Køhlert va keyinroq Kent Nielsen 4-4-2 sxemasidan foydalanishga qaror qilishdi, bu esa yosh vingerning maydonda kam vaqt oʻtkazishiga olib keldi.

Nordsjælland

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil 18-avgustda Mikkelsen Nordsjælland klubi bilan shartnoma imzoladi. Mikkelsen Nordsjællandda ikki marta, 2010— va 2011-yillarda Daniya kubogini qoʻlga kiritgan. 2011—2012-yilgi mavsumda u Nordsjælland bilan Daniya Superligasida birinchi marta gʻolib chiqdi, bu esa ularga Chempionlar ligasiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani taqdim etdi.

Greuther Fürth

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yil 26-iyulda Mikkelsen Germaniyaning SpVgg Greuther Fürth klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

2013-yil 16-yanvarda Mikkelsen Norvegiyaning Rosenborg klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi.

2015-yilning 30-iyulida u jamoa safida Yevropa ligasi uchinchi saralash bosqichining birinchi o‘yinida Vengriyaning Debreceni jamoasi ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi[1].

2015-yil 25-oktyabrda Mikkelsen 2015-yilgi Tippeligaen mavsumining soʻnggi ikki turida qatnashib, Rosenborgga ushbu mavsumda g‘alaba qozonishiga yordam berdi. Bir oy oʻtgach, Rosenborg Sarpsborg 08ga qarshi Norvegiya kubogi finalida 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, mavsumdagi ikkinchi yirik sovrinini qo‘lga kiritdi.

Nordsjælland

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yil 8-yanvarda Mikkelsen sobiq klubi FC Nordsjællandga qaytib borib, u bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 

Brisbane Roar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil may oyida Mikkelsen Avstraliyaning Brisbane Roar klubiga o‘tishi haqida ma’lumotlar tarqaldi[2] va u iyun oyida klub bilan bir yillik shartnoma imzoladi[3]. Mikkelsen 2018-yil avgust oyida, FFA kubogi doirasidagi Melbourne Cityga qarshi oʻz uyida kechgan o‘yinda Roar safidagi debyutini oʻtkazdi.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mikkelsen 2011-yil noyabr oyida Daniya terma jamoasiga birinchi xalqaro chaqiruvni qabul qildi. U Shvetsiya va Finlandiyaga qarshi o‘yinlarga qatnashish uchun jamoa tarkibiga tanlandi va 2011-yil 15-noyabrda Finlandiyaga qarshi kechgan o‘yinda Daniya terma jamoasi safidagi debyutini qildi[4].

Mikkelsen 2011-yil dekabrda Daniyaning 2012-yil yanvarda Tailandga bo‘ladigan safari uchun yana bir bor terma jamoaga taklif etildi[5].

Xalqaro gollar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hisoblar va natijalar birinchi boʻlib Daniyaning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa Manba(lar)
1. 2012-yil 15-avgust TRE-FOR Park, Odense  Slovakiya 1 — 0 1-3 Oʻrtoqlik uchrashuvi [6]

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-yil 4-iyun holatiga koʻra[7]:
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Divizion Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Brøndby 2007—2008 Superliga 19 2 19 2
2008—2009 5 0 5 0 10 0
Jami 24 2 0 0 5 0 29 2
Nordsjælland 2009—2010 Superliga 17 2 4 0 21 2
2010—2011 28 4 3 0 2 0 33 4
2011—2012 31 7 2 0 2 0 35 7
2012—2013 2 0 2 0
Jami 78 13 9 0 4 0 91 13
Greuther Fürth 2012—2013 Bundesliga 6 0 1 0 7 0
Jami 6 0 1 0 0 0 7 0
Rosenborg 2013 Tippeligaen 27 3 5 2 4 1 37 6
2014 26 3 3 1 4 0 33 4
2015 27 8 2 0 13 4 42 12
Jami 80 14 10 3 21 5 109 22
Nordsjælland 2015—2016 Superliga 8 3 8 3
2016—2017 19 1 19 1
2017—2018 12 1 12 1
Jami 39 5 0 0 0 0 39 5
Faoliyati jami 227 34 20 3 30 5 277 42
Nordsjælland
  • Daniya Superligasi: 2011—2012
  • Daniya kubogi (2): 2009—2010, 2010—2011
Rosenborg
  • Tippeligaen: 2015
  • Norvegiya futbol kubogi: 2015
  1. „Match Report“. UEFA (2015-yil 30-iyul). Qaraldi: 2015-yil 25-avgust.
  2. Monteverde, Marco. „Brisbane Roar to sign Danish winger Tobias Mikkelsen“. The Courier-Mail (2018-yil 1-may).
  3. Radbourne-Pugh, Lucas. „Roar sign Danish international winger“. FourFourTwo (2018-yil 5-iyun).
  4. Helmin. „Beckmann: Har ikke grebet chancen“ (Danish). Bold.dk (2011-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2011-yil 3-noyabr.
  5. Helmin. „FCN-profiler jubler over udtagelse“ (Danish). Bold.dk (2011-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 6-dekabr.
  6. Scoring Summary. „Match: Denmark v Slovakia – International Friendly“. ESPN. Qaraldi: 2012-yil 19-avgust.[sayt ishlamaydi]
  7. „T. Mikkelsen“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 19-may.