Kontent qismiga oʻtish

Tokantins (daryo)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Tokantins
portugalcha: Tocantins
Tavsif
Uzunligi 2 450
Maydoni 770 km²
Suv sarfi 11 364 m³/s
Joylashuvi
Davlat Braziliya
Tokantins (daryo)

Tokantins (portugalcha: Tocantins) — Braziliyadagi daryo. Uzunligi 2850 km, havzasining maydoni 770 ming km². Maranyan va Almas daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Braziliya yassitogʻligi va Amazonka pasttekisligidan oqadi. Para daryosiga (Amazonka daryosining deltasidagi oʻng tarmogʻi) estuariy hosil qilib quyiladi. Yirik irmogʻi — Araguya (chapdan). Quyilish joyidagi oʻrtacha suv sarfi 16,8 ming m³/sek, oktabrdan mart—aprelgacha suvi koʻpayadi. Suv ombori qurilgan. Quyilish joyidan 350 km masofada kema katnaydi.