Kontent qismiga oʻtish

Tohir ibn Abdulloh Iloqiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tohir ibn Abdulloh Iloqiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi faqih,Muhaddis

Tohir ibn Abdulloh Iloqiy(arabcha:طاهر بن عبد الله العلاقي — Tohir ibn Abdulloh Iloqiy — Toʻliq ismi:Tohir ibn Abdulloh Iloqiy Turkiy (vafoti 465/1073-yil)) — Muhaddis va faqih.

Tohir ibn Abdulloh Iloqiy imom, muhaddis va faqih boʻlib, Shayx Imom Abu Rabiʼ nomi bilan tanilgan. Tohir ibn Abdulloh Iloqiy oʻz zamonasining rahnamolaridan va fiqh ilmi zukkolaridan boʻlgan. Ilm talabida dunyo kezib, mashhur ulamolar suhbatidan bahramand boʻlgan. Fiqh ilmini Marvda Abu Bakr Abdulloh ibn Ahmad Qaffol Marvaziy, Nishopurda esa Abu Tohir Muhammad Ziyodiy, Buxoroda Abu Abdulloh Husayn ibn Halimiydan oʻrganadi.[1] Usul ilmi boʻyicha esa ustozi Abu Isʼhoqdan taʼlim oldi. Yoqut Hamaviy ham bu fikrni quvvatlab, Tohir ibn Abdulloh Iloqiy usul ilmini nishopurlik mashhur olim, fiqh, kalom, til, usul kabi ilmlar bilimdoni Abu Isʼhoq Ibrohim ibn Muhammad Isfaroyiniydan oʻrganganini taʼkidlaydi. Keyinchalik Shosh ahllariga fiqhdan saboq bergan. Tohir ibn Abdulloh Iloqiy hadislarni ustozi Abu Nuʼaym Abdulmalik ibn Hasan Azhariy va boshqalardan rivoyat qilgan. Manbalarda koʻrsatilishicha, 465/1073-yilda 96 yoshida vafot etgan.[2]

  1. Abu Umar Yusuf ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulbarr. Tarjimatu ibn Abdulbarr. J.1. — B. 16
  2. Muhamedov N. Shosh vohasi olimlarining ilmiy-maʼnaviy merosi. — B. 43.